Ta’lim jarayonining asosiy komponentlari



Yüklə 19,74 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü19,74 Kb.
#201668
  1   2

Ta’lim jarayonining asosiy komponentlari
- Maksad
- Mazmun
- SHakl
- Metod va vosita
- Nazorat kabilarni zamonaviylashtirish, bugungi kun uchun samarali bo’lgan yangi ko’rinishlarini ishlab chiqish tushuniladi.
Jumladan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg’or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o’quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha malaka talablari, o’quv rejalari, dastur hamda uslublarini tubdan yangilashga oid chora-tadbirlar o’z ifodasini topdi. Bu, o’z navbatida, oliy o’quv yurtlarida talabalarga saboq berayotgan professor-o’qituvchilarning zamon bilan hamnafas bo’lishlariga, o’quv jarayoniga fanlar bo’yicha innovatsiyalar, shuningdek, ilg’or uslublarni keng joriy etishga zarur shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishini talab etadi. Negaki, bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog’liqdir. Bu sa’y-harakatlar, albatta, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuksak malakali va yetuk mutaxassislarni yetishtirib berish, oliy ta’lim tizimini tom ma’noda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim omilga aylantirish, qolaversa, kadrlar tayyorlash tizimining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
SHu o’rinda barcha sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal kirib borayotganini qayd etish joiz. Mazkur hujjatda ham oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining global internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi zarurligi ko’zda tutildi. SHubhasiz, bu mamlakatimiz ta’lim tizimi rivojini yanada yuqori bosqichga ko’tarishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Muxtasar aytganda, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi kelajak avlodning hech kimdan kam bo’lmay voyaga yetishiga, ilg’or fan va texnika yutuqlarimiz, ilmiy loyihalarimiz dunyoda e’tirof etilishiga zamin yaratadi. Zero, ta’lim va tarbiya ustuvor mamlakatda beqiyos yangilanishlar tobora yuksak bo’y cho’zadi.
Buyuk Britaniyaning 2012 yilda nashr ettiligan “Futures for higher education: analysingtrends” (12-bet) xorijiy adabiyotida keltirilishicha “Butun dunyoda oliy ta’limga talab kuchayyotgan bir vaqtda Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimi o’z mavqeini saqlab qolmoqda (Biroq bu hali nisbiy demografik, o’zgaruvchan siyosiy qarash bo’lishi mumkin). Vaqt o’tishi bilan butun dunyo talabi mavxumliklarga aniqlik kiritadi. Bunday o’zgarishlar iqtisodiy o’sishi va daromadlari o’rta darajadagi davlatlarda yaqqolroq kuzatilishi mumkin. SHu o’rinda Buyuk Britaniya dunyo ta’lim tizimlari orasida raqobatbardosh bo’lib va shu darajani saqlab qolishi bugungi kunning asosiy masalasidir.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorga ko’ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:


har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi etakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo’lga qo’yish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o’quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o’qituvchilari va olimlarini jalb etish;
oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo’nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo’yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
yangi avlod o’quv qo’llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o’tishini yo’lga qo’yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o’qitish;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishga jalb etish;
oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo’lgan g’oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;
oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o’quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha o’quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o’qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg’or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bo’yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» Qarori qabul qilindi.



Yüklə 19,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin