135
Talab egri chizig’i
– grafikda narx va talabning hajmi o‘rtasidagi
teskari
bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Talab qonuni
– tovarlar narxi bilan uning
sotib olinadigan miqdori
o‘rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Taklif
– ishlab chiqaruvchilar narxning har xil
darajasida bozorga sotishga
chiqariladigan tovarlar miqdoridir.
Taklif egri chizig’i
– narx va taklifning hajmi o‘rtasidagi to‘g‘ridan -
to‘g‘ri bog‘liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif qonuni
– narx bilan sotishga chiqariladigan
tovarlar miqdori
o‘rtasidagi bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.
Taklif (talab) ning egiluvchanligi
– narx 1% o‘zgarganda
talab necha foiz
o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ham deyiladi.
Daromad samarasi
– narx pasayganda iste‘molchi pul daromadlarining sotib
olish layoqatining ortishidir.
Muhokama uchun savollar
1.
Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta‘sir qiladi? Bu
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
2.
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta‘sir qiladi? Bu
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
3.
Don birjasida bug‘doyga bo‘lgan talab
va taklifning umumiy hajmi
quyidagi ma‘lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz qilamiz:
Talab, ming
tsentner hisobida
Bir tsentner narxi
(so’m) hisobida
Taklif ming tsentner
Dostları ilə paylaş: