Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
1.
 
Narxning mazmuni va vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda 
topadi. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste‘molchilarni rag‘bat-
lantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. 
Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya‘ni ma‘lum 
bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin 
qilinadi va unga turlicha ta‘rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga 
uning o‘zgarishiga turli omillar ta‘sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni 
biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari 
g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm 
yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq 
aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi 
qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e‘tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar 
esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri 
o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar
32

Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy 
harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor 
mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, 
tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ruyobga 
chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. 
32
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 

436-437 


138 
Narxning mazmuniga bu turlicha qarashlardan A.Marshall tomonidan 
sintezlashtiriladi. 
A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab 
va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi. 
U o‘z qarashlarida 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin