134
talab belgilab beradi. Extiyojni qondirish uchun qaysi tovar, xizmat ko‘p miqdorda
talab qilinsa, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan
resurs turiga ham talab
shunchalik katta bo‘ladi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslarga talab ularning unumdorligiga bog‘liq
bo‘ladi. Resurslar unumdorligi o‘sib borishi bilan ularga bo‘lgan talab ham ortib
boradi va aksincha.
Uchinchidan, resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqariladigan tovarlar
narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tovar narxi o‘ssa, resurslarga talab ham ortadi va
aksincha.
To‘rtinchidan, resurslarga bo‘lgan talab birgalikda
foydalaniladigan boshqa
resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan
resurs narxi esa, uning o‘rnini bosish darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta‘siriga
bog‘liqlikda o‘zgarib turadi.
Iqtisodiy resurslar taklifi ularning xususiyatidan kelib chiqib shakllanadi.
Birinchidan, barcha iqtisodiy resurslarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat,
ularning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi hisoblanadi.
Shu sababli, iqtisodiy
resurslar taklifini ularga talab o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirib borish mumkin
bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, har xil iqtisodiy resurslar bir xil bo‘lmagan harakatchanlikka,
uning oqibatida taklifi turlicha egiluvchanlikga ega bo‘ladi.
Agar iqtisodiy
resurslar harakatchan bo‘lsa, nisbatan kuchsiz rag‘batlar ta‘sirida bir sohadan
boshqasiga osonlik bilan almashadi, bunday resursning
taklifi ham egiluvchan,
ya‘ni unga narxning sezilarsiz oshishi natijasida faoliyatning mazkur sohasiga
boshqa sohalardan etarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.
Uchinchidan, resurslarning harakatchanligi vaqt bo‘yicha ortib boradi. Vaqt
o‘tishi bilan resurslarning umumiy miqdori ham nisbatan ortadi.
Dostları ilə paylaş: