136
Bug‘doyning muvozanatli miqdori qancha? 4-ustunni to‘ldiring va natijalarini
tushuntirib bering; b) shu ma‘lumotlardan foydalanib bug‘doyga bo‘lgan
talab va
taklifning grafik shaklidagi tasvirini bering. Muvozanatli narx va muvozanatli
miqdorni aniqlang. Bunday narx qanday oqibatlarga
olib kelishini batafsil
tushuntiring. O‘z javoblaringizni grafikda tasvirlang.
4. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda
muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta‘sir
ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish
uchun talab va taklif
diagrammasidan foydalaning;
a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa
o‘zgarishsiz qoladi; v) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; g)
talab
ortadi va taklif ham ko‘payadi; d) talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; e)
taklif ko‘payadi,
talab esa qisqaradi; j) talab ortadi,
taklif esa qisqaradi; z) talab
qisqaradi va taklif ham qisqaradi.