141
Erkin raqobatli bozor sharoitida narx umumiy talab va umumiy taklif ta‘sirida
shakllanib A.Marshall ta‘kidlaganidek, uning asosida ―ijtimoiy zaruriy naflilik‖ va
―ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari‖ yotadi. (9.1-chizma).
9.1-chizma. Erkin raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi
Chizmadan ko‘rinadiki, faqat narxning R
E
darajasidagi talab miqdoriga ishlab
chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi.
Narxning bu darajadan
har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har
qanday yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi.
Narxning R
A
darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki,
tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat
kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
Narxning R
V
darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bunda
talab
taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo‘lish
uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira
boshlaydilar.
Sof raqobat sharoitida aholida
ishlab chiqaruvchilar ham, alohida
iste‘molchilar ham narx darajasiga ta‘sir ko‘rsata olmaydigan,
faqat uncha
moslashishga majbur bo‘ladi. Faqat umumiy talab yoki umumiy takliflardagi
ancha katta o‘zgarlar bozor narxida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: