318 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz subsidiyalar, o'zaro hisob-kitoblar yoki transfertlar shaklida moliyaviy yordamni talab
qiladi.
Hududlar bo‘yicha xarajatlar ijrosida respublika hududlari mahalliy byudjetlari
daromadlarini shakllantirish, tafovutlar saqlanib qolmoqda. Mahalliy budjetlar
daromadlari va xarajatlarining o‘zgarish dinamikasini tahlil qilsak, ayrim mahalliy
byudjetlarda daromadlarga nisbatan xarajatlar miqdori ortib borayotganini ko‘ramiz.
Bizning fikrimizcha, daromad manbalarini byudjetlar o'rtasida taqsimlash
quyidagi mezonlarga asoslanishi kerak:
♦♦♦ notekis taqsimlangan soliqlar resurs-soliqlar turli hududlarda respublika
budjetining soliqqa tortish bazasiga va markazlashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i
iqtisodiy barqarorlikka muvofiq, aksiz solig‘i to‘liq qo‘shilishi kerak;
♦♦♦ Hozirgi vaqtda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni qo'llab-
quvvatlash bo'yicha asosiy talablar mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan.
Bu mazkur korxonalar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘ini mahalliy byudjetlarga
to‘liq undirish zarurligini belgilaydi;
♦♦♦ Shaxsiy daromad solig'i respublika va mahalliy byudjetlar o'rtasida teng
taqsimlanishi kerak. Chunki bu soliq doimiy yashash tamoyili asosida undiriladi va
mahalliy moliya organlarining bu pulni undirishdan manfaatdorligi ortadi. Boshqa
tomondan, bu soliqlar respublika byudjeti daromadlarida salmoqli ulushni egallaydi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar
daromadlarini oshirish, ularning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirish, mahalliy byudjetlar xarajatlaridan samarali foydalanishga erishish,
shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirish bugungi
kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi.