Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv
-
Yo’riqnomalar. Yo’riqnomalar tashkilot siyosati va standartlarini amalga
oshirish strategiyasini aniqlab, tashkilotni tahdidlarga qarshi tura olishida
yordam beradi. Shuning uchun, tashkilot xodimlari yo’riqnomalarni bajarish
uchun maxsus o’qitiladi.
-
Muolajalar. Muoalajalar tashkilot siyosatini amalga oshiruvchi ketma-ket
bosqichlar to’plami bo’lib, ularni amalga oshirishda imtiyozga ega
subyektdan tasdiq talab etiladi. Muolajalar quyidagi savollar asosida ishlaydi:
o
Kim nimani bajaradi?
o
Ular qanday bosqichlarga ega?
o
Ular qaysi forma va hujjatlardan foydalanadi?
-
Umumiy qoidalar. Umumiy qoidalar tanlovga ko’ra maslahatlar bilan
ta’minlovchi hujjat bo’lib, ular biror maxsus standartlar bo’lmagan holatda
foydalaniladi. Umumiy qoidalar tavsiyalar sifatida bo’ladi va tashkilotlar
ularni rad eta olmaydi. Umumiy qoidalarni amalga oshirish risklarni
kamaytirsada, biznes talablari o’zgarganda umumiy qoidalarni ham
o’zgartirish tavsiya etiladi.
Yaxshi xavfsizlik siyosati quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi shart: -
Qisqa va aniq: xavfsizlik siyosati infratuzilmada joriy qilish uchun qisqa va
aniq bo’lishi shart. Murakkab xavfsizlik siyosati tushunish uchun qiyin bo’lib,
xodimlar tomonidan kutilgani kabi amalga oshirilmaydi.
237
-
Foydalanuvchan bo’lishi: siyosat tashkilotning turli sektorlari bo’ylab oson
foydalanishli yozilishi va loyihalanishi shart. Yaxshi yozilgan siyosatlar
boshqarishga va amalga oshirishga oson bo’ladi.