О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Siyosatni amalga oshirilganligini tekshirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

Siyosatni amalga oshirilganligini tekshirish. 
Xavfsizlik siyosatini amalga 
oshirish uni shakllantirish, qayta ko’rib chiqish va yangilashdan so’ng bajariladi. 
Amalga oshirilgandan so’ng esa xavfsizlikning mos modeli va xulosasi yaratilishi 
shart. Xulosa manfaatdor tomonlarning takliflari tashkilot manfaatlari bilan bevosita 
bog’liqlikni ko’rsatishi shart. Xavfsizlik siyosati tugallangandan so’ng, uning oxirgi 
holati tashkilotdagi barcha xodimlarga tarqatilishi, zarur bo’lgan vaqtda xodimlar 
tomonidan foydalanish uchun joiz bo’lishi shart va shuning uchun takshilotning 
ichki tarmog’ida joylashtirilishi kerak.
Xavfsizlik siyosatini loyihalash va ishlab chiqish jarayonlaridan so’ng, uni 
foydalanishga tayyor holatga keltirish ham muhim hisoblanadi. Xavfsizlik siyosatini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tavsiyalar: 
-
xavfsizlik siyosati tashkilotning tegishli rahbariyati tomonidan qo’llab-
quvvatlanishi va rasmiy ravishda tashkilotning siyosati sifatida qabul 
qilinishini ta’minlash; 
-
har bir siyosatni ko’rib chiqish va tashkilot ichida qanday qo’llanilishi haqida 
o’ylash; 
-
siyosatga muvofiq bo’lgan mos vositalarning mavjudligiga ishonch hosil 
qilish; 
-
tarmoqni yoki siyosatni ixtiyoriy almashtirish kerakligi haqida rejani yaratish; 


244 
-
siyosatni madadlashda muolajalarni o’rnatish uchun tashkilotdagi biror 
bo’lim (masalan, axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi va hak.) bilan 
ishlash; 
-
tashkilotni xavfsizlik bo’yicha asosiy o’quv seminar kurslari bilan ta’minlash; 
-
axborot aktivlaridan foydalanish huquqiga ega bo’lgan barcha xodimlar 
uchun xavfsizlik siyosatini taqdim etish; 
-
axborot xavfsizlik xodimi xavfsizlik siyosatini boshqarish va amalga oshirish 
uchun javobgar bo’lishi; 
-
xavfsizlik siyosatini mos boshqarish uchun tashkilotni zarur bo’lgan 
texnologiya va vositalar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish; 
-
takshilotga tashrif buyuruvchilar uchun tarmoqdan foydalanish imkoniyati 
berilgan taqdirda, uni maqbul siyosat asosida amalga oshirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin