Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv
2.3. Ochiq kalitli kriptotizimlar Simmetrik kriptotizimlardagi mavjud muammolardan biri – maxfiy kalitni
xavfsiz uzatish va saqlash. Quyida kalitlarni uzatish va xavfsiz saqlash bilan bog’liq
muammolarni bartaraf etgan, assimetrik yoki ochiq kalitli deb ataluvchi
kriptotizimlar bilan tanishib chiqiladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda maxlumotni shifrlash bir kalit bilan amalga
oshirilsa (ochiq kalit deb ataladi), uni deshifrlash boshqa bir kalit (shaxsiy kalit deb
ataladi) bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun, ochiq kalitli kriptotizimlar
simmetrik kriptotizimlarda mavjud bo’lgan kalitlarni taqsimlash muammosini
o’zida bartaraf etgan. Biroq, ochiq kalitli kriptografik tizimlarning ham o’ziga xos
muammosi mavjud.
Ochiq kalitli kriptotizimlarni yaratishda
“qopqonli” bir tomonlama funksiyalarga asoslaniladi. Bu o’rinda “bir tomonlama” iborasining ma’nosi –
funksiya bir tomonlama osonlik bilan hisoblanadi. Biroq, ushbu funksiyani
teskarisini hisoblash juda ham murakkab (ya’ni, hisoblash mumkin emas). Bu yerda
“qopqonli” deyilishiga asosiy sabab, hujumchi ochiq axborotdan (masalan, ochiq
kalit) shaxsiy axborotni (masalan, shaxsiy kalitni) tiklashda foydalana olmaydi.
Mazkur bir tomonlama funksiyalarga misol sifatida
faktorlash amalini olish mumkin.
Ya’ni, tub bo’lgan ikkita
p va
q sonlarni generasiyalash va
𝑁𝑁
=
𝑆𝑆 ∗ 𝑞𝑞
ni hisoblash
oson. Biroq,
N soni yetarlicha katta bo’lganda uni ikkita tub sonning ko’paytmasi
shaklida ifodalash murakkab vazifa va u yuqori hisoblash imkoniyatini talab etadi.
Simmetrik kalitli shifrlarda ochiq matn
𝑃𝑃
shifrlansa, shifrmatn
𝐶𝐶
hosil bo’ladi
degan shartli belgilash kiritilgan edi. Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida esa xabar
𝑀𝑀
shifrlansa,
𝐶𝐶
shifrmatn hosil bo’ladi deb shartli belgilash kiritiladi.
Ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish uchun, B tomon
ochiq kalit va unga mos bo’lgan
shaxsiy kalit juftiga ega bo’lishi talab etiladi. B tomonning
46
ochiq kaliti kimga ma’lum bo’lsa, u ma’lumotni shifrlab yuborishi mumkin.
Shifrlangan xabarni ochish faqat shaxsiy kalit egasi bo’lgan B tomonga joiz.