O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Dj. Ergashxodjaeva, M. S. Qosimova


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/171
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202128
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   171
Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Bozor segmentasiyasi deganda nimani tushunasiz? 
2. Bozor segmentasiyasining qanday turlarini bilasiz? 
3. Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering. 
4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz? 
5. Differensiallangan marketing strategiyasi deganda nimani tushunasiz? 
6. Konsentrlangan marketing strategiyasining mazmuni nimadan iborat? 
7. Makrosegmentlash deganda nimani tushunasiz? 
8. Mikrosegmentlash deganda nimani tushunasiz? 


146 
9. Avvaldan segmentlash deganda nimani tushunasiz? 
10. Tovarni pozitsiyalashtirish deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 
 
 
9-bob. TOVAR SIYOSATI 
9.1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir 
 
Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, 
sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. 
Bular fizik obyektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi 
mumkin. 
Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish 
usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir. 
Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida 
ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi. 
Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan 
holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib
AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan. 
Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy 
foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi. 
Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini 
belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka 
nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir. 
Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha 
xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. 
Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, 


147 
ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa 
xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar. 
Tovarning uch darajali klassik modeli 9.1-rasmda keltirilmoqda. 
Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari bo‘yicha bir – biriga o‘xshash, 
maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli o‘xshash 
tovarlar yoki xizmatlar guruhidir. 
Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari 
yig‘indisidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin