1-MAVZU. KIRISH.“O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI”
O’QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-
METODOLOGIK TAMOYILLARI (2 SOAT).
Reja:
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning
o‘rganish obʼyekti va predmeti.
2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy
asoslari, usullari va tamoyillari.
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish.
4. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning ahamiyati.
Tayanch so‘zlar.
Fanning predmeti va obʼyekti, o‘quv jarayoni, O‘zbekiston, tarix, eng yangi
tarix, mustaqillik, ijtimoiy fanlar, inson omili, millat o‘tmishi, tarixiy makon,
voqea-hodisalar, inson va tabiat, tarix falsafasi, mentalitet, metodologiya, ilmiy-
nazariy asoslar, usullar, tamoyillar, ijtimoiy zaruriyat, nazariya, sivilizatsion
yondashuv, metodologiya tamoyillari, davrlashtirish, yordamchi fanlar, madaniy
meros, fanning ahamiyati va vazifalari.
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning
o‘rganish obʼyekti va predmeti.
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid turli xil voqelik hamda
hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz
bergani, insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanishi,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar hamda madaniy-maʼnaviy hayot jabhasi va
boshqalarni o‘rganadi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat
tarixining ajralmas qismi hisoblanib, o‘z navbatida, ahamiyatga molik voqeliklarga
juda boydir. O‘zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan
qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo‘lganini, jahon tarixi
taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini xolisona va haqqoniy tarzda o‘rganadi.
iqtisodiy hayot, madaniy-maʼrifiy yangilanishlar masalasini o‘rganish – o‘sib
kelayotgan avlod, yuksak maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda, shubhasiz, katta
ahamiyat kasb etadi.
Masala mohiyatining dolzarbligini hisobga olib, 2020-2021 o‘quv yilidan
boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini
o‘qitish jarayoni boshlandi. Shubhasiz yaqin o‘tmish tarixini xolisona va ilmiy
jihatdan o‘rganish tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Tarixiy
haqiqatning to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining
predmeti va obʼyektining to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori
predmet va obʼyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fanning
o‘rganish predmeti va obʼyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib,
maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga
ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan
farqli o‘laroq mustaqil fan hisoblanadi. Shuningdek, u barcha fanlar orasida
alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan
holda ularning rivojiga katta taʼsir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obʼyekti
hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga
ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat eʼtiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi,
undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, o‘tgan davrning hayot tarzi, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-maʼrifiy, iqtisodiy jarayonlarini o‘rganadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan ham keng foydalanadi. Tarixiy
voqea va hodisalar qatʼiy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda
o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy
va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda
tarixan voqeʼ bo‘lgani aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq
sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati
aniqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatimiz yaqin
o‘tmishidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotining ahvoli, holatini o‘rganadi,
ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Mustaqillikka erishishidagi
murakkab siyosiy ahvol tahlil etilgan holda istiqlolning qanchalik ulug‘ neʼmat
ekanligi ko‘rsatib beriladi. Bu esa kelajak avlod uchun dasturilamal sifatida xizmat
qiladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyotining va inqirozlarining faqat bir
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy, o‘zaro
bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani
mamlakatning yaqin o‘tmishdagi voqeliklari, insoniyat hayoti, jamiyat
taraqqiyotini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi
jamiki voqelik va jarayonlar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda
qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik
faoliyati kiradi.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va
davlatlarga taalluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy
jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, inson
har qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning
bir guruhi – xalq) xatti-harakati, uning ko‘zlagan maʼlum maqsadga intilishi
jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish
makoni – obʼyekti mamlakatning eng yangi tarixi davri hisoblanadi. Mazkur davr
respublika mustaqillikka erishganidan to shu bugungi kunga qadar bo‘lgan hayot
tarzini qamrab oladi. Tarixiy obʼyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekistonning eng
yangi tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki
chegarasi belgilanadi. Maʼlum bir maʼnoda obʼyekt bilan predmet bir-biriga juda
yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan
farqlanadi.
Obʼyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy
chegaralar, maʼlum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, maʼlum
hudud doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi.
Predmet esa mana shu bir butun obʼyekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy,
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy
xarakterdagi fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini anglashi
hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u
ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, umuman,
insoniyat o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan,
arxeologiya, etnologiya, geologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat,
iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Аmmo boshqa fanlarning
hammasi tabiat, jamiyat ham, avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari
ham tarix fanining o‘rganish obʼyekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va uzviy
aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham tarixchilar falsafa, adabiyot,
tilshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la
yoritib berolmaydilar.
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning
o‘rganish obʼyekti bitta, yaʼni jamiyat hisoblanadi. Predmeti esa inson va tabiatdir.
Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning
ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa
soha fanlari rivojiga katta taʼsir etadi. Bundan tashqari tarix boshqa fanlarni,
shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning
hammasi ham tarix mahsulidir.
Muxtasar qilib aytganda, tarix fani, yaʼni Vatan tarixi – millat va Vatan
kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati
shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix
fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita
bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon tarzda yuzaga chiqsa,
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda taʼsirchanligi
ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix, yaʼni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa
chiqara olish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmish-tarixga qarab,
kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini
anglashni bildiradi.
Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va
ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, isteʼdodi, voqelikni teran idrok etishi tarix
falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Аynan shu nuqtayi
nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy
falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha saʼy-harakatlari hamda intilishlari
maʼlum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat
yoki xalqning umummadaniy-maʼnaviy darajasi, aql-idroki va tafakkur
maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa
ana shu murakkab, ziddiyatli, shu bilan birga, qudratli ruhiyat va faoliyat orqali
xotiraga aylanadi. Bu holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi.
2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy
asoslari, usullari va tamoyillari.
Taʼkidlash lozimki, har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham
o‘zining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega fan hisoblanadi.
Bular O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning
rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar eng yangi tarixning
haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.
Аgar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va maʼnaviy-
maʼrifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun
masʼul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali
bo‘lishi, yaʼni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar,
usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning
mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek,
tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam
beradi. Shuning uchun ham O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik
ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va taʼlimotlari nimalardan iborat bo‘lishi muhim
masala sanaladi.
Mutaxassislarning fikricha, tarix moziyni o‘rganish haqidagi fan bo‘lib,
ilmiy atama sifatida ikki o‘zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi.
Birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan bo‘lib, uning mavzusi
kishilik jamiyati o‘tmishining, uning turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va
o‘zgarib borish jarayonini o‘rganadigan fandir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat
to‘g‘risidagi fan bo‘lib, jamiyatning o‘tmishini tadqiqot yo‘li bilan aniqlab,
o‘tmishda inson tomonidan yaratilgan, inson zakovatining natijalari bo‘lgan
jarayonni tadqiq etish va bizgacha bo‘lgan davrni o‘rganib, kelajak avlodga
yetkazadigan fandir.
Tarixshunoslikdan maʼlumki, tarixiy jarayonlar undagi qonuniyatlar bilan
asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos va tarixiy
manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Soha mutaxassislarining
eʼtirof etishlaricha, tarix fanini o‘rganishdagi eng dolzarb muammo – bu tarixiy
voqelik va tarixiy manbalar bo‘lib, mana shu ikki muammoga tom maʼnoda ilmiy
yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, har bir fanda bo‘lganidek, tarix, jumladan,
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ham o‘zining nazariyasi va
metodologiyasi mavjud. Nazariya – bu ilmiy bilimlar yig‘indisi va boshqa fanlar
bilan mavjud bo‘lgan aloqadorlikni bilish jarayonidir.
Tarixchilar, sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar butun
insoniyat, millat, xalq va o‘rganish obʼyekti evolyutsiyasi, uning mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri anglash, tahlil qila olishi lozim. Аgar tarix falsafasi tarixiy
voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq
ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga
chiqishi – tarix haqqoniy tarzda yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi
dasturdir. Yuqoridagi mulohazalarni muxtasar qilib aytganda, metodologiya fanlar
ichidagi fan hisoblanadi.
Аvvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy
maʼnosi grekcha “Metodos” va “Logos” degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib,
metod, yaʼni usul – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, taʼlimot, logiya esa
fan deganidir. Demakki, metodologiya, yaʼni uslubiy ilmiy tadqiqot ishini olib
borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va
mukammal g‘oyasi, nazariyasi va taʼlimotlari majmuidan iborat bir butun fandir.
Boshqa maʼnoda esa metodologiya ilmiy bilish yoki maʼlum bir ilmiy faoliyatni
tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak,
tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari
to‘g‘ri yetaklaydi, yaʼni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi deganda metod (usul)lar majmui
tushuniladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitish metodologiyasi
deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning
natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotga tadbiq etilishi, mazkur fanga xos bo‘lgan
ilmiy bilimlar mexanizmining samarali usullari tushuniladi. Tarix fani
metodologiyasi deb tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilish
tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani
doirasida qo‘llaniladigan taʼlimotga aytiladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
fanining fan sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning
qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu fanga xos bo‘lgan qatʼiy tushunchalar
majmui va bilish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek,
tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada
ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik har ikkala
yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatini,
mumtoz tarixshunoslik va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan
holda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga
bo‘lish tavsiya etiladi:
• O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy
va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:
• Din bilan dunyoviylik o‘rtasidagi mo‘tadil munosabat;
• Tarixning milliy, umuminsoniy, qaytarilmas hodisa hamda qadriyat ekanligi;
• Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazaridan turib, ilmiy va xolisona
asnoda yondashish;
• Tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi
deb bilish;
• Tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan, o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida
murojaat etish;
• Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar)
dialektika hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishini anglash;
• Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning maʼnaviy o‘zagi,
tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligini tushunish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy usul va tamoyillari quyidagilardan
iborat:
• Ilmiy xolislik (obʼyektivlik);
• Tarixiy – tahliliylik;
• Mantiqiy – uzviylik;
• Vorislik va xronologik izchillik;
• G‘oyaviylik va vatanparvarlik;
• Qiyoslash, kuzatish va umumlashtirish;
• Bahslashish, munozara yuritish va asoslab berish;
• Matematik hisoblash;
• Shakllantirish va modellashtirish;
• Аyrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim (juzʼiy)likka
(deduktsiya);
Maʼlumki, sovet davridagi tarix fani o‘tmishni soxtalashtirdi, din ilmga zid,
tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qilindi. Sovet
davlatida hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura tarixiy o‘tmishga nisbatan bir
tomonlama, sinfiy, partiyaviy yondashuvni rasmiy darajaga olib chiqqan edi.
Tarixni xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoda ustuvor darajada bo‘lmog‘i lozim.
Shuning uchun ham u din bilan muʼtadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i
hozirgi davrda asosiy maʼnaviy mezonlardan biri bo‘lib turibdi. Bu esa yoshlarni
turli xil din niqobi aslida dinga aloqasi bo‘lmagan turli noqonuniy guruhlarga
adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni xolisona
haqqoniy yoritilishiga imkon beradi. Tarixiy o‘tmishni ilmiy va xolisona o‘rganish
zamonaviy dunyoning asosiy mezoniga aylanmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan va jahon hamjamiyatining yuksak eʼtirofiga sazovor
bo‘lgan ijtimoiy hayot bobida “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini targ‘ib
etish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Qayd etish lozimki, tarixiy-tahliliylik tamoyili tariximizda qadimdan
muarrixlar tomonidan qo‘llanib kelingan qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy
voqea va hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni
haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining
metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekistonning
eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat
manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Eng
muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy
haqiqatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
1996-yil 13-dekabrdagi Farmoniga ko‘ra – O‘zbekistonning yangi tarixini
tayyorlash va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi. Shu asosda mustaqillik davri
aks etgan qator adabiyotlar yuzaga keldi. 1998-yilda chop etilgan “Tarixiy
xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida tarix fanining qator dolzarb masalalariga eʼtibor
qaratildi.
Masala mohiyatini dolzarblik jihatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012-yil yanvarida qabul qilgan qaroriga asosan Oliy
va O‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi
jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mazkur jarayonni yanada takomillashtirish
maqsadida 2017-yil 30-iyunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev imzosi ostida
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng
yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzish to‘g‘risida”gi Qaror qabul
qilindi.
Keyingi yillarda mamlakat tarixini ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari, tarixiy
adabiyotlar asnosida ilmiy va xolisona tarzda o‘rganish, tadqiq etish, yoshlarni
tarixiy bilim bilan qurollantirish, ularda yuksak axloqiy, maʼnaviy fazilatlarni
yuksaltirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, Respublika
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator chiqish va nutqlarida taʼlim va tarbiya
masalasi bevosita o‘rin egallamoqda. Xususan, 2021-yil 19-yanvardagi maʼnaviy-
maʼrifiy
masalalarga
bag‘ishlangan
yig‘ilishda,
respublikamizning
mustaqilligining qutlug‘ 30 yillik tantana tadbirlari, 1-oktabr O‘qituvchi va
murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda tarix ilmini chuqur va asosli o‘rganish
masalasiga alohida urg‘u berildi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarni alohida
o‘rganish, tadqiq etish, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etadi. Bu,
birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga
ega bo‘ldi. Moddiy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy
salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik
qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi; ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir,
masʼuliyatli paytda respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik
taʼminlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli holatda vaziyatni tezda
anglab yetdi va to‘g‘ri siyosat yuritdi. O‘zbekistonning eng yangi tarixini
o‘rganishda 90-yillarga oid arxiv hujjatlari, kinofoto va ovozli hujjatlar, tegishli
adabiyotlar katta ahamiyat kasb etdi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini
ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi
tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangicha ruh va
mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, zamonaviy nazariy-
kontseptual qarashlarni o‘zida aks ettirgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy
asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqorida taʼkidlangan metodologik yondashuv
ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lib, uning ahamiyati yuqori darajada bo‘ldi.
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib,
insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uzoq
yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida
umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga
oid yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi,
O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga
qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar hamda elatlarni umumiy va
etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining
tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib,
qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston
tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir.
Maʼlumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab
jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi
yillarda O‘rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya
va numizmatikaga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona
yoritish uchun xizmat qiladigan muhim maʼlumotlar to‘plandi. Ushbu maʼlumotlar
va ashyolar o‘lka tarixining turli bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-
siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib,
ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning
paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab
chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk
shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy
jarayonlariga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga
asosiy eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib
davrlashtirish masalasida turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Bu masala yuzasidan,
xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni
davrlashtirishda eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar,
masalaga sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabi
masalalarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar eʼtibor
qaratganlar. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib,
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim.
Chunki o‘rganilayotgan tarixni, avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har
bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtayi nazaridan
maʼruzalar belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Qanchalik sodda ko‘rinmasin, bu jihat ham murakkab masala hisoblangan tarixni
to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa
yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish yuzasidan tarix fanidan taʼlim
berishdir.
Yuqorida taʼkidlanganidek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni
yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga
asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni
davrlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy
omillariga asosiy eʼtiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan,
A.Sagdullaevning fikricha, Markaziy Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha
yuz ming yillarni o‘z ichiga oladi. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va
madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy
madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim
hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha, O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu
zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o‘rganish mumkin
emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining
mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin,
taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart. Ammo
jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis
rivojlanish qonuniyati esa qadimgi zamonlarda ko‘proq mintaqaning tabiiy-
geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat hayotida yuz
beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo tarixining rivojlanish
darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, Markaziy
Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin. Tarixni davrlashtirish
masalasi A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida
ham keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga eʼtibor berish
lozimligi taʼkidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiqligi ilgari surilgan. Unda jamiyatda yuz bergan tub o‘zgarishlar hisobga
olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyatning iqtisodiy
asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka
egalik qilishning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy
hayotining maʼnaviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? – degan savollar
qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan.
Shu bilan quyidagi davrlashtirish taklif etilgan:
O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri”. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik
jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri”. Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi:
1-bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2-bosqich – XX asrning ikkinchi
yarmi davomida jahon fanida Shimoliy-Sharqiy Аfrikaning Olduvay darasida olib
borilgan arxeologik va antropologik izlanishlarga ko‘ra, odamzodning ilk ajdodlari
bundan 2,5-3 million yil avval Аfrika qitʼasida yashay boshlagan. “Homo sapiyens,
sapiyens” (aqlli odam) esa, yer kurrasida mil. avv. II million yildan boshlab yashay
boshlagan, degan tasavvur paydo bo‘ldi. 3-bosqich urug‘ jamoalarining harbiy
demokratiya bosqichi. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri”. “O‘rta asrlar davri.
Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini
“Mustamlakachilik” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Rossiya
imperiyasi bosqinidan to 1917-yil oktabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni
o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hukmronligi davri” bo‘lib, bu
davr 1917-yildan 1991-yilgacha davom etgan. O‘zbekiston tarixining yettinchi
davri eng yangi deb nomlanib, bu davr 1991-yil 31-avgustdan to bugungi kungacha
bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Yuqorida akademik А.Аsqarovning mulohazasi
bo‘yicha guruhlar maʼlum juzʼiy o‘zgarishlar asosida qabul qilindi.
Mazkur davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston hududining o‘ziga xos
taraqqiyot yo‘li aks etgan. Shuningdek, biz o‘rganayotgan davr, yaʼni O‘zbekiston
tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” deb atalib, ushbu davr
ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan iboratdir. Xususan, mustaqillik davrida
mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar,
respublika aholisining fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va
natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot
davrining 3 bosqichga bo‘linishini ko‘rish mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000-
yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning poydevori bunyod etilib,
“o‘zbek modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston
jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotiga
keng kirib bordi.
2001-2010-yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, demokratik
o‘zgarishlar, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy hayot sohalarini
izchil isloh qilishni taʼminlash davri bo‘ldi.
Uchinchi bosqich esa 2010-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davr hisoblanib,
bunda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik institutlarini
rivojlantirish,
bozor
islohotlarini
va
iqtisodiyotni
liberallashtirish
–
chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi. Ushbu davrning boshlanishi mamlakatda
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirish
va
demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixida yuqoridagi bosqichlarga
qo‘shimcha ravishda 2017-yildan keyingi davrni ham alohida jarayon sifatida
qabul qilish lozim. Mazkur davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan
keng ko‘lamli jadal islohotlar davri boshlangani bilan izohlash mumkin. Bu davr
hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot davri deb ham nomlanmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda O‘zbekistonning eng yangi tarixini
yozish soha xodimlari oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning
yangi tarixi markazini tashkil etish” to‘g‘risidagi Farmoyishiga muvofiq hamda
xalqimizning yangi tarixini o‘rganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir
bo‘layotgan katta o‘zgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini
ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-
dekabrdagi “O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risidagi
qarorining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning
yangi tarixi”ni yozishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar eʼtiborga olinishi belgilab
berildi:
– xalqimiz o‘tmishidagi millat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni
chuqur ilmiy tadqiq etish va xolisona yoritish;
– “O‘zbekistonning yangi tarixi”ni yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyot uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik
tamoyillariga amal qilish;
– O‘zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat
qadriyatlariga munosib hissa qo‘shganligini eʼtirof etgan holda o‘ziga xos davlat
qurilishi anʼanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligi mavjudligini
hisobga olish;
– “O‘zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qism va bo‘limlarini yozishda
biryoqlama, subʼyektiv yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan yagona tadqiqot uslubiga
amal qilish;
– O‘zbekiston tarixiga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko‘hna Turonzamin,
Movaraunnahr, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo‘lganligini yodda tutish;
– O‘zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy
voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini
va ularning bir-biriga o‘zaro taʼsirini hisobga olish;
– tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va
o‘tmishni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash;
– yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida
tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eʼtiborga olish.
“O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining
eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik,
maʼrifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning taʼlim hamda boshqa
ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va
rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, taʼlim, jamoat muassasalari va tashkilotlari
faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda,
avvalambor, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar
o‘quvchilarida, oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi
chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham O‘zbekistonning eng
yangi tarixini yaratishda muhim burilish bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qaror bilan
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi
asosiy vazifalari belgilandi:
– demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning “o‘zbek
modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va
diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borish, hozirgi
dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish hamda yaqqol ochib
berish;
– O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo
yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli
o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb
muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega
bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining
tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga,
aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini amalga oshirish;
– ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop
etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini
umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston
hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy
merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni taʼminlash;
– O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik
adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini shakllantirish;
– sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha
takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
– fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak maʼnaviyat, xalqning
tarixiy anʼanalari, madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka
erishganligining
buyuk
tarixiy
ahamiyatini
anglash
kabi
fazilatlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini, shu
jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;
– O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini
o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi
O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi,
mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni
keng xalqaro jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazish.
Qarorda,
shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar
fanlarni
taʼlim
bilan
integratsiyalashuvini mustahkamlash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida O‘zbekistonning eng yangi
tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz belgilangan bo‘lib,
uning asosiy vazifalari sifatida Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik
taʼminlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb
masalalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus
taʼlim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv,
o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish,
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi
tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga
kiritish uchun takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning eng yangi tarixini
o‘rganishning
nazariy-metodologik
asoslarini
takomillashtirish
yuzasidan
tadqiqotlar olib borish, har yili O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari
bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya hamda seminarlari
ro‘yxatini amaldagi tartibda ishlab chiqish belgilangan.
Dunyoda, xususan, O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar
davrida tarix fani ham bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqish va chuqur
o‘rganish muammosiga duch kelmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2018-yil
18-dekabrdagi
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida “...milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy
tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha
olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim”, degan fikrlari bayon
qilingan va yuqorida ta’kidlangan masalalr sohaning oldiga ko‘plab ilmiy
masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi.
4. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning ahamiyati.
Maʼlumki dunyoda mavjud 3,5 mingdan ziyod xalqlarning faqat 200 tadan ziyodi
o‘z davlatchiligiga ega. Xalqlarning o‘z mustaqil davlatchiligiga ega bo‘lishi,
shubhasiz, shu hududda yashovchi barcha aholi uchun keng rivojlanish
imkoniyatlarini ochib beradi. Mazkur imkoniyatlar o‘zbek xalqi davlatchiligiga
bevosita taalluqlidir.
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi, tarixiy yodgorlik va
obidalarini eʼzozlashi, ularni ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari
bor. Bu, eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib
kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa,
butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak
rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir maʼnoda tarix buyuk faylasuf va
donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar
o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Xristianlik falsafasi asoschisi
А.Аvgustian (354-430 yy.) hozirgi eramiz boshidayoq, yaʼni bundan bir ming olti
yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib,
shunday degan edi: “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun, avvalo, uning
tarixini uyg‘ot”. Qadimgi Rimda esa “Tarix – hayotning muallimidir” degan yozuv
shior sifatida shahardagi peshtoqlardan biriga yozib qo‘yilgan edi. XIII asr Sharq
tarixchisi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi
to‘rtligida yanada teran maʼnoda mana bunday bayon etadi:
Kimki tutmas qalbida tarixini,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o‘tmishini,
Ko‘p boyitar o‘z turmushini.
XXI asrga rivojlanishning zamonaviy taraqqiyot yo‘li bilan kirib kelgan, boy
madaniyati va bebaho maʼnaviyatiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘zining ming
yilliklar qaʼriga kirib borgan tarixiy o‘tmishi bilan alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar,
ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar, turli davrlarda xalq farovonligi va taraqqiyotini
ko‘zlab o‘tkazilgan ko‘plab islohotlar, shuningdek, yuksalish va inqiroz holatlari,
chet el bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashlari yurtimizning serqirra va rang-
barang tarixidan dalolat beradi. Shu bois ham bu tarix eng qadimgi davrdan
boshlab ko‘p ming yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida nafaqat
o‘zbekistonlik, balki xorij olimlari tomonidan ham tan olinib o‘rganildi, tadqiq
etildi va ayni paytda ham shu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar izchillik bilan davom
etmoqda.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, sovet davridagi tarixga
munosabatdan farqli o‘laroq o‘tmish tarixiga munosabat tubdan o‘zgardi.
Haqqoniy tarixni tadqiq etish boshlanib, avvalo, tarixni davrlashtirishdagi besh
formatsiyali noilmiy “izm”lardan voz kechildi. Zero, tarix ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar almashinuvi bo‘lmasdan, balki bir-birini almashtirib va to‘ldirib
turuvchi, maʼlum xalqlar va elatlar, etnik guruhlar tomonidan yaratilgan
sivilizatsiyalar hosilasi hamda zanjiri ekanligi respublika olimlari tomonidan
yakdillik bilan eʼtirof etildi.
Tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalqdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy
jarayonlar, voqea va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur
etish aslo mumkin emas. Tarix – xalqning fikr hamda tafakkurining hosilasidir.
Аynan shuning uchun ham tarix – ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan
nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikka,
buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va
bag‘rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir. Shundan kelib chiqib
taʼkidlash lozimki, qadim o‘tmish bilan bugungi kunning, o‘tmish ajdodlarimiz
bilan bugungi avlodlarimiz o‘rtasidagi bog‘liqlikni unutmasdan yanada
mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hisoblanadi. Bunday
bog‘lanishda esa tarix asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish u soxta tarixiy
tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkuraning
takomillashuvini tezlashtiradi. Xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh
egmaslik, mustamlaka ilkiga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysunmaslik, begona
g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar taʼsiriga berilmaslik maʼnaviyatiga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ham tarixni o‘rganish va o‘qitish zarur. Tarixni mukammal
bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak
fazilat hisoblanadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa
quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga
chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy
dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va
o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan,
yoshlarda otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatni
rivojlantirish; to‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni eʼzozlash,
asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, poklik,
odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va eʼtiqodlik)ni tarbiyalash;
beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat
oldidagi muqaddas burchlarini chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol
toptirish.
2017-yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish
tomon yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
ilgari surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan
Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb
etmoqda. 2021-yil oxirlaridan bu strategiya – Taraqqiyot strategiyasi nomini oldi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uzviy ravishda yuqoridagilar va bulardan
boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni
tarbiyalashga katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va
qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni
hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan eʼtirof etib kelinmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy
ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz
lozimdir.
Dostları ilə paylaş: |