47
mumkin. Bodring – bu foydali va kam e’tibor talab qiluvchi o‘simlik.
To‘g‘ri tanlangan navi, hattoki 1 kvadrat
metr joyda ham yaxshi hosil
berishi mumkin. Siz kam kuch va mablag‘ sarflagan holda yilning har
qanday vaqtida sotish uchun bodring yetishtirishingiz mumkin. Sotishni
yo‘lga qo‘yib olgan holda, siz barqaror daromad keltiruvchi, xarajatlari
tez qoplanuvchi biznesga ega bo‘lishingiz mumkin.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Qishloq joylardagi tadbirkorlikning o‘ziga xos
xususiyatlari nimalar bilan
belgilanadi?
2. Qishloq joylardagi tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz?
3. Shaxsiy yordamchi xo‘jalikning o‘ziga xos belgilari qanday?
4. Dehqon xo‘jaligi boshqa shakllardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
5. Yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘ ja li-
gining asosiy jihatlarini izohlab bering.
6. Fermer xo‘jaligining asosiy belgilarini tushuntirib bering.
7. Fermer xo‘jaligiga nisbatan «mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt» tu-
shunchasining ma’nosi qanday izohlanadi?
8. Agrofirmaning asosiy belgilari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: