49
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ras
mlardagi tadbirkorlarni yosh jihatdan ajrating.
Tadbirkorning yoshi
uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
2. Davlat tomonidan yosh tadbirkorlar uchun alohida g‘amxo‘rlik qilinishi
kerakmi yoki yo‘qmi? Fikringizni asoslang.
3. Siz mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida
amalga oshirilayotgan qanday chora-tadbirlarni bilasiz?
YOSHLAR TADBIRKORLIGINING AHAMIYATI
VA ZARURLIGI
Tadbirkorlik faoliyati bilan, yoshidan qat’i nazar,
muomala layoqa
-
tiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar shug‘ullanishi mumkin. Biroq, shu
bilan birga, davlat imkon qadar yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Chunki yoshlar jamiyatning katta kuch va g‘ayrat sarflashga qodir, ha
-
rakatchan, barcha yangi hodisalarni tez qabul qiluvchi va o‘zlashtiruvchi
faol qismi hisoblanadi. Yoshlarni tadbirkorlikka
jalb etish mamlakatimiz
-
da tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish
o‘rinlari tashkil etishga imkon yaratadi.
Shuningdek, tadbirkor yoshlar
safining kengayishi milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘lidan
borishini ta’minlaydi. Bu esa yosh,
tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan
tadbirkorlar avlodini shakllantirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: