53
11-MAVZU
TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH
II BOB
BIZNES-REJA ISHLAB CHIQISH
BIZNES-REJA
Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan
darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra,
tadbirkordan
biron-bir xo‘jalik qarori qabul qilish, masalan, bankdan kredit olish, as
-
bob-uskuna, moddiy resurslarni sotib olishdan
oldin uni har tomonlama,
puxta o‘ylab ko‘rish, tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab
etiladi. Odatda, bunday hisob-kitob qilish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga
oshirish ketma-ketligini belgilab olish jarayoni biznesni rejalashtirish deb
ataladi. Biznesni rejalashtirish natijasida tayyorlangan
tashkiliy-iqtisodiy
tavsifdagi hujjat biznes-reja deb nomlanadi.
Biznes-reja
– tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsi
-
fi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda
kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi huj-
jat.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik fa
-
oliyati uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z
faoliyatini biznes-
rejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Biz
-
nes-reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi,
yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati
boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mav
-
jud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik
faoliyatini boshqarish
qiyinlashib ketadi.
Biznes-reja tuzish uning ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid
ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va bozorlarni bilishni talab etadi. Biz
-
nes-reja tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga
olmaslik yoki ayrim kam-
54
chiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi. Bu esa korxona
faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
sababli biznes-reja tuzishda malakali mutaxassislar, masalan,
huquq-
shunoslar, iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar
xizmatlaridan foydala
-
nish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: