63
Ta’sis shartnomasi –
muassislarning
korxonani tashkil etish chog‘ida
o‘zaro kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish
majburiyatini
oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat
ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyati
-
da ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni
ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash, yuridik
shaxs faoliyatini boshqarish,
muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgi
-
lab qo‘yiladi. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq
boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 43-modda
LOGOTIP VA FIRMA BELGISI
Siz o‘z korxonangizni keng omma orasida taniqli bo‘lishini istasangiz,
u holda uning firma nomini turli grafik belgilar, emblema yoki tasvirlar
orqali oson yodda qoladigan va taniladigan darajasini ta’minlashingiz zarur
bo‘ladi. Bunda logotip va firma belgilaridan foydalaniladi. Ko‘p holatlarda
logotip va firma belgisi bir xil ma’noda ham qo‘llaniladi.
Nomi
Qisqacha mazmuni
Misol
Logotip Grekcha «
logos
» – so‘z, «
typos
» –
iz, tamg‘a ma’nosini
anglatib,
firma nomining maxsus uslubga
solingan va qisqartirilgan shakli
Firma
belgisi
Odatda firma nomi bilan yonma-
yon joylashtiriluvchi yoki alo
-
hida tarzda ham qo‘llaniluvchi
noyob
tasviriy element
64
TOVAR BELGISI
Siz o‘zingiz ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‘rsatgan xizmatni boshqa
mahsulot va xizmatlardan ajralib turishi uchun tovar belgisi, savdo mar
-
kasi, xizmat ko‘rsatish belgisi kabi maxsus belgilardan
foydalanishingiz
mumkin. Agar mazkur belgilar iste’molchilarga keng tanilib, bozorning
salmoqli
qismini egallab olsa, u holda brend deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: