BIZNES LOYIHANING ASOSIY VAZIFALARI Biznes loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan mahsulotga yetarli talabning
mavjudligini aniqlash;
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini aniqlash;
– amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihaning foyda va rentabellik
ko‘rsatkichlarini baholash.
STARTAP NIMA? Biznes loyihalardan biri – startapdir. Hozirga qadar dunyoda muvaffa
-
qiyatli amalga oshgan yirik startaplarga «Hewlett-Packard» (asoschilari –
Devid Pakkard va Uilyam Xyulett), «Microsoft» (asoschilari – Bill Geyts
va Pol Allen), «Apple Computer inc.» (asoschilari – Stiv Jobs va Stiv
Voznyak), «Google» (asoschilari – Lerri Peyj va Sergey Brin)ni misol
keltirish mumkin.
Startap (ingl.
startup company, startup – harakatni boshlayot-
gan) – o‘z faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asos
-
langan holda yurituvchi yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki
biznes loyiha.
Startaplarning yaratilishi, muvaffaqiyatli rivojlanishi va faoliyatining
davom etishi sabablaridan biri – yirik korporatsiyalarning kamharakat
-
ligi va sustkashligidir. Chunki ular o‘zlari yo‘lga qo‘ygan mahsulotlarni
ishlab chiqarish bilan band bo‘lib, yangi mahsulotlarni yaratish bilan
shug‘ullanmaydilar. Startapni yaratishda yangi g‘oya asosiy resurs hisob
-
lanadi. Bu g‘oya ning muvaffaqiyat omili – uning foydaliligidir. Startap
-
ning muvaffaqi yatiga uning tashkilotchilarining yoshi, g‘oya va ish bilan
qiziqishi hamda mashaqqatli mehnati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘larning yetishmas
-
ligi hamda kompaniyaning hali bozorda mustahkam bo‘lmagan holati
startapning xususiyatli jihatlari hisoblanadi.