U. G‘afurov, Q. Sharipov


BIZNES LOYIHANING ASOSIY VAZIFALARI



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

BIZNES LOYIHANING ASOSIY VAZIFALARI
Biznes loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan mahsulotga yetarli talabning 
mavjudligini aniqlash;
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini aniqlash;
– amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihaning foyda va rentabellik 
ko‘rsatkichlarini baholash.
STARTAP NIMA?
Biznes loyihalardan biri – startapdir. Hozirga qadar dunyoda muvaffa
-
qiyatli amalga oshgan yirik startaplarga «Hewlett-Packard» (asoschilari –
Devid Pakkard va Uilyam Xyulett), «Microsoft» (asoschilari – Bill Geyts 
va Pol Allen), «Apple Computer inc.» (asoschilari – Stiv Jobs va Stiv 
Voznyak), «Google» (asoschilari – Lerri Peyj va Sergey Brin)ni misol 
keltirish mumkin.
Startap 
(ingl. 
startup company, startup
– harakatni boshlayot-
gan) – o‘z faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asos
-
langan holda yurituvchi yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki 
biznes loyiha.
Startaplarning yaratilishi, muvaffaqiyatli rivojlanishi va faoliyatining 
davom etishi sabablaridan biri – yirik korporatsiyalarning kamharakat
-
ligi va sustkashligidir. Chunki ular o‘zlari yo‘lga qo‘ygan mahsulotlarni 
ishlab chiqarish bilan band bo‘lib, yangi mahsulotlarni yaratish bilan 
shug‘ullanmaydilar. Startapni yaratishda yangi g‘oya asosiy resurs hisob
-
lanadi. Bu g‘oya ning muvaffaqiyat omili – uning foydaliligidir. Startap
-
ning muvaffaqi yatiga uning tashkilotchilarining yoshi, g‘oya va ish bilan 
qiziqishi hamda mashaqqatli mehnati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘larning yetishmas
-
ligi hamda kompaniyaning hali bozorda mustahkam bo‘lmagan holati 
startapning xususiyatli jihatlari hisoblanadi.


59

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin