U. G‘afurov, Q. Sharipov



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/119
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#202273
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119
httpswww.ziyouz.combooksdarsliklaryangi11-sinfTadbirkorlik20asoslari.2011-sinf20(2018,20U.Gafurov,20Q.Sharipov).pdf

BIZNES-REJANING VAZIFASI
Biznes-reja o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi uch muhim vazifani baja
-
radi:
birinchidan, korxona, firma va kompaniyaning, shu bilan birga, jamoa 
a’zolarining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi; 
ikkinchidan, g‘oya yoki birlamchi loyihaning amaliy harakat dasturi 
shakliga keltirilgan hujjat sifatida hisob-kitoblar, sarf-xarajatlar, biznesni 
tashkil qilish va yuritishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot 
beradi; 
uchinchidan, faoliyatni moliyalashtirish, kredit resurslaridan foydala
-
nish, shuningdek, sarmoyador sheriklarni hamkorlikka jalb etishda asos 
vazifasini bajaradi.
BIZNES-REJANING TUZILISHI VA TARKIBIY QISMLARI
Har bir tadbirkor o‘z faoliyati, moliyaviy manbalarini hisobga olgan 
holda o‘zi uchun biznes-reja ishlab chiqadi. Shu sababli hamma uchun 
bir xil mos tushadigan biznes-rejalar mavjud bo‘lmaydi. Agar sizda biron-
bir biznes-g‘oya mavjud bo‘lib, uni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja 
ishlab chiqmoqchi bo‘lsangiz, taxminan quyidagi tarkibiy qismlarni shakl
-
lantirishingiz taqozo etiladi.
Bo‘lim
Mazmuni
1
Rezyume
2
Taklif etilayotgan loyiha g‘oyasi (mohiyati)
2.1
Umumiy boshlang‘ich ma’lumotlar va sharoitlar
2.2
Yangi tovar namunasining ta’rifi
2.3
Tadbirkorlik faoliyati tajribasini baholash


55
3
Mahsulot sotiladigan bozorlarni baholash
3.1
Yangi tovar iste’molchilarining ta’rifi
3.2
Raqobatdoshlarni baholash
3.3
Raqobatdoshlarga nisbatan o‘zining kuchli va ojiz tomonlarini 
baholash
4
Marketing rejasi
4.1
Marketing maqsadlari
4.2
Marketing strategiyasi
4.3
Marketing rejasining moliyaviy ta’minlanishi

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin