51
boshqarish O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman va shahar Kengashlari zim
-
masiga yuklanadi.
Klasterlarda joylashgan ishlab chiqarish maydonlari faqat O‘zbekiston
yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga, korxonasi oyoqqa turib
olguncha bo‘lgan davrda, lekin 5 yildan ortiq bo‘lmagan
muddatga ijara
to‘lovining «nol» qiymatida beriladi.
Klasterlar o‘ziga xos biznes-inkubator sifatida ishlab, yoshlarga tad
-
birkorlik bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tashda ko‘maklashadi. Tad
-
birkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun
zarur hujjatlarni tayyorlash,
amaliy maslahatlar berish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Biznes-inkubator –
yosh tadbirkorlarni biznes-g‘oya ishlab chi
-
qishdan tortib to uning amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan barcha
bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot.
Klasterda joylashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari
xodimlari shtatida
35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ulushi 70 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
KLASTERLAR FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH
MANBALARI
Klasterlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
– klaster ishtirokchilariga pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan
daromadlar;
– klaster ishtirokchilarining foydalanish to‘lovlaridan
tushadigan da
-
romadlar;
– qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
BU QIZIQ...
AQSHning Pensilvaniya shtatidan bo‘lgan 13 yoshli Neha Gupta
ismli qiz 9 yoshidayoq «Empower Orphans» deb nomlangan o‘z lo
-
yihasini ishga tushirgan. Shundan buyon u o‘zi asos solgan notijorat
loyihasi yordamida Hindistondagi yetim bolalar uchun 30
ming dollar
jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Qiz asos solgan tashkilot qo‘l mehnati
bilan tayyorlangan otkritkalarni sotish bilan shug‘ullanadi.
52
Hozirda qizning oldida yana 20 ming dollar topish vazifasi turibdi.
Biroq u bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Neha kelajakda xayriya soha
-
sida o‘zi uchun karyera qilib, maqsadlariga erishishni reja qilib qo‘ygan.
BILASIZMI?
Biznes-inkubatorlarning dastlabki ko‘rinishlari XX asrning o‘rta la-
rida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Hozirgi tushunchadagi birinchi
biznes-inkubatorga 1959-yilda asos solingan.
Jozef Mankuso Bataviya
shahridagi fabrika qoshidagi omborxonani sotib olib, Amerikada «Bata
-
via Industrial Center» deb nomlangan birinchi inkubatorga asos solgan.
Uning maqsadi iqtisodiy tushkunlikka yuz tutgan shaharda yangi ish
o‘rinlarini tashkil etishdan iborat edi.
1985-yilga kelib dunyoda 70 ga yaqin biznes-inkubator faoliyat ko‘r-
satgan bo‘lsa, 1992-yilda ularning soni 470 taga, 1995-yilda esa 1100
taga yetib, ular biznes-inkubatorlar Milliy assotsiatsiyasiga birlashdilar.
Biznes-inkubatorlarning eng ko‘p soni AQSHda tashkil etilgan
bo‘lib, bunga shahar markazlari va hududlar
iqtisodiyotini rivojlanti
-
rish, universitetlardagi innovatsion faoliyat va tadbirkorlik faolligini
rag‘batlantirish, shuningdek, xususiy investorlar
uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish zarurati sabab bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: