4
TADBIRKORLIK NIMA?
Siz tadbirkorlik tushunchasi bilan 9-sinfda o‘tilgan «Iqtisodiy bilim
asoslari» fani orqali yaxshi tanishsiz. Unda tadbirkorlik
deganda kishilar
-
ning foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida o‘z mablag‘lari, mulki,
bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar
ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish faoliyati tushuniladi, deyilgan. Bundan ko‘rinadiki,
tadbirkorlik
bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib, uning ishtirokchilarini harakatga
undovchi faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi ta-
vakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda)
olishga
qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir
.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli
yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘-
risida»gi qonuni, 3-modda
Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy re
-
surslar), kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro
biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta’minlab,
yangi mahsu
-
lotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.
Tadbirkor
– tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni
qandaydir turdagi tovar
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish
borasida bilim, ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Dostları ilə paylaş: