9
2-MAVZU
TADBIRKORLIK TURLARI VA SHAKLLARI
Faol
tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqa
-
rishga qodir,
eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va
oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf
keltiradigan ishbilarmon
insonlarni tushunamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yuqoridagi rasmlarda tadbirkorlikning qanday turlari ifodalangan? O‘z
fikringizni asoslab bering.
2. Bir vaqtning o‘zida bir necha tadbirkorlik turi bilan shug‘ullanish mum
-
kinmi? Misollar keltiring.
TADBIRKORLIK FAOLIYATI TURLARI
Iqtisodiy faoliyat turli ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Masalan, biz
turli mahsulotlar (non, kiyim, o‘quv qurollari, avtomobil, uy va boshqalar)-
ni ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish (maishiy xizmat, ta’lim xizma
-
ti, sog‘liqni saqlash, maslahat berish va boshqalar)ni farqlaymiz.
Shunga
ko‘ra, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda tadbirkorlik faoliyati turlari o‘zidagi jarayonlar shakli va mazmuni
hamda ularni amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanadi.
Tadbirkorlik
faoliyati xizmat ko‘rsatish, vositachilik faoliyati, iste’mol
tovarlari ishlab
chiqarish, moliyaviy operatsiyalar kabi sohalarda nisbatan samarali amal
-
ga oshadi. Tadbirkorlik faoliyatining yo‘naltirilganligi,
kapitalni kiritish
obyekti va aniq natijalariga ko‘ra tadbirkorlik turlari farqlanadi.