12
Sug‘urta –
turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan
moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Sug‘urta faoliyati ham tadbirkorlikning maxsus turi hisoblanadi. Unga
mulk sug‘urtasi, hayot va sog‘liqning shaxsiy sug‘urtasi, risk sug‘urtasi,
javobgarlik sug‘urtasi kabilar kiradi. Umumiy holda sug‘urta tadbirkorli
-
gini sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi sifatida tavsiflash mumkin.
TADBIRKORLIK TURLARINING UMUMIY TAHLILI
Siz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik turidan muvofiqini tanlash
uchun har bir tadbirkorlik turining xususiyatli belgisi bo‘yicha ma’lumot-
larni umumiy jadval yordamida tahlil qilishingiz mumkin. Bunda muayyan
belgining murakkablik darajasini baholash uchun «past» – 1 ball, «ahami
-
yatli»
– 2 ball, «yuqori» – 3 ball bilan ifodalab olamiz.
Dostları ilə paylaş: