14
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK
3-MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1 Yuqoridagi rasmlarda ifodalangan qaysi faoliyat turlarini yakka tartibdagi
tadbirkorlik shaklida tashkil etish mumkin?
2. Ushbu faoliyat turlarini yakka tartibdagi tadbirkorlik
asosida olib borish
mumkinligi nima bilan izohlanadi?
3. Kimlar yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘la oladi deb o‘ylaysiz?
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING MAZMUNI
Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga
oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning
uchun dastlab eng oddiy
shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik
hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amal
-
ga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan
o‘tish kifoya.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tad
-
birkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan
holda amalga oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli
yangi tah rirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda
15
JISMONIY VA YURIDIK SHAXS
Yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan ta’rifda jismoniy shaxs va yuri
-
dik shaxs tushunchalari uchraydi. Shunday ekan, mazkur tushunchalarning
ma’nosini bilib olish tadbirkorlik shakllari to‘g‘risida kengroq tasavvur
hosil qilish imkonini beradi.
Yuridik shaxs
– fuqarolik huquq va majburiyatlarining
subyektlari
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik
yuritishda yoki
operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majbu
-
riyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib,
ularni amalga oshira
oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar
bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga
ega bo‘lishlari kerak.
Jismoniy shaxs
– huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lgan alo
-
hida fuqaroni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan
yuridik
shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z nomidan ish yuritadi –
faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani
qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas.
Dostları ilə paylaş: