Mavzuning dolzarbligi.
Qorinoyoqli mollyuskalar sinfining ekologiyasi va
evolyutsiyasi
mavzusini o’rganish zoologiya fanining asosiy ilmiy tadqiqot
yo’nalishlaridan biri bo’lib muxim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega sanaladi.
Ishning maqsadi
. Amfibiyalar sinfining ekologiyasi va evolyutsiyasi
mavzusini o’rganish va tadqiqotlarda olingan natijalarni statistik qayta ishlab ilmiy
asoslangan xulosalar ishlab chiqish.
Ishning vazifasi.
Mollyuskalar sistematikasini talqin qilish
Mollyuskalar tashqi tuziishini o’rganish
Mollyuskalar ichiki tuzulishi.
Mollyuskalar yashash sharoiti va iqtisodiy ahamyatini tadbiq qilish
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati:
Kurs ishi bajarishda adabiyotlardan o’rganilgan va tahlil qilingan
ma’lumotlardan,shuningdek tajriba natijalardan talabalar kurs ishi mavzularini
tayyorlashda, ularning biologiyaga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy
ahamiyatga ega.
Ishning hajmi.
Kurs ishi 50 betlik matn, 19 ta rasm iborat bo’lib, kirish,
asosiy qism(2 ta bob), xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
qismlaridan iborat..
4
I-Bob Foydali molyuskalarning sistematik holati, tarqalishi va ahamiyati
1.1. Foydali molyuskalarning tarqalishi va ahamiyati
Mollyuskalar asosan o‘simliklarning yashil qismi bilan oziqlanadi.
Oziqlanish natijasida hazm bo‘lmagan ovqatning ma’lum bir qismi ekskrement
sifatida tuproqqa chiqariladi. Laboratoriya sharoitida yeyilgan ozuqa va ajratib
chiqarilgan fekal asosida, o‘zlashtirilgan ozuqa miqdori va har bir tadqiq etilgan
turning energetik balansi aniqlangan bo‘lib, har xil turdagi mollyusklarda ozuqa
o‘zlashtirish koeffitsiyentlari (oziqlanish xarakteriga qarab) keng doirada 25% dan
94 % gacha o‘zgarib turadi.
Tuproqdagi boshqa umurtqasiz hayvonlarga nisbatan mollyusklarda ozuqa
o‘zlashtirishning yuqori samaradorligi aniqlangan. A.Pazilov ma’lumotlariga ko‘ra
Bradybaena fruticum bir mavsum davomida (umumiy quruq massaning) 1,6% dan
2,7% gacha o‘simliklar bargi bilan oziqlanadi. Mollyuskalar faoliyati tuproq paydo
bo‘lishida, tuproqning fizikaviy xossalari havo va suv rejimining yaxshilanishiga
ta’sir ko‘rsatadi hamda tuproq chirindisi qatlamining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Mollyuskalalar ko‘pgina umurtqasiz va umurtqali hayvonnlar uchun ozuqa manbai
sifatida muhim rol o‘ynab, umurtqasiz hayvonlardan turli xil qo‘ng’izlar, asosan –
Carabiidae oilasi vakillari shilliq qurtlar va chig’anoqli mollyuskalar bilan
oziqlanadi.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra 150 turdagi qushlar va
11 turdagi sut emizuvchilar mollyuskalardan «fakultativ» ozuqa sifatida keng
foydalanadi. O‘rta Osiyo tog’laridagi qator qushlar yilning ma’lum bir oylarida
(bolalagan paytda) mollyuskalar bilan oziqlanadi. Olib borilgan tadqiqotlar
natijasiga ko‘ra sayroqi qushlar uyalaridan: Buliminidae, Bradybaenidae,
Hygromidae, Pupillidae, Vertiginidae, Gastrodontidae, Pyramidulidae, Limacidae,
Vallonidae oila vakillarining chig’anoqlari topilgan. Shu bilan birga sudralib
yuruvchilardan sariq ilon, tirik tug’uvchi kaltakesak va cho‘l toshbaqalari ham
mollyuskalar bilan oziqlanadi. Bundan tashqari mollyuskalarning chig’anoqlari
5
qator umurtqasiz hayvonlar uchun ma’lum bir paytda boshpana sifatida xizmat
qiladi. Masalan, qo‘ng’izlarning Coccinelidae, vizillagichlar (sassiq qo‘ng’izlar)
Carabiidae, pardaqanotlilar Pyrrhocoridae, o‘rgimchaksimonlar, kapalaklar,
pashshalar g’umbaklari, chumoli va burgalar qish mavsumini Vradybaena,
Leucozonella, Angiomphalia, Novisuccinea, Buliminidae oila vakillarining
chig’anoqlarida o‘tkazadi .
Mollyuskalar yer yuzasidagi eng qadimiy hayvonlardan biri bo‘lib, inson
hayotida muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina mollyuskalar qadimdan ovqat sifatida
ishlatilib kelinsa, ma’lum bir turlaridan esa turli xil ziynatlar yasalgan, yana
boshqalari gelmint kasalliklarni tarqatishda asosiy oraliq xo‘jayin bo‘lib xizmat
qilsa, qator turlar suv havzalarida suvning sifatini aniqlashda indikator vazifasini
o‘taydi. O’zbekistonda ham mollyuskalarning juda ko’p turlari keng tarqalgan
bo’lib, qushlarning ayrim turlariga ozuqa sifatida, o’simliklar olamini
ko’payishida, ichimlik suvlarini tozalashda indicator vazifasini bajarishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Qadim zamonlardan boshlab qator plastinka jabralilar marvarid olish uchun
maxsus ov qilingan. Marvariddor mollyuskalar, asosan, qizil dengiz, Xind va
Tinch okeanlarida 10-15 metr chuqurlikda tarqalgan. Chuchuk suv marvaridi
yuqori sifatli bo‘lib, shu suvda tarqalgan plastinka jabralilardan olinadi. Shuni
alohida qayd etish lozimki, marvarid nihoyatda sekinlik bilan o‘sadi, yiliga o‘rta
hisobda 0,5 sm gacha o‘sadi. 10 yillik marvarid kattaligi 6 sm bo‘ladi [4]. Hozirgi
davrda Hamdo‘stlik mamlakatlari hududida marvariddorlar turlari nihoyatda
kamayib, ba’zi turlari esa yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Masalan, Yevropa
marvariddori bir vaqtlar Oq va Barens dengizlarining g’arbiy qismidagi
daryolarning quyilish joyida, shuningdek Boltiq va Shimoliy Atlantika
dengizlarida keng tarqalgan. Hozirgi davrda bu tur yo‘q bo‘lib ketish arafasida.
Yevropa marvariddori 50-60 yil yashasa, ba’zi turlari esa 100-120 yil yashab, 20
yoshida ko‘paya boshlaydi. Sadaf asosan, sadafdorlar (Unio) oilasi vakillaridan
olinib, ularning chig’anog’i cho‘ziq va qalin bo‘ladi. Bu oila vakillari asosan
6
Shimoliy Amerika daryolarida keng tarqalgan. Xamdo‘stlik davlatlari
xududida faqat ma’lum bir turlari tarqalgan xolos. Hammamizga ma’lumki,
sadafdan teatr durbinlari yasashda, turli xil qurollar yasashda, mebellarni
yasatishda keng qo‘llanilgan. Hozirgi paytda ham sadafdan keng foydalanilmoqda,
biroq ularning turlari soni yil sayin kamayib bormoqda va qator turlar yo‘q bo‘lib
ketish arafasida. Masalan, Middendorf sadafdorlaridan: Mongoliya (Xabarovsk,
Primore o‘lkalari va Chita, Amur viloyatlarining tez oqar daryolarida uchraydi),
Ussuriya, Arsenev, Artemov (Xabarovsk va Primorening tez oqar suvlarida) va
boshqa 10 ga yaqin turlar hozirgi davrda «qizil kitob»ga kiritilgan.
Mollyuskalardan marvarid va sadaf olishdan tashqari, ular oziq-ovqat uchun
ham keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, qadimdan ko‘pgina qorin oyoqlilardan:
midiyalar, ustritsalar, taroqlar, tok shilliqqurtlari va boshqa bir qancha
mollyuskalar shular jumlasidandir. Ustritsalar ovqatga ayniqsa ko‘p ishlatiladi.
Ular asosan qora dengizdan ovlanadi, shu bilan bir qatorda maxsus ustritsa
«zavod»larida ham sun’iy yo‘l bilan ko‘paytiriladi. I.M.Xoxutkin ma’lumotlariga
ko’ra, mollyuskalarning biogeotsenozdagi roli katta va ko‘pqirralidir. Bu namsevar
hayvonlar atrof muhitdan namlikni o‘ziga yutib olib, tanasida to‘plash qobiliyatiga
ega. Mollyu1skalar yashaydigan joylarda doimo namlik saqlanib va to‘planib,
quruq landshaftlarda suv balansini saqlab turishda muhim ahamiyatga ega [6].
Mollyuskalarning xo‘jalikdagi foydali ahamiyati bilan bir qatorda, zararli
tomonlari ham mavjud. Masalan, O. Mavlonov ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa va
Osiyoning chuchuk va sho‘rlangan suv havzalarida plastinkajabralilardan
dreyssenlar tarqalgan bo‘lib, ular bissus iplari bilan suv ostidagi narsalarga
yopishib hayot kechiradi va nihoyatda tez ko‘payadi, natijada ba’zi joylarda suv
inshootlarini ishdan chiqaradi, undan tashqari shlyuzlarga yopishishi, trubalarga
kirib qolishi natijasida suv o‘tkazish quvurlari ishdan chiqadi. Kema qurti (Teredo
navalis) chig’anog’i kemalarning suvosti qismlaridagi yog’ochni va portlardagi
yog’och inshootlarni teshib, kemachilikka katta zarar yetkazadi [7]. Mollyuskalar
hozirda alohida tip sifatida o’rganila boshlangan. Ular hozirda hayvonot olamida
7
ko’plab turlar jihatidan hashoratlardan keyinggi o’rinda turadi. Mollyuskalar
tabiatda tarqalishi tabiiy muhitda yashash tarziga ko’ra quruqlik qorinoyoqlilar -
Gastropoda va suv mollyuskalari ikkipallalilar – Bivalviaga bo’linadi.
Mollyuskalar tabiatga va inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega.
Mollyuskalarning ma’lum bir turlari suv muhitida indikator vazifasini o’tasa, bazi
turlari Yevropa mamlakatlarida oziq-ovqat sifatida hamda dur olishda muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |