Mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sistematik holati, tarqalishi va ahamiyati



Yüklə 233,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix07.01.2024
ölçüsü233,81 Kb.
#202551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Foydali molyuskalarning sist

Nafas olish sistemasi
. Qorinoyoqlilar jabralar yoki o‘pka bilan nafas oladi.
Haqiqiy jabralar ktenidiytipidagi juft organlar bo‘lib, patsimon shaklda va
tanasining ikki yonida joylashgan. Har bir ktenidiy yassi ustuncha o‘qdan va unda
ikki qator bo‘lib joylashgan yaproqchalardan iborat. Dastlab ktenidiylar bir juft
boiadi. Lekin keyinchalik tana asimmetriyasi tufayli ulardan biri reduksiyaga
uchraydi yoki butunlay yo‘qolib ketadi. 
Ktenidiylar asosida kimyoviy sezgi organi - osfradiylar joylashgan.Bir
qancha mollyuskalarda birlamchi ktenidiy jabralar yo ‘qolib ketib, o‘miga
ulargamos keladigan boshqa xil nafas olish organlari paydo boiadi. Suvda hayot
kechiradigan qorinoyoqlilarda bunday organlar tananing tur li qismlaridan o ‘simta
holida shakllanadi. Bunday o‘simtalar fiziologik jihatdan ktenidiylarga mos keladi,
lekin ulaming analogi boimaganligidan ikkilamchi adaptiv jabralardeyiladi.
Quruqlikda hayot kechirishga о‘tgan mollyuskalarda ktenidiy yo'qolib, uning
o‘miga o‘pka paydo boiadi, ya’ni suvdan nafas olish havodan nafas olish bilan
almashinadi. Bunda mollyuskalar mantiya bo‘shlig‘ining bir qismi tanadan
ajraladi, uning devorida juda ko‘p qon tomirlari paydo boiadi va mantiya
bo‘shlig‘i o ‘pka bo‘shlig‘iga aylanadi. Ayrim o'pkali mollyuskalar qaytadan suv
muhitida yashashga o‘tishgan boisa-da, о ‘pka bilan nafas olishadi.
29


12-rasm Qorin oyoqlilar
30


13-rasm Qorinoyoqlilar tipi
31


Qon aylanish sistemasi
. Yuragi har xil tuzilgan. Tuban molyuskalar yuragi
qorincha va ikkita boimadan iborat; boshidan orqaroqda joylashgan.
Asimmetriyaning paydo boiishi, ya’ni o ‘ng jabraning reduksiyaga uchrashi bilan
o‘ng yurak boimasi ham asta-sekin yo‘qolib ketadi. Oliy qorinoyoqli mollyuskalar
yuragining faqat o‘ng boimasi saqlanib qoladi; chap boimasi esa butunlay yo‘qolib
ketadi. Shuning bilan birga yurakning o‘mi ham o‘zgaradi. Masalan, oldjabralilar
va o ‘pkalilaming yuragi oshqozonining oldida, orqa jabralilarda esa oshqozonning
orqasida joylashgan. Ikkinchi tana bo‘shlig‘i (selom) dan hosil boigan perikardiy
(yura- koldi xaltasi) yurakni o‘rab turadi.
Yurak qorinchasidan aorta boshlanadi. Aorta ikkita aorta tomiriga ajraladi.
Ulardan biri boshga, ikkinchisi esa ichki organlarga boradi. Organlar yaqinida
aorta arteriyalarga bo'linadi. 0 ‘pkali mollyuskalarda yirik qon tomirlari ancha
mayda kapillyarlarga bo'linadi. Tomirlardan qon biriktiruvchi to‘qimada
joylashgan lakunlarga tarqaladi. Birmuncha yirik lakunlar oshqozon, jigar va jinsiy
bezlami o ‘rab turadi. Qon lakunlardan jabralar yoki o'pkaga boradi; u yerda
oksidlangach, yana yurakka kelib quyiladi. Shunday qilib qorinoyoqlilaming
yuragiga kislorod bilan to‘yingan arteriya qon keladi. Qon rangsiz bo‘lib, uning
tarkibida amyobotsit hujayralari bor.

Yüklə 233,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin