nomlangan nerv gangliylarini tutashtirib turadigan nerv stvollari - komissuralar,
har xil nerv gangliylarini qo'shib turadigan to- lalar esa konnektivalar deyiladi.
Qorinoyoqlilarda ko'rsatib o'tilgan 5 juft gangliylar
bilan birga yana alohida
organlaming ishini boshqarib turadigan qo'shimcha gangliylar (masalan, halqum
yoki bukkal gangliysi) bo'ladi. Turli mallyuskalarda nerv tugunlari turli darajada
reduksiyaga uchragan bo'lishi mumkin.Serebral nerv gangliylari ko'zlar,
statotsistlar, halqum va pay- paslagichlami, pedal gangliylari oyoq muskullarini,
plevral - mantiyani, pariyetal ktenidiy va osfradiylarni va vistseral gangliylar esa
ichki organlar ishini idora qilib turadi.
Sezgi organlari
.
Boshidagi paypaslagichlari, mantiyaning chetlari tuyg'u
vazifasini bajaradi. Kimyoviy sezish vazifasini bajaradigan osfradiylar ktenidiylar
asosida joylashgan. Osfradiylar ikkala tomonida 100-150 у aproqchalari bo'lgan
uzunchoq pushtachalardan iborat bo'lib, bir qarashda ktenidiylarga juda o'xshab
ketadi. Pushtachalarning ichidajuda ko'p miqdorda joylashgan ganglioz
xo‘jayralaridan yaproqchalariga nervlar ketadi.
Boshidagi paypaslagichlaming
oldingi jufti kimyoviy ta’sirga sezgir bo‘lib, tam va hid bilish organi vazifasini
bajaradi.
Muvozanat saqlash organlari bir juft yopiq pufakchalar shaklida.
Pufakchalarning epiteleysi xilpillovchi va sezgir xo'jayralardan iborat. Ularning
bo‘shlig‘i suyuqlik bilan toigan. Bu suyuqlikda bir qancha mayda ohak toshchalar
- statolitlar suzib yuradi. Statolitlarning holati, ya’ni
ularning u yoki bu nerv
xo‘jayralariga ta’siri tufayli mollyuskalar o‘z tanasi holatini sezadi. Ikkala
statotsistlar serebral gangliylar tomonidan idora qilinadi.
Qorinoyoqlilaming ko‘zlari
paypaslagichlari asosida, ba’zan ikkinchi juft
paypaslagichlar ustida joylashgan. Sodda tuzilgan ko'zlar oddiy chu- qurchadan
iborat. Murakkabroq tuzilgan ko'zlar esa ichida
gavhari va shisha tanachasi
boigan ko'z pufagidan iborat.
33