ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
BOZOR KON’YUKTURASI HAQIDA TUSHUNCHA VA UNI TADQIQ ETISHNING
OB’EKTIV ZARURLIGI
Olimov Shohijahon Fozilxon oʼgʼli
Namangan davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot yoʼnalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8205331
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bozor konyukturasi haqida qisqacha tushuncha keltirib
o’tilgan va shu bilan birga uni tadqiq etish zarurligi haqida hulosalar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Bozor, konyuktura, bozor konyukturasi, iqtisodiy konyuktura,
strukturaviy
birlik.
Kirish.
Konyukturani o’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi. Bizning
mamlakatimizda konyukturani o’rganish 20 yillarda tashkil etildi. «Konyuktura» lotincha so’z
bo’lib, xolat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ularning o’zaro
aloqasidan olingan
shartlarning yig’indisi, ular sharoit, predmetlarining joylashishidir.
Bozor konyukturasi - bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan taklif o’rtasidagi
nisbatdir. Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik,
ijtimoiy, tabiiy,
siyosiy va bashqa shart-sharoitlarni taxlil va bashoratni taxmin kiladi.
Asosiy qism.
Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy konyuktura xizmatlariga egadirlar, ular
o’zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda konyukturani rivojlanishini
kuzatishadi. Iqtisodiy konyuktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va
o’zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko’rinishdir. Bu
ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida konyuktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o’zida
mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy konyuktura predmeti ko’rsatilgan, ya’ni bozor,
ayirboshlash
soxasidagi konyukturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bog’laydi.
Ikkinchidan, kon’yukturani faqat ayirboshlash soxasidagini emas, balki butun ishlab chiqarish
jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol,
bular ayirboshlash
prizmasi orqali aniqlanadi) o’z ichiga qamrab oladi. Uchinchidan, konyuktura dinamik o’sish
davrlarida ko’riladi.
To’rtinchidan, konyuktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari bilan bog’liq, har
bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va konyukturani rivojlanishining
sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko’rinishining asosiy shakli talab, taklif
va narx dinamikasining
nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holatini va dinamikasini
aniqlashda markaziy bo’g’in bo’lib xisoblanadi. Konyuktura tadqiqotining 2ta ob’ektiga ko’ra -
ya’ni iqtisodiy konyuktura tushunchasidagi xo’jalik
va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy
qismga ajratiladi.
1) umumxo’jalik konyukturasi
2) tovar bozori konyukturasi.
Umumxo’jalik konyukturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar bozorlarining
va ko’plab o’zaro munosabatlar konyukturasini yig’indisi deb qarash mumkin. Tovar
konyukturasi umumxo’jalik
konyukturasini tashkil etadi, umumxo’jalik konyukturasi esa