ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
73
tovar bozorlari konyukturasini keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham umumxo’jalik
konyukturasi uni tashkil etuvchi tovar konyukturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi
deb xisoblab bo’lmaydi. Tovar bozorlari konyukturasini umumxo’jalik konyukturasini
elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar konyukturasini tashkil etuvchilarga mavjud
bo’lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining belgilari
o’zaro ta’sirchanligi va o’zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, umumxo’jalik va tovar
konyukturasini rivojlanishni aniqlaydi.
Bozorni va avvalo butun bozorni konyukturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar
doirasining fikriga ko’ra, ishbilarmonlarga ularning xo’jalik qarorlarini qabul qilishda xatoga
yo’l qo’ymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol xisoblanadi. Iqtisodiy
konyukturani izlash, faqatgina ayirboshlash soxasini rivojlannshi va uning qayta ishlab
chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy
qonunchiligini o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U yoki bu tovar bozorda vujudga
keladigan asoslangan taxlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan. Tovar bozori
o’zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida,
ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruxi va iste’molchilar guruxi o’rtasida iqtisodchilar
aloqalarining tizimini o’zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko’rinishi 1-turi bu oldi-sotdi
jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali
o’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning
tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va halqaro tovar
bozorlari shakllanadi.
Kon’yuktura taxlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning xajmi, tarkibi, bir tovarning
boshqasining o’rnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning o’zgarishi, reklama
xizmati, bozor ishtirokchilarining o’rganishni oladi. Bozor kon’yukturasini muntazam
ravishda o’rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda
bozor kon’yukturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi
haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo
firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yukturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki
buzilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yukturasi ijobiy va salbiy, qulay va
noqulay bo’lishi mumkin.
Bozor kon’yukturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid
qobiliyatiga bog’liqdir, narx-navoga, modaning o’zgarishiga qarab xar hil bo’ladi.
Bozorning kelajakdagi xolatini ishlab chiqarishning texnikaviy axvoli, unga sarflangan
qo’shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi,
eksport va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash
mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona,
tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid kobiliyatining, uning
tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini xisobga olib talab o’rganiladi.
Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va konyuktura tahlili bir-biri bilan bog’liq va u
bir-birini to’ldira boradi. Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga
bo’linadi:
-o’tgan davr kon’yuktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yuktura ma’lumotlari;