5. Qovushtiruvchi qo‘shib briketlash. Ruda va birikmalarni briketlashda
qovushtiruvchilar sifatida organik va noorganik birikmalardan foydalanish mumkin.
Organik birikmalarga o‘simliklar, hayvonlar chiqindisi, toshko‘mir smolasi, neftni
qayta ishlash korxonalari chiqindilari kiradi. Noorganik birikmalarga kaolin,
Ca(OH)2 va hokazolar kiradi. Qolipdan chiqqan briketlarni kuydirishda va domna
pechlarida erish davomida bu qovushtiruvchi materiallar qisman yonadi. Qisman
havo ta’sirida o‘z tarkibini o‘zgartiradi. Metallurgiyada ko‘pincha tabiiy
qovushtiruvchi materiallar sifatida Ca(OH)2 bo‘tqasidan foydalaniladi. Briketlash
3,9–6,8 n/m kuch ostida olib borilib, shixtaning tarkibidagi namlik 10 –18% ni
tashkil etadi. Bunday birikmalarning uzoq vaqt havoda saqlanib qolishi natijasida
briketlarning tarkibidagi Ca(OH)2 havodagi CO2 bilan birikadi. Bunda
karbonizatsiya uzoq davom etuvchi bo‘lib, briketning siqishiga qarshilik
ko‘rsatuvchi kuchi 0,98 n/m bo‘lishi uchun tayyorlangan aralashma 5 sutka
davomida havoda turishi kerak va aksincha, 100oC haroratd a esa 5–6 soat yetarli
bo‘ladi. Ruda va boyitmalarni aglomeratsiyalash va briketlash bir xil usul deb
qaralsa-da, ularning o‘ziga yarasha qo‘llanish sohalari mavjud. Jumladan, rangli
metall rudalari uchun (asosan Znli rudalar uchun) briketlashni umuman qo‘llab
bo‘lmaydi. Bunga sabab, uning tarkibidagi oltingugurtning ko‘pligidir.
Qovushtiruvchilarsiz briketlash asosan Fe rudalari uchun qo‘llanilib, buning
tarkibiga 7–8% uglerodli yoqilg‘i qo‘shiladi va 40 minut davomida xom briketlar
1200–1300oCda qizigan texnologik gazlar yordamida kuydiriladi. Bunga maxsus
pechlar bo‘lib, uning ishlab chiqarish unumdorligi sutkasiga 50 tonnaga yetadi.
Qovushtiruvchilarsiz briketlashda briketlarning tarkibiga qo‘ng‘ir temir yoki temir
zangi qo‘shiladi. Bunda qo‘ng‘ir temir havodagi namlik bilan tez kirishib, o‘zining
igna sifat strukturasi sifatida jipslashtirish to‘liq amalga oshadi va aksincha, ularni
250oC haroratda ishlov berish natijasida uning mustahkamlik darajasi keskin ortadi.
Qo‘shimchasiz briketlash arzon bo‘lsa-da, uning mustahkamligi uncha yuqori emas.
Shuningdek, aglomeratsiyaga ketadigan ko‘mir briketlashga ketadigan ko‘mirdan
15–20% ortiq.
Imzo
Sana
Bet
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Bs-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A.
Ba ja rdi
Tekshirdi