56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va
ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda
boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralar
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va
ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi
tahrirga qarang.
57-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(57-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning
6
,
45-moddalari
va 55-moddasining
1-bandi
2020-yil 1-apreldan
e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-mart,
O‘RQ-610-son