O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning
6
,
45-moddalari
va 55-moddasining
1-bandi
2020-yil 1-apreldan e’tiboran
amalga kiritiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa
qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi
— O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha davlat
organiga murojaat qilgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki chet davlat fuqarosi
yoxud voyaga yetgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
bola
— o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs;
vatandosh
— O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida
yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi
hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan
o‘zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan
o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bo‘lsa hamda
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lsa;
Dostları ilə paylaş: |