5-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:
a) 1992-yil 28-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat
fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang. b) O‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun
O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy
xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib
kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs,
basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa;
(5-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ- 696-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son) v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega
bo‘lgan shaxs;
g) ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.
Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining
“a”
va
“b” bandlarida
nazarda tutilgan hollarda,
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi
to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son) Oldingi tahrirga qarang. (5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash chog‘ida, ushbu modda
birinchi qismining
“a”
va
“b” bandlarida
nazarda tutilgan hollarda, shaxsning O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bog‘liq holatlar boshlangan paytda amalda bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida qo‘llaniladi.
(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)