O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
fuqarolik

6-modda. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligini tan olish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha 
ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan 
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. 
O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat 
qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va 
mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarosi deb tan olinadi. 
Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan 
olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan 
bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. 


Ushbu Qonun 5-moddasining 
ikkinchi qismida
hamda mazkur moddaning 
birinchi 
va 
ikkinchi qismlarida
 nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza 
beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin. 
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir. 
Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
tasdiqlovchi hujjatdir: 
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i 
nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi 
pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda; 
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida 
tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki 
onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda. 
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin