1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI.
1.1.
Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar.
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan
qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir.
Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi
bilan
boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil
qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i,
xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda,
Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV
ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob
ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida
intensiv, ko'p
hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un qo'shimcha
mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini
rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy
tabaqalanishga turtki bo'ldi.
Bu davrda qo'shimcha mahsulot olishning asosiy
usuli jamoaga birlashgan
dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo'li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo'lsa,
qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Evropada) katta boylik
orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim
«erkin» aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman,
Sharq
mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik
V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik
klassik
shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo'jaligida ustun bo'lgan
(Qarang: Istoriya Drevnego Vostoka.M.,MGU,1991).
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo'jalik faoliyatida
nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik,
hunarmandchilik,
qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (Farbiy
Evropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog'liq ravishda
tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim
shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z
mahsulotini
sotishga
mo'ljallab
ishlab
chiqargan
qulchilik
xo'jaliklari
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik
yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan
avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi.
Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib,
boshqaruv ishiga
ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan qat'i
nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va
tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi
ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga
olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to'lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi
mumkin bo'lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan.
Saklanib qolgan
yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g'oyalar ham mavjud, unda mustaqil
ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo'yicha
muhim fikrlar berilgan. Eramizdan
avvalgi XVIII asrda
Bobil (Vavilon)
da
(m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan