«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya ta`kidlab o`tadilar.
2
Ushbu intellektual faoliyat xodimlari orasida ko`pchilik,
asosan, Ib Ulbaek
3
til primatlarning bir-biri bilan muloqot qilishi natijasida emas,
balki, bundanda murakkabroq jarayon bo`lgan primatlar kognatsiyasi hosilasidir
degan fikrni qo`llab quvvatlaydilar.
Maykl Tomasello
4
kabi tilga ijtimoiy muloqot natijasi sifatida qarovchilar
primatlar orasidagi aloqaning kognitiv aspektlari natijasida rivojlanadi deb
hisoblashadi hamda bu muloqot tovushlar vositasida emas, imo-ishoralar asosida
yaratilgan. Tovushlar vositasidagi muloqot haqida gap ketganda, ko'plab
nazariyotchilar insonning tildan qo'shiq kuylash uchun foydalanishini nazarda
tutadilar.
“Spontan
nazariya
”
tarafdori Noam Xomskiyning ta'kidlashicha, 100 000 yil oldin
odam miyasida tasodifiy mutatsiya sodir bo'lib, til qobiliyatini "mukammal" yoki
"yarim mukammal" holatga o`tkazgan
5
. Bir qator tarixiy ma`lumotlarga ko`ra,
avstralopiteklar ham vokal muloqot qilish qobiliyatiga ega bo`lmagan. Ayrim
olimlar
primitiv til xususiyatlari rivojlanishi “Homo habilis” odam turi (2.5 million
yil oldin) ning paydo bo`lishi bilan bog`liq deb taxmin qilishadi. Ramziy aloqa
(belgilar orqali muloqot qilish) paydo bo`lishi esa “Homo erektus” (1.8 million yil
oldin) ning paydo bo`lishi bilan bog`lanadi. Odamlar orasidagi aloqaning til
vositasida olib borilishi esa bundan 200,000 yil oldin “Homo sapiens” ning
vujudga kelishi bilan baholanadi.
6
Hozirgi zamonaviy tillarning tarqalishi va xilma-xillashuvi qaysi vaqtga borib
taqalishini aniqlash uchun statistik metodlarni qo`llagan holda Kaliforniya
universiteti tilshunosi Joanna Nikols 1998-yilda tovushlar vositagi (vocal) tillar
bundan kamida 100 000 yil oldin xilma-xillashuvni boshlagan degan taxminni
ilgari suradi.
7
2
Pinker, Steven (1994). The language instinct. New York: W. Morrow and Co. ISBN 978-0-688-12141-
9. OCLC 28723210
3
Ulbæk, Ib (1998). James R Hurford; Michael Studdert-Kennedy; Chris Knight (eds.). The origin of language and
cognition. Approaches to the evolution of language : social and cognitive base. Cambridge, UK; New York: Cambridge
University Press. pp. 30–43.
4
Tomasello, Michael (1996). B M Velichkovskiĭ; Duane M Rumbaugh; Universität Bielefeld Zentrum für
Interdisziplinäre Forschung (eds.). The cultural roots of language. Communicating meaning : the evolution and
development of language. Mahwah
, N.J.: L. Erlbaum. 5 Chomsky, N, 1996. Powers and Prospects. Reflections on human nature and the social order. London: Pluto Press, p 30.
6 Arcadi, AC. (August 2000). "Vocal responsiveness in male wild chimpanzees: implications for the evolution of
language". Journal of Human Evolution. (2): 205–23.
7 Johanna Nichols, 1998. The origin and dispersal of languages: Linguistic evidence. In Nina Jablonski and Leslie C.
Aiello, eds., The Origin and Diversification of Language, pp. 127–70. (Memoirs of the California Academy of Sciences,
24.) San Francisco: California Academy of Sciences
.