Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Зиёдулла Давронов

Tayanch tushuncha va iboralar:
Nazariya, kashfiyot, bilish, milliy va umuminsoniy qadriyat, ijod va
ijodkor, iqtisodiyotda islohotlar, umumiy usullar, maxsus usullar, o‘rtacha
umumiy usullar, sifatni oshirish usullari.
Mavzuga oid savollar:
1. Davlatning iqtisodiy sohadagi siyosatini tushuntiring.
2. Ilmiy ijod bilan iqtisodiyotning aloqadorligini izohlang.
3. Modellashtirishni tushuntiring.
4. Qanday usullarni bilasiz?


184
 Z. Davronovning voqelik haqidagi fikrlaridan namunalar
Yerni qanchalik depsinib bossang ham, faqat u minnat qilmaydi, xolos,
boshqalarni bilmadim...
***
Nog‘orani chertmasang ovozi chiqmaydi...
***
Haqiqiy olimlar asalaridek mehnat qiladilar, chunki ular ham asalari
kabi qiynalib dalil to‘playdilar va boshqalarni bahramand qiladilar.
***
Haqiqiy olim munozaradan qochmaydi, mabodo munozarada
yengilsada, jahli ham chiqmasdan o‘z fikrida sobit qoladi.
***
Biz yashayotgan olam go‘yoki ochiq bir ummon, u aslida esa
to‘ntarilgan qozondir. Bu qozondan chiqib, xolisona yashashning o‘zi
gumon.
***
Qor oppoq bo‘lsa-da, u sovuqdir.
***
Butun olam sir-asrorlarini qalbingga joylasang-da, undan bahramand
bo‘lmasang ne foyda.
***
Olamda shunday bir lazzat borki, u barcha lazzatlardan ulug‘roqdir. Bu
ilm orqali erishgan hurmatingdir. Chunki u jismingdan uzilgan ruhiyatingni
bir bo‘lagi bo‘lib, abadiy shod qiladi.
***
Atirgul o‘z nafosati va taratayotgan xushbuy hidi bilan insonni
qanchalik xushnud etmasin, u baribir xazonga aylanadi va oyoq osti bo‘ladi.
***
Hayvonlarda aql yo‘q deydilar, ammo ular ba’zi odamlardan ma’lum
sohalarda aqlliroqdir.
***


185
Osmondagi yulduzlarni oddiy ko‘z bilan sanab oxiriga yeta
olmaganingdek, inson qalbini ham tushunib oxiriga yeta olmaysan.
***
Hayotning ikir-chikirlari-yu, falokatlaru-xursandchiliklarini qanchalik
ko‘p bilganing sari, o‘z umringning egovi bo‘lib boraverasan. Bu achchiq
haqiqat.
***
Oshqozoningga mabodo igna tushib qolsa, og‘zimdan chiqaraman deb
ovora bo‘lma, u og‘zingdan qaytib yerga tushmaydi. Xato qildingmi, uni
to‘laligicha o‘z holiga qaytara olmaysan.
***
Daftarni rangi oq, unga turli rangda yozish mumkin, hayot ham
shunday, unda o‘g‘ri ham, to‘g‘ri ham yashaydi.
***
Pul va boyligim bor deb depsinma, bu narsalar sening oh degan
so‘zing, balki nolang bilan yo‘qqa chiqadi, binobarin, boyliging kimgadir
nasib qiladi.
***
Bu hayotdan boy ham, kambag‘al ham o‘tadi, bular o‘rtasidagi
qarama-qarshilikning oldini olish uchun butun faoliyatimni va umrimni
sarflagan bo‘lardim. Afsuski bu kamlik qiladi.
***
Inson hamma vaqt o‘zini-o‘zi izlashi, tadqiq qilishi lozim.
***
Vo ajab! Daraxtlar gullaydi, o‘zidan shoxlar chiqaradi, meva beradi,
demak insonlar ham xuddi daraxtlarning o‘zlaridir.
***
Yaxshilikning narvonlari shunchalik ko‘pki, ovora bo‘lma, hammasini
bosib oxiriga yeta olmaysan.
***
Hayot - bu cheksiz ummondir.
***


186
Yengil toshni olib otsang uzoqqa ketadi, lekin nishonga tegmasligi
mumkin, og‘ir tosh uzoqqa bormasa-da, markazga tegadi.
***
Menga qadrsiz ming so‘mni keragi yo‘q, qadri bo‘lsa bir so‘m ham
yetadi.
***
Hayotda shunday ota-onalarni ko‘rdimki, ularga Olloh bergan
farzandlar hayf, shunday farzandlar borki, ularga ota-ona hayf.
***
Bilim xazinasiga ega bo‘lsang-u uni ko‘paytirib va sarflab turmaslik,
bu falokatdir.
***
Insonlar borki hayvonlarga, hayvonlar borki insonlarga o‘xshaydilar.
***
Aqllilik o‘chmasidan, aqlsizlikni o‘chirish lozim.
***
Tabiat va jamiyat hodisalari o‘zlarining yashirinishlarini istaydilar
shekilli va yashirinib yotadilar ham. Aks holda bilishning hojati yo‘q edi.
***
Ey, inson, hayotiy faoliyatingda sendan pinhona holda norozilar bor.
Ular bo‘ldi, bo‘lajak, ammo sen o‘zingni ularning o‘rniga qo‘yib ko‘rishni
unutma. Nega, sen ham norozisan?
***
Inson Olloh tomonidan jismonan butkul yaratilgan. Qani endi uning
yuksak ma’naviyati ham butkul bo‘lganda edi.
***
Daraxt yerdan unib chiqqan ekan, uning shox-shabbalari turli
yo‘nalishlarni tanlamay o‘sadilar. Inson va hayot ham shu kabidir.
***
Insonlar o‘rtasida, ba’zi insonlar haqida «tagi past», «tagi toza» degan
so‘z birikmalari bor. Bunday holda insonlarni tabaqalarga bo‘lish, menimcha
noto‘g‘ri. Sababi barcha ham, hatto payg‘ambarlar ham Ollohning


187
bandasidir. Olloh uchun hamma bir insonki, u tabaqalanib ... Zero, insonlarni
«tagi past», «tagi toza» bo‘lishi ularning ma’naviy shakllanishiga bog‘liqdir.
***
Hayotda bir-biriga o‘xshash narsa va hodisalar o‘ta bisyor. Masalan,
dur va do‘lni olib qarasangiz ikkalasi juda o‘xshash. Shunday bo‘lsa-da,
ularning biri bezak bo‘lib asrlar davomida o‘z holicha qoladi, ikkinchisi esa
erib oyoq ostida bir zumda yo‘q bo‘lib ketadi. Voajab!!! Bu arzimagan
o‘xshashlik insonlarda ham mavjud, kimdir shoh yoki olim bo‘lib tarix
sahnasida uzoq saqlanadi, kimdir izsiz yo‘qolib ketadi.
***
Inson qanchalik ulg‘aygan sari, uning do‘stlari shunchalik kamaya
boradi.
***
Insonlar o‘z uyidagi gilamlarini qanchalik tozalamasinlar, u
gilamligicha qolaveradi.
***
Yaproqlar yerga tushib oyoq osti bo‘ladilar. Bunday bo‘lganidan ko‘ra
daraxt shoxida qovjirab qolganlari ma’qul.
***
Vaqti kelganda suv ham jon og‘rig‘ini sezadi. Jizillab ovoz chiqaradi...
Butun mavjudot ham.
***
Nodonlar ham hayot maktabidir.
***
Nodonlar o‘zlarini donolardan past tutgan emaslar.
***
Oltin qanday holda, qayerda qorilib yotishidan qat’i nazar, uni insonlar
baribir ajrata oladilar.
***
Sichqon o‘z nafsi orqasida qopqonga tushadi va halok bo‘ladi.
***


188
Salohiyati past inson salohiyatli insondan o‘rganish o‘rniga uning
kamchiligini axtara boshlaydi.
***
Pul va oltin borki, insonlar o‘rtasida tinchlik barqaror bo‘lmaydi.
***
Ozuqa va ovqat deb oshqozoningga hamma narsani kirgizaverma. U
dahshatga olib boradi.
***
Chiroq yoki quyosh yoritadi deb undan o‘ta ko‘p ham bahramand
bo‘laverma, ularga yaqinlashgan sari kuydirishini unutma.
***
Ba’zi odamlarning tubanligidan “folchi”, “astrolog”, “ekstrasens” va
turli hil firibgarlar paydo bo‘lgan.
***
Qarg‘a qora bo‘lsa-da, oppoq qordan darak beradi.
***
Buyuklik va ulug‘likka intilish hammada bo‘lgan tug‘ma hususiyat.
***
Yorug‘ va lazzatli kunlaring me’yoridan oshib ketganda, qorong‘u
damlar kutib turganini ham unutma.
***
O‘simliklar kislorod chiqaradi, bu to‘g‘ri, lekin ulardan zahar ham
chiqishi muqarrar.
***
Inson o‘z hayotidagi ikki lahzadan norozidir: biri go‘daklik yoki
o‘smirlik bo‘lsa, ikkinchisi qariyalikdir.
***
Kunduz kun qanchalik uzoq bo‘lsa-da, baribir qorong‘ulik va zulmatga
olib boradi.
***
Inson yalang‘och tug‘ilgani uchun bo‘lsa kerak, nuqul yalang‘ochlikka
intiladi.


189
***
Tuproq shunday bir ashyoki, u o‘ldiradi ham, yutadi ham, yo‘q ham
qiladi. Ammo u lazzat makonidir ham.
***
Mol-mulk, boylikdan va mavqedan qoniqmaganda o‘ksinish yaxshilar
ishi emas, chunki bular yaxshilik manbai emas.
***
Ig‘vo va manfaatlar tayoqning ikki tomonidir. Zero, ularning ikkisi
ham umrning egovidir.
***
Qiyinchilik chekib inson qanchalik hur bo‘lsa ham, qalbida ro‘y bergan
va o‘rin olgan qiyinchilik iztiroblari yo‘qolmaydi.
***
Badjahillik va mehr-muhabbat qarama-qarshi tomonlardir. Bu holatlar
har bir insonda mujassamdir. Ularsiz hayotni tasavvur qilish qiyin.
***
Barcha sohada ro‘y beradigan mag‘rurlik vaqtinchalikdir.
***
Aqling bilan olamni zabt etsang ham, o‘z turmushingni zabt eta
olmaysan.
***
Oila va jamoada yashash ham farz, ham qarz. Ammo inson tanholikni
qo‘msagan payt ko‘proqdir.
***
Hayotda mo‘’tabar kishilarni o‘zimiz paydo qilamiz-u, lekin ularni
tosh otib majaqlashga tayyormiz.
***
Hayot chigalliklari to‘g‘risida ko‘plab fikrlar mavjud. Aslida inson
ruhiyati hayotdan ko‘proq chigaldir. Binobarin, chigalliklarni insonning o‘zi
yaratadi.
***


190
Farzandlar aksariyat holda o‘z ota-onalarini eskilik va qoloqliklarda
ayblaydilar, lekin ayni paytda o‘zlari ham shu holga tushushlarini unutib ish
qiladilar.
***
Faqat kitoblar orqali xulosa chiqarib olim bo‘lganlar yuzaki olimlardir.
Hayot chig‘iriqlarini tushunib yetmagan, ularga bardosh bermagan olimning
xulosasi o‘tkinchidir. Bu jarayonlarning ikkalasini tushungan holda olim
bo‘lgan inson barhayot bo‘lishga haqlidir.
***
Safarga chiqar bo‘lsang, yo‘ldoshing hulq-atvorini o‘yla ...
***
Rahbaring bilan sayohatda bo‘lsang haqiqat izlama....
***
Daraxt bitta, mevasi mingta.
***
Qalampir achchiq bo‘lgani sababli, uzoq vaqt davomida buzilmaydi,
chunki kushandasi kamdir.
***
Ba’zi sohadagi g‘amginliging umringga umr qo‘shadi.
***
Qalbing dil daftarini ochishga imkon yaratadi. Lekin ana shu
daftarning o‘zi qalbingni iztirobda qoldiradi.
***
Hatto, mushuk ham o‘z axlatini ko‘mib ketadi.
***
Quyosh tevaragida sayyoralar tinmay harakat qilgani singari
laganbardorlar o‘z rahbari tevaragida aylanadi va harakat qiladi.
***
Ba’zi farzandlarning faoliyatini ko‘rib, farzand nomi senga hayf deb
baqirging keladi.
***
Mehnat yuksak ma’naviyat sandig‘idir.


191
***
Ba’zi qushlar o‘z tuxumini bosmasdan boshqa qushlar tuxumini bosib
yotadilar. Oqibatsiz farzandlar ham shundaydirlar.
***
Begonalar uchun kuyunib xastalik orttirma, o‘z jigarlaring tufayli
orttirgan xastaliging yetarli bo‘ladi. Chunki ba’zi yaqinlaring xastalik
makonidir.
***
Kimki hikmatli va qayg‘uli so‘zlar qoldirgan ekan, o‘zi o‘z
mulohazalarining qahramonidir...
***
G‘amgin va iztirobli damlaringda dardingga darmon bo‘lmagan
farzanddan yaxshilik yoki oliyjanoblik kutma.
***
Insonlar! Farzandlaringizga shubha bilan qaranglar!
***
Quyosh oftobi bilan barchani bahramand qiladi. Ota ham oilada
shundaydir. Lekin ming nadomatlar bo‘lsinkim, ba’zi padarkush farzandlar
otani bamisoli quyoshligini baholamaydilar va baholamay hayotdan ko‘z
yumadilar. (Abdulatif, Avrangzeb, Abdulmo‘min ...)
***
Qalampirning o‘zi ham, urug‘i ham achchiq, balki inson ham
shundaydir! Shubhali jarayon!
***
Zulmatda yorug‘lik bo‘lmaydi, yorug‘likni zulmatda hosil qiladilar,
xolos.
***
Shafqatsizdan shafqat kutmang, chunki shafqatsizlik uning qonida
mavjud, shafqatli odam shafqatsiz bo‘la olmaydi. Yirtqichlar baribir
yirtqichligini qiladi.
***
Kutilmagan hayotiy zarba, hamma dahshatlardan yomondir.


192
***
Qalbingni torlari uzildimi, u mis yoki temir emaski, eritib cho‘zib ulab
qo‘ysang. Tiklashga urinma, kuchlaring behuda ketadi.
***
Ba’zi farzandlarga qanchalik ko‘p mehr-u muhabbatingni
bag‘ishlayversang, kelajakda esa, undan faqat zahar zardobini ichasan, xolos.
***
Taajub: tirik bo‘lsang turtib so‘karlar, yakson qilarlar. O‘lganingdan
so‘ng osmon sari ko‘tararlar.
***
O‘tmishdagi allomalarning fikri va nasihatlarini o‘qib, uqishga harakat
qildim. Xulosa shu bo‘ldiki, biror shaxs bu fikr va nasihatlarga to‘liq rioya
qilganini mutlaqo ko‘rmadim, eshitmadim, sezmadim. Hamma o‘zicha
alloma...
***
Quyosh va Yer o‘rtasida jism bo‘lmasa, soya paydo bo‘lmaydi.
***
Daraxt qarisa ichidan mo‘rt bo‘lar ekan, odam qarisa belidan.
***
Terak qanchalik baland bo‘lib o‘smasin, uning mevasini inson iste’mol
qilmaydi. Demak, gap faqat jismonan o‘sishda emas.
***
Hayotda shunday damlar bo‘ladiki, hatto o‘z kipriklaring faoliyatidan
ham nafratlanib ketasan.
***
Hayotda: oldin yurishni o‘rganib keyin yugurishni istash kerak.
***
Vaqti kelganda bosh qo‘yadigan paryostiq ham toshdek boshga botadi.
***
Daraxt niholdan o‘sib chiqadi, lekin nihollikda daraxtning shox-
shabbalari qancha va qanday bo‘lishi noma’lumdir. Farzandlar faoliyati ham
shu kabidir.


193
***
Inson soyasi nurgagina ta’zim qiladi, xolos. U soyaning orqa yoki
oldinga ketishi shu nurga bog‘liqdir.
***
Hayotdan rozi bo‘lgan va ezilib o‘tmagan insonning o‘zi yo‘q.
***
Hatto daraxtlar ham hayotda chekinadilar – sovuq kelsa g‘unchalari
ochilmaydi.
***
Nur tushmagan zulmat joyda hatto giyoh ham unmaydi.
***
Asal bo‘lmasa shakar ham kifoya.
***
Faoliyatingda birinchi marta yoqib qolgan narsa yoki kishi keyinchalik
nafrat uyg‘otishi ehtimoldan xoli emas.
***
Hayot lazzatdan ko‘ra, la’natdan iboratdir. Bu achchiq haqiqat. Lekin
bu narsani ko‘pchilik ochiq e’tirof etishdan qochadi.
***
Ehtiyotkorlik yoki shubhaga tushishlik bu qo‘rqoqlik emas. Ikkalasi
ham baxt keltirishi mumkin.
***
Hayotning qirralarini tahlil qila bilganlar unga loqaydroq bo‘la
boshlaydilar. Sababi, bu qirralarning ba’zilarini yechish yoki o‘zgartirish
oldida ularning o‘zlari ojiz bo‘lib qoladilar.
***
Hayotdagi noxushliklar insonda johillikni uyg‘otadi. Johillik esa
insonni go‘zallik va nafosatdan uzoqlashtiradi.
***
Daraxtdagi barglar qanchalik ko‘m-ko‘k bo‘lmasin, u vaqti kelganida
sarg‘ayib qovjirab qoladi.
***


194
Inson eng yuqori hisoblangan balandlik – cho‘qqida uzoq tura olmaydi,
u yiqiladi yoki orqaga qaytishga majbur bo‘ladi.
***
Itni fil bilan tenglashtirib bo‘lmaganidek, filni ham itga tenglashtirib
bo‘lmaydi. Hammasining o‘z o‘rni bor.


195

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin