Зиёдулла Давронов


Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Зиёдулла Давронов

Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o‘quv
yurtlariaro ilmiy-uslubiy Kengashda muhokama qilingan hamda moliya
mutaxassisliklari magistrantlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya
etilgan (22 iyul 2006 yil 8-sonli bayonnoma).
© “IQTISOD- MOLIYA”, 2007


3
Kirish
Tabiat va insoniyat tarixi voqealarga nihoyatda boy. Zaruriyat
natijasida paydo bo‘lgan fanlar inson faoliyatini o‘zgartirishga ta’sir etdi va
etib kelmoqda. Fan insonning tabiat va jamiyatga bo‘lgan ta’sirini
kuchaytirdi. Bu ta’sir gohida salbiy, gohida esa ijobiy natijalar berdi.
Ayniqsa, XX asrda fan va texnika sohasida erishilgan natijalar fikrimizning
dalilidir. Bularga: oqsillarning sintez qilinishi, yadro, atom qurollarining
paydo bo‘lishi, kosmik fazoga insonning tashrif buyurishi, planetalarni
tadqiq qilinishiga kirishilishi, kibernetika sohasining taraqqiy etishi, axborot
texnologiyalarining rivojlanishi va boshqalar kiradi. Bularning barchasi
inson ongining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ldi va bo‘layotir. Bu erishilgan
yutuqlar oxirgi yutuqlar emas, albatta. Borliq cheksiz bo‘lgani singari tabiat
va jamiyat hodisalarini bilish va ularni rivojlantirishga turtki berish ham
cheksizdir. XX asrda paydo bo‘lgan kashfiyotlar XXI asrda yanada yuqori
bosqichga ko‘tariladi, albatta. Yangi asrda yangi-yangi fanlarning paydo
bo‘lishiga shubha yo‘q. Demak, fanlarni paydo bo‘lishi inson ijodining
mahsuli hamdir. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ijod to‘xtagan joyda fan rivoji
to‘xtaydi, fan rivoji to‘xtagan joyda ijod ham to‘xtaydi. Bu esa taraqqiyotga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, har bir avlod o‘zi yashagan davr
muammolarini yechishga intiladi. Ijod qiladi, yangiliklar yaratadi. Bu esa
o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Taraqqiyotning turli tarmoqlari bilan
shug‘ullanuvchilardan sabr-toqat, izlanish, yangiliklar yaratish, o‘z
munosobatlarni bildirishni taqozo etadi.
Respublikamizda nisbatan yangi paydo bo‘lgan kurs - “ilmiy ijod
metodologiyasi”ning mohiyati mazkur sohalarni magistrantlar, bo‘lajak
olimlar tomonidan tahlil qilishga, ma’lum bir ko‘nikmalarni hosil qilishga
qaratilgan. Har qanday tadqiqotchi ma’lum bir malakaga, bilimga ega
bo‘lmas ekan, uning kashfiyoti, ijodi to‘laqonli bo‘la olmaydi. Magistrant va
bo‘lajak olimlar aniq bir metodologiya asosida faoliyat ko‘rsatsalar
mehnatlari zoya ketmasdan samarali bo‘ladi.


4
Ilmiy ijod metodologiyasining paydo bo‘lishi davr talabidir. U falsafa
fanining tarmog‘idir. Falsafa bilan uzviy aloqadadir. Falsafa fani ilmiy ijod
kursining muammolarini boyitadi, to‘ldiradi. Falsafa, fan xususiyatlarini eng
umumiy tomonlarini yoritib bersa, ilmiy ijod metodologiyasi esa ijod
jarayonlarining aniq talablarini, ilmiy ijodga qanday yondashish yo‘l
yo‘riqlarini va xususiy usullarini yoritib beradi. Ma’lumki, ijod o‘ta
murakkab, lekin qiziqarli jarayon. Inson faoliyatidagi nozik jihat – aql va
farosat, ong va tafakkur bilan bog‘langan. Zero, ijod inson hayoti, turmush
tarzidir. O‘z navbatida aytish lozimki, ijodning o‘zi falsafiy muammodir. U
falsafa tomonidan o‘tgan asrning ikkinchi yarmida Yevropa mamlakatlarida
tahlil etilgan va fikrlar umumlashmasi sifatida paydo bo‘lgan.
Tevarak-atrof turli tumandir. Undagi voqea hodisalar, narsalar ham turli
tumandir. Qisqa qilib aytganda, son-sanoqsiz yo‘nalishlar borki ularning
barchasi ilmiy ijodni talab qiladi. Xo‘sh, bu qanday talab? Bu ijodda
mukammal metodologiyaga bo‘lgan talabdir. Shu sababli ushbu
qo‘llanmaning asosiy maqsadi magistrantlarni mutaxasislik namunalari
bo‘yicha metodologiyani tanlashga va uni o‘z ijodlarida qanday qilib
qo‘llashni o‘rganishga qaratilgandir. Ularda fan va ijodning dialektik
munosobati haqidagi tasavvurni shakllantirishdir. Hayotdagi fan va texnika
rivoji ta’sirini oydinlashtirishdir. Bo‘lajak ziyolilar, olimlar etikasi,
estetikasini ijoddagi o‘rnini ko‘rsatishdir.
Izoh: Respublikada ushbu kursdan (Moliya sohasidagi magistrantlar
uchun) darslik yoki biror qo‘llanma yo‘qligi hisobga olinib, Iqtisodiyot
universitetida tayyorlangan yagona o‘quv qo‘llanmadan hamda falsafa
fanlari doktori, professor O. Fayzullayevning “Falsafa va fanlar
metodologiyasi” monografiyasidan foydalanildi va asos qilib olindi. Muallif
ushbu qo‘llanmaning va monografiyaning mualliflariga, ayniqsa, o‘zining
beg‘araz taqriz va maslahatlarini bergan I. Soifnazarovga minnatdorchilik
izhor qiladi.


5

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin