9
Falsafa fanining kategoriya va qonunlarini ilmiy bilish jarayonlarining
barcha sohalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Chunki ular barcha sohalarga
tegishlidir.
Umumilmiy metodologiya deyilganda,
bir necha fanlarga taalluqli
bo‘lgan metodlar hisobga olinadi.
Ulardan bir necha fanda foydalaniladi va
ob’yekt haqidagi haqiqatga erishiladi. Masalan, analiz va sintez, tajriba
metodlari umum ilmiy metodologiya turlaridir. Bu metodlardan fanlararo
tadqiqotlarda foydalaniladi.
Maxsus ilmiy metodologiya bu alohida fanlar ob’yektlarini bilishda
foydalaniladigan metodlardir. Ya’ni, bir fan doirasida xizmat qiladigan
metodlardir.
Ilmiy ijod metodologiyasi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ilmiy ijod metodologiyasi kursi boshqa fanlar bilan ham aloqadadir. Bu
kurs ham boshqa fanlarga o‘xshab o‘z predmetini boshqa fanlar bilan
aloqadorlikda o‘zini to‘la namoyon qila oladi. Demak, ilmiy ijod
metodologiyasi falsafa, matematika, fizika, biologiya, iqtisodiyot,
sotsiologiya, pedagogika, psixologoya, adabiyot, san’at, mantiq fanlari bilan
o‘zaro munosobatdadir. Chunki, bu fanlar ham ijod jarayonlari bilan
bog‘liqdir. Ular ham metodologiyaga, metodologiya esa ularga muhtojdir.
Bu jarayonlarning barchasi bilish bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: