Chinor fayzi baland


§  2.2. Xitoy hududidagi qadimgi davlatlarda amal qilgan soliqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§
 2.2. Xitoy hududidagi qadimgi davlatlarda amal qilgan soliqlar 
Qadimgi Xitoy soliq tizimi boshlang‗ich kurtak shaklda Qadimgi 
Xitoy hududida davlatning dastlabki shakllanishi chog‗ida Sya sulolasi 
davrida (mil. av. 2205-1786-yillar) paydo bo‗ldi.
Sya davlat birlashmasining tashkil topishi ishlab chiqarishni tashkil 
etish, yerlarni sug‗orish, daryo toshqinlarining halokatli oqibatlarini 
bartaraf etish, hududlarni himoya qilish maqsadlari bilan bog‗liq edi. 
Qadimgi Xitoy davlatining paydo bo‗lishi, birinchidan, qabila 
oqsoqolini Qadimgi Xitoy podsholigining ilohiylashtirilgan hukmdoriga 
aylantirishda, ikkinchidan, jamoatchilar ommasiga qarshi turuvchi 
ko‗plab harbiy sarkardalar, kohinlar va amaldorlardan tashkil topgan 


30 
ma‘muriy boshqaruv apparatini sekin-asta ajratib chiqarishda o‗z 
ifodasini topgan
10
.
Soliqlar yig‗ish uchun hukmdor Yuy o‗ziga tobe hududlarni 
to‗qqizta viloyatga bo‗ladi. Odatda soliqlar natura shaklida mahsulot 
bilan to‗lanardi, ularning shakli bir xilda emasdi va har bir hududning 
jug‗rofiy sharoitlari va mahalliy boyliklaridan kelib chiqib belgilanar 
edi. Masalan, birinchi (darajali) viloyat yerlaridan soliq yashma toshi va 
marvarid bilan, ikkinchi darajali yerdan soliq qirg‗ovul va baliq bilan, 
yettinchi darajali yerdan panda ayig‗i, tulki, suvsar, cho‗chqa va ot terisi 
bilan, sakkizinchi darajali yerdan turli xil 
yelpig‗ichlar, fil suyagidan yasalgan 
buyumlar bilan, to‗qqizinchi darajali 
yerdan bambuk, turli o‗tlardan to‗qilgan 
buyumlar va rangli metallar – oltin, 
kumush, jez bilan to‗lanar edi. 
Bundan 
tashqari, 
―Shutszin‖ 
(qonunlar to‗plamiga kiruvchi kitob)da 
ham 
yer-mulklarning 
– 
podshoh 
xonadoniga qarashli yerlar atrofidagi 
doirasimon zonalar, har birining kengligi 500 liga teng, besh toifasi 
tavsiflangan. Toifasidan kelib chiqqan holda ular soliqlarni turli 
davrlarda to‗lashgan: eng yaqindagi zonalar har kuni soliqqa tortilgan, 
ikkinchi zonadagilar – oyiga bir marta, uchinchi zonadagilar – har uch 
oyda bir marta, to‗rtinchi zonadagilar – yiliga bir marta, beshinchi 
zonadagilar – bir asrda bir marta soliq to‗lagan.
Qadimgi Rus davlatidan farqli ravishda Qadimgi Xitoyda soliq 
muntazam va tizimli ravishda yig‗ilib borilgan. Shunday qilib, soliqqa 
tortishning dastlabki alomatlari paydo bo‗lganligini ko‗rishimiz 
mumkin, bu shunda o‗z ifodasini topadiki, hukmdor endi ixtiyoriy 
ravishda hadya va in‘omlar tortiq qilinishini kutib o‗tirmaydi, o‗z 
xonadoniga tegishli yer-mulklar atrofidagi birinchi va ikkinchi zonalarga 
10
Леонова Н. Г. История и теория налогообложения учеб.пособие / Изд-во Тихоокеан гос ун-та.
2016. 84 стр


31 
soliq va o‗lpon to‗plash uchun o‗z amaldorlarini yo‗llaydi, ya‘ni soliq 
to‗lash majburiyati yuzaga keladi
11

Bundan tashqari ziroatkorlardan 
undiriladigan renta solig‗i ham amal 
qilgan. Uning soliq solish obyekti 
ziroatkorning 50 mu (0,07 gektarga 
yaqin) 
o‗lchamdagi 
chek 
yeri 
hisoblangan, undan hosilning o‗ndan bir 
ulushi miqdorida soliq olingan, ammo 
ushbu ma‘lumotlarni mahsulot bilan 
to‗lanadigan natural to‗lov yoki ishlab 
berish majburiyati sifatida ham talqin 
qilish mumkin
12

Xitoydagi Sya sulolasi hukmronligi 
davri shakllanayotgan quldorlik davlati 
bosqichini o‗zida ifoda etadi, buni 
jamiyatda 
sekin-asta 
turli 
ijtimoiy 
qatlamlar, sinflar – oliy hukmdor va 
uning 
qarindoshlaridan, 
mahalliy 
hokimlar va urug‗ birlashmalarining boshliqlaridan iborat hukmron 
aristokratiya, erkin jamoatchi dehqonlar va qullarning vujudga kelishida 
kuzatish mumkin. Quldorlikning manbalari janglarda olingan asirlar, 
qarz evaziga qullikka sotilganlar, ayrim jinoyatlari uchun qullikka 
solinganlar, o‗ziga tobe qabilalardan o‗lpon sifatida tortiq qilingan 
qullardan iborat bo‗lgan. Yer davlat mulki hisoblangan hamda 
hukmdorlar ixtiyorida bo‗lgan. Bu davrdagi xususiy mulkni qullar, uy-
joylar, mehnat qurollari tashkil etgan. Sya sulolasi hukmronligi davrida 
Qadimgi Xitoy jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy zamini 
yaratilgan.
11
Charles Adams. For Good and Evil: The Impact of Taxes on the Course of Civilization, Second edition, 
Madison Books:Lanham, New York, Oxford 1999 p. 79. 
12
Романовский М.В., Прохорова Н.Г. История налоговой системы Китая. РФ. СПб. : Изд-во 
СПбГУЭФ, 2012. 


32 
Arxeologiya ma‘lumotlariga ko‗ra, Shan sulolasi davrida davlatning 
hududiy bo‗linishida o‗zgarish kuzatiladi. Endilikda u teng bo‗lmagan 
uchta qismga bo‗linadi. Ularning orasida birinchisi va eng asosiysi – 
markazida poytaxt joylashgan hudud hisoblangan, u bevosita hukmdor – 
van va markaziy ma‘muriyat boshqaruvi ostida bo‗lgan. Hududning 
markazida van va uning yaqinlari, sarkardalar va amaldorlar, 
hunarmandlar va xizmatkorlar istiqomat qilishgan. Bu yerda saroylar va 
ustaxonalar, omborlar, harbiy kazarmalar va dalalar, eng avvalo ―katta 
dalalar‖ joylashgan. Katta dalalardagi ishlarda ko‗pincha van va uning 
yaqinlari ishtirok etishgan, hosil esa diniy marosim va ibodat ehtiyojlari 
uchun hamda xazina omborlarini to‗ldirishga mo‗ljallangan. Mazkur 
dalalarga atrofdagi mahallalardan shu ish uchun maxsus tashrif 
buyurgan dehqonlar tomonidan ishlov berilgan. Ikkinchi hudud – Shan 
tomonidan vakil qilingan Van, uning qarindoshlari va yaqinlari 
tomonidan boshqariladigan mintaqaviy yer-mulklarning bepoyon 
hududidan tashkil topgan. Ikkala zonadan keyin yovvoyi qabilalardan 
iborat allaqanday uchinchi hudud joylashgan. 
Sekin-asta birinchi hududda istiqomat qiluvchi ma‘muriy apparat 
amaldorlari ko‗lami kengaya boradi. Ularning lavozimiy unvonlari 
funksiyasi, ularning yuqoriga yaqinligi darajasi va boshqa omillarni 
mezon sifatida olib, uchta asosiy toifani ajratib ko‗rsatish mumkin: oliy 
toifali ma‘murlar (muhim va mas‘uliyatli qarorlar qabul qilinishiga 
daxldor to‗ralar va maslahatchilar), quyi amaldor-farmonbardorlar 
(vositachilar va devonxona hisobini yurituvchi mulozimlar); harbiy 
tayyorgarlik va ov uchun mas‘ul mutasaddilar (mazkur toifaga 
harbiylardan tashqari aslahasozlar va yarog‗bardorlar, aravakashlar, 
otboqarlar va itboqarlar mansub bo‗lgan). 
Ikkinchi hududning soliqlar tizimi Sya sulolasi hukmronligining 
oxirlarida shakllangan bo‗lib, quduq tizimi (
szin-tyan) 
deb atalgan. 
Quduq, ya‘ni taxminan bir quduq atrofida joylashgan dehqon xo‗jaliklari 
majmuidan iborat bo‗lib, uning qayd qilingan maydoni to‗qqiz yuz 


33 
mudan (1 mu taxminan 0,07 gektarga teng) iborat bo‗lgan, undan 
belgilangan miqdorda soliq undirilgan, soliqqa tortish birligidan tashqari 
Qadimgi Xitoy yagona moliyaviy-iqtisodiy va ma‘muriy birlikka ham 
ega bo‗lib, bu mil. av. 247 yilgacha saqlanib qolgan. ―Quduq‖ 
hududidagi yer maydonining o‗ndan bir qismi jamoat mulki hisoblangan 
va jamoaning barcha a‘zolari tomonidan ishlov berilgan, undan olingan 
hosil esa aynan hukmdorga taqdim etiladigan renta solig‗ini tashkil 
etgan, xususiy yerlardan olinadigan hosil esa dehqonlarning o‗zlariga 
tegishli bo‗lgan. Biroq xususiy dalalar huquqiy jihatdan ularning 
egalarining xususiy mulki hisoblanmagan, balki mahalliy knyazga yoki 
feodalga tegishli bo‗lgan, shu boisdan har bir dehqon ―quduq‖ning 
xususiy qismidan natura shaklida obrok solig‗i ham to‗lagan. 
Shu davrda hukmronlik qilgan uchinchi sulola – bu Chjou (mil. av. 
1122-476-yillar) sulolasi, u g‗arbiy va sharqiy qismga bo‗lingan. Shan 
sulolasining oxirgi imperatori qo‗shni Chjou davlati imperatori 
tomonidan taxtdan ag‗dariladi. Butun Xitoy saltanati tarixida Chjou 
sulolasi hukmronligi eng uzoq davom etgan bo‗lib, davomiyligi 770 
yilni tashkil etadi
13

Bu Xitoyda quldorlik tizimining gullagan davri hisoblanadi. Chjou 
vorisiy va harbiy aslzodalari, shan quldorlik aristokratiyasining 
ag‗darilgandan so‗ng omon qolgan qismi taalluqli bo‗lgan quldorlik 
aristokratiyasi jamiyatda hukmronlik mavqeiga ega bo‗lgan. Lavozimlar 
ko‗pincha avloddan avlodga meros tariqasida o‗tgan. Quldorlik 
aristokratiyasi o‗z mulklarini erkin tasarruf etgan, yerlarni o‗zganing 
ixtiyoriga o‗tkazish, ijaraga berish yoxud garovga qo‗yish mumkin edi. 
Shu davrda mulklarni xususiy yer mulkiga aylantirish taomili yuzaga 
keladi, garchi rasman yerga egalik qilishda Van (podshoh) irodasiga 
tobelik hanuz saqlanib qolgan. Keyinchalik chjou podsholarining 
hokimiyati zaiflashuvi natijasida yirik quldorlarning yerni xususiy mulk 
13
Романовский М.В., Прохорова Н.Г. История налоговой системы Китая. РФ. СПб. : Изд-во 
СПБГУЭФ, 2012, 56 ст. 


34 
huquqi asosida o‗zlariga o‗tkazib qonunlashtirib olish jarayoni ro‗y 
beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin