UDK: 336.22(075.8)
KBK: 65.261.8ya73
S 77 Soliq nazariyasi va tarixi.
O‗quv qo‗llanma / I.M.Niyazmetov, S.A.Giyasov,
F.A.Fayziyev, R.R.Duschanov – T.: «Chinor fayzi baland». 2022. 340 b.
Taqrizchilar:
K.Xotamov –
Davlat Soliq qo‗mitasi
huzuridagi Fiskal institut
―Buxgalteriya va iqtisodiyot‖ fakulteti dekani, i.f.d., professor
F.Tolipov –
Davlat Soliq qo‗mitasi huzuridagi Fiskal institut ―Gumanitar
fanlar va chet tillari‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Ushbu o‗quv qo‗llanmada soliqqa tortish nazariyasi
va tarixining barcha
jabhalari, xususan, soliqlarning paydo bo‗lishi, qadimgi dunyo va o‗rta asr
davlatlarida amal qilgan soliq munosabatlari, soliqqa
oid ilmiy qarashlarning
vujudga kelishi, dastlabki umumiy va xususiy soliq nazariyalari hamda soliqqa
tortishning zamonaviy nazariyalari mazmun-mohiyati o‗z aksini topgan.
Mazkur adabiyot ―Soliqlar va soliqqa tortish‖ ta‘lim yo‗nalishi
bakalavriat
talabalari uchun ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanidan o‗quv qo‗llanma sifatida
tavsiya etilgan.
O‗quv qo‗llanmadan iqtisodiy yo‗nalishda ta‘lim
olayotgan bakalavr va
magistratura talabalari,
shuningdek, sohaga qiziquvchi boshqa mutaxassislar ham
foydalanishlari mumkin.
Mazkur qo„llanma “60410200-Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari
bo„yicha)” bakalavriat ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib,
unda soliq munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, soliqlarning kishilar hayoti
va jamiyatdagi o„rni hamda ahamiyati, soliqqa oid ilmiy qarashlar va bilimlarning
shakllanishi hamda soliqlarning nazariy asoslari yoritilgan.
O„quv qo„llanma O„zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo„mitasi huzuridagi
Fiskal institut Kengashi tomonidan 2022-yil “1”apreldagi yig„ilishida (13-son
bayonnoma) muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.