§
1.2. Fanning predmeti va mazmuni. Fanni o„rganishdagi umumiy
va alohida usullar
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani soliqlarning nazariy jihatlarini,
xususiyatlarini
o‗rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning
predmetiga to‗xtalishdan oldin soliq kategoriyasiga qisqacha to‗xtalib
o‗tadigan bo‗lsak, soliq kategoriyasi – bu muhim iqtisodiy jarayon
bo‗lib, uning paydo bo‗lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining
mavjudligi bilan chambarchas bog‗liqdir. Soliqlar har bir davlat
10
faoliyatini
moddiy
jihatlarini
ta‘minlaydi. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi.
Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga
nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir
davlat tomonidan o‗ziga xos tarzda foydalaniladi.
Davlat asta-sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham
muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan
qo‗yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi
tobora murakkab va ko‗p qirrali bo‗lib boradi. Kishilik jamiyati
rivojlanishi tarixi shuni ko‗rsatadiki, davlat ma‘muriy boshqaruv bilan
shug‗ullangan hollarda, uning ehtiyojlari ma‘lum darajada saqlanib
qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‗lsa,
uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko‗payadi. Bunday
holatda, soliqlarning shakllari rang-baranglashib boradi.
Har qanday fan o‗zining predmetiga ega, ya‘ni izlanish obyektiga
ega bo‗ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‗lib kimyoviy
moddalar tarkibini o‗rganish, mashinasozlik fani uchun mashinalar
mexanizmi xarakteristikasi bo‗lsa, soliq nazariyasi va tarixi fanining
predmeti soliq munosabatlarini (harakatini) o‗rganishdir.
Ushbu keltirilgan ta‘rifdan ko‗rishimiz mumkinki, fan o‗z
predmetini o‗rganishda turli usullarning o‗zaro aloqasining nazariy
jihatlarini o‗rganar ekan soliq to‗lovchilar
va uni o‗zlashtiruvchi, davlat byudjeti,
majburiy
to‗lovlar,
moliyaviy
munosabatlar kabi elementlarning o‗zaro
iqtisodiy
munosabatlarga
kirishish
jarayonlarining nazariy jihatlari, qirralari
keng ko‗lamda o‗rganiladi.
Fanning mohiyati shu o‗rtadagi
moliyaviy munosabatni, ya‘ni soliq to‗lovchi bilan davlat o‗rtasidagi
munosabatni chuqur o‗rganish, soliq munosabatlarida qatnashuvchi
Soliq nazariyasi va tarixi
fanining predmeti – bu soliq
to‗lovchilarning majburiy
to‗lovlari bo‗yicha davlat
byudjeti bilan iqtisodiy
munosabatlarga kirishish
jarayonining o‗ziga xos
xususiyatlari va
qonuniyatlarining nazariy
jihatlarini o‗rganishdan iborat
11
tomonlarning iqtisodiy manfaatini e‘tiborga olish, muvozanatni saqlash
kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni
saqlashda, tomonlar adolatlilik tamoyiliga amal qilishi zarur.
Fanning predmetini chuqur o‗rganish shuni ko‗rsatadiki,
munosabatlarda bir tomonlama adolatlilik munosabati bo‗lguday bo‗lsa,
ikkinchi tomon unga javoban o‗z daromadlari va boshqa soliq
obyektlarini har xil yo‗llar bilan yashiradi. Bunday hollarda, har qanday
huquqiy hujjatlarning ham kuchi yetmay qoladi. Daromadlarni, soliq
obyektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Fanni chuqur
o‗rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli
bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining predmeti soliq munosabatlarini
o‗rganish bo‗lsa, soliqqa tortish fanida esa soliqlar mexanizmini har
tomonlama o‗rganishdan iboratdir.
Fanning predmeti soliq voqeliklari va pul munosabatlarini
o‗rganishdan iborat bo‗ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‗lovchilar
(yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z mulkiga aylantiruvchi
(soliq oluvchi) davlat o‗rtasidagi munosabatlardir.
Fanning mohiyati shu o‗rtadagi munosabatni chuqur o‗rganish,
ularni to‗g‗ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‗g‗ri tashkil etish -
deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy
manfaatini e‘tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni
tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlilik
va insoflik tamoyillariga amal qilishi zarur.
Fanning vazifasi – soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari
xodimlarini
nazariy
jihatdan
qurollantirish
hamda
amaliyotda
adashmaslik uchun yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatishdan iboratdir. Shuningdek,
chet el soliq amaliyotini o‗rganish va taqqoslash asosida tegishli
xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‗zimizning
amaliyotga moslab zarur joylarini tatbiq etishdan iboratdir.
12
Demak,
fanning
asosiy
vazifasi
yuqori
malakali
soliq
mutaxassislarini tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan
uslubiy qo‗llanmalar bilan ta‘minlashdir.
Har bir fanning predmetini shakllanishi bilan birgalikda, uning
ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‗liq. Har qanday
fanni o‗rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‗z
predmetidan kelib chiqib, o‗zining ilmiy bilish usullariga ega. Shuning
uchun fanni o‗rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga
bo‗linadi.
Tabiat,
jamiyat
va
tafakkurning
rivojlanish
qonunlarini
o‗rganishning birdan-bir to‗g‗ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning
uchun, ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan,
―Soliq tarixi va nazariyasi‖ fanining ham nazariy va metodologik asosini
tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‗rsatadiki, rivojlanish quyidan
yuqoriga qarab sodir bo‗ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon
rivoj topib boradi. Shuning uchun, ushbu usul tadqiqotning induksiya va
deduksiya usullarini o‗z ichiga qamrab oladi.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil
qilinadigan bo‗lsa – bu induksiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy
hollarni o‗z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu – deduksiyadir.
Shu bilan, birga barcha iqtisodiy fanlar kabi ―Soliq nazariyasi va tarixi‖
fanining ham o‗ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy
abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati shundan
iboratki, bunda tahlil paytida obyektning faqat bir tomoniga,
o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e‘tibor qaratiladi va xalaqit
berishi mumkin bo‗lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta‘siri e‘tiborga
olinmaydi.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani, shuningdek, o‗z predmetini
o‗rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil –
bu o‗rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik
bilan tahlil qilish bo‗lsa, sintez esa o‗rganilgan qismlardan olingan
13
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa
chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo‗l
bilan o‗rganiladi.
Fanning
o‗z
predmetini
o‗rganishda
makroiqtisodiy
va
mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‗shib olib borish muhim o‗rin tutadi.
Soliqlarning nazariy masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‗rganishda
iqtisodiyotning boshlang‗ich bo‗g‗ini bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi
subyektlar nuqtayi nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‗rtasidagi
munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa,
davlat miqyosida, ya‘ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy
darajada o‗rganiladi.
Shuningdek, fan o‗z predmetini o‗rganishda taqqoslash, statistik,
grafik usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‗yicha
taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‗zgarishlarni
aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa
iqtisodiy kategoriyalarga ta‘sirini grafik usulida tasvirlash va shu
kabilardir. Masalan, soliqlar o‗zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga
ta‘sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |