Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

6
‖ deydi.
 
Bu pulni yig‗ish uchun Sulla ―maxsus agentlar‖ institutini tuzadi. 
Bu soliqlarni yig‗ish vakolati imperium yoki lektorlarga topshirilgan. 
Sulladan keyin qudratli sarkarda Pompey sharqiy viloyatlarga ham 
soliqlarni keskin oshiradi, bularga jon boshidan olinadigan soliq, uy 
xo‗jaligi solig‗i, harbiy maqsadlar uchun mol-mulkni musodara qilish 
kabilar kiradi.
 
6
Charles Adams. For Good and Evil: The Impact of Taxes on the Course of Civilization, Second edition, 
Madison Books: Lanham, New York, Oxford 1999 


26 
Keyingi unutilmas hukmdor Yuliy Sezar bo‗lib, u provinsiyalarda 
tinchlikni og‗ir tovlamachilik bilan emas, faqat o‗rtacha soliqlar 
yordamida o‗rnatish mumkin
7
,
 
deb hisoblar edi. 
U shaharlar bilan soliqlar to‗g‗risida shartnomalar tuzadi, ularda 
soliqlar yig‗iluvchanlik darajasiga qarab bir qator soliq imtiyozlari ham 
nazarda tutilgan. Yuliy Sezar davrida oxirgi 150 yil ichida birinchi marta 
sharqiy viloyatlar bilan munosabatlar yaxshilanadi. 
Ammo miloddan avvalgi 44 yilning 
mart oyida Sezarning o‗ldirilishi Sharq 
bilan munosabatlar yomonlashuviga 
olib keladi. Brut shaharlarni talaydi
soliq to‗lashdan bosh tortgan va o‗z 
mulkini unga berishni istamaganlarni 
o‗ldiradi. 
Rodosda barcha kemalar qo‗lga 
olinadi, o‗lim xavfi ostida bo‗lgan 
odamlar zargarlik buyumlaridan voz 
kechadi. 
Mark Antoniy Brutni qo‗llab-
quvvatlagan 
barcha 
shaharlarga 
nisbatan soliqlarni 2 baravar oshirishni buyurdi. Aktium jangidan so‗ng 
Oktavian Avgust hukumatning vakillik organini tarqatib yuboradi. 1500 
yil davomida Rim Sezarlar hukmronligi ostida bo‗ladi. 
Avgust Sezarlarning eng ko‗zga ko‗ringanlaridan hisoblanadi. U 
imperator maqomining o‗rniga ―Birinchi fuqaro‖ maqomini qabul qiladi, 
soliq oqimlari yo‗nalishini o‗zgartirib, respublika hokimiyatini yo‗q 
qiladi. 
U Rim hukumatining shaklini o‗zgartirmaydi, Senat hukmronlik 
qilishda davom etadi, lekin Avgust amalda imperator bo‗lib qolaveradi. 
7
Леонова Н. Г. История и теория налогообложения учеб.пособие / Изд-во Тихоокеан гос ун-та. 
2016.


27 
Avgust soliq idorasini tuzadi va Publikani institutini tugatadi. U 
shahar va viloyatlar bilan soliq shartnomalarini tuza boshlaydi. 
Bilvosita soliqlar g‗ayratli ishbilarmonlar tomonidan yig‗ilgan. Ular 
vatanparvarlik g‗oyasi ostida tekin ishlagan. 
Soliqlar mahalliy aholi tomonidan aholini ro‗yxatga olish asosida 
yig‗ilgan. Aholini ro‗yxatga olish soliq bazasini hisoblash uchun amalga 
olishar edi. Shaharlarga o‗z soliqlarini belgilash huquqi berilgan.
Askarlarning nafaqasini ta‘minlash uchun Avgust stavkasi 5 % 
bo‗lgan meros solig‗ini joriy qiladi. Bolalar va xotinlarga berilgan 
sovg‗alar soliqqa tortilmas edi. 
Rimda savdo solig‗i barcha tovarlar uchun 1 % va qullar uchun 4 % 
miqdorida qo‗llanar edi. Avgust vafotidan keyin sotishdan olinadigan 
soliq ikki baravarga qisqartirildi. Milodiy 40 yilda Kaligula
8
bu soliqni 
butunlay bekor qildi. 
Rim dunyosining ikki yuz yil davom etgan buyuk davri milodiy 180 
yilda Mark Avreliyning o‗limi bilan yakunlanadi. Mazkur davrga kelib 
davlat xazinalari tugaydi, Mark davlat xarajatlarini qoplash uchun 
shaxsiy aktivlarini kim oshdi savdosiga qo‗yadi. Bir tomondan askarlar 
maoshni oshirishni talab qilsa, boshqa tomondan fuqarolar soliqlarni 
kamaytirishni talab qilishar edi. Markning oxirgi xatosi eng qobiliyatli 
fuqarolarni emas, balki o‗g‗lini taxtga tayinlash bo‗lgan. O‗g‗li o‗z 
maslahatchisi tomonidan o‗ldiriladi. 
Shu davrdan boshlab Rim uchun shafqatsizlik va qon to‗kilish asri 
boshlanadi. Soliq to‗g‗risidagi manbalar yozuvlari yoqib yuboriladi. 
Imperatorlarning mulki auksionda sotiladi. Omon qolish uchun hukumat 
daromad olishning to‗rt usulini qo‗llaydi
9

1. Qo‗shimcha emissiyani amalga oshirish; 
2. Ibodat solig‗i joriy etish; 
3. Meros solig‗i joriy etish; 
8
Rim imperatori. Yuliy-Klavdiy avlodi vakili. Eramizdan avvalgi 37-41 yillarda Rim imperiyasini 
boshqargan. 
9
Charles Adams. For Good and Evil: The Impact of Taxes on the Course of Civilization, Second edition, 
Madison Books:Lanham, New York, Oxford 1999 p. 79. 


28 
4. Urush o‗ljalari. 
Bu yo‗llarning barchasi Diokletian tomonidan faol ishlatila 
boshlangan. U hokimiyatga iqtisodiy betartiblik sharoitida keladi, ya‘ni 
soliq yig‗uvchilar qadrsizlangan pulni olmagan, askarlar esa u pulda 
maoshlarini olishni xohlamagan davr bo‗lgan. Dengizlar qaroqchilar 
tomonidan nazorat qilingan, aholi tomonidan tez-tez g‗alayonlar bo‗lib 
turgan. Dehqonlarni soliq yig‗uvchilar uylaridan haydab chiqarishgan. 
Davlat yana qul mehnati va musodara choralariga qaytgan. 
Bunday vaziyatda Diokletian imperiyada favqulodda holat e‘lon 
qiladi. U narxlarni muzlatishni buyuradi, natura shaklida soliq yig‗ishga 
o‗tadi. Ya‘ni ibtidoiy soliq shakliga qaytiladi. Soliq yig‗ish uchun 
aholini ro‗yxatga olish o‗tkaziladi. 
Rasmiylar tomonidan aholi o‗z 
mol-mulki salohiyatidan kelib chiqib 
qancha 
soliq 
to‗lashi 
kerakligi 
hisoblangan. 
Dinor o‗lchovi ―iugum‖ deb 
nomlangan ishlab chiqarish birligi 
bilan almashtirilgan. U 12,5 akr (1 akr 
0,4047 gektarga teng) eng yaxshi 
yerga, 25 gektar birinchi toifali 
yerga va 37,5 akr ikkinchi toifali 
yerga teng bo‗lgan.
Xalqaro soliqqa tortishi bo‗yicha 
soliq maslahatchisi, 20-asrning taniqli 
iqtisodchisi Ch.Adams aytganidek,
 
bunday 
tizim 
bugungi 
kundagi 
daromad solig‗i tizimidan ko‗ra sodda 
edi. Bu tizim o‗sha paytda kuchli byurokratiyani yuzaga keltirdi. 
Ko‗pgina tarixiy manbalarda Rimda soliq to‗lovchilarga qaraganda soliq 
yig‗uvchilar ko‗proq bo‗lganligi ta‘kidlanadi.
 
Imperiya fuqarolarining 


29 
avval boshdan mavjud bo‗lgan erkin harakatlanish huquqi cheklangan 
edi. O‗zining soliq tizimi yo‗lida Diokletian o‗z vatandoshlarini 1000 yil 
davomida amal qillgan huquqlaridan mahrum qildi. Dehqonlar va 
ularning bolalari o‗z yerlarida qolishlari shart edi. Shunday qilib, Rim 
imperiyasi totalitarizm botqog‗iga botib ketdi. 
Har yili sentyabr oyida hukumat har bir ―iugum‖ uchun soliq 
stavkalarini e‘lon qilar edi. Hech kim qanday soliq to‗lanishi kerakligini 
oldindan bilmas edi. U islohotlar boshlanganini va soliqlar sonini 
kamaytirganligini e‘lon qiladi, lekin soliq stavkalarini oshiradi. 
Diokletianning izdoshi Konstantin imperiyani nasroniylikka bag‗ishladi 
va soliq yukini yanada oshiradi. 
Milodiy 306 yilda u savdo va ishlab chiqarishga to‗g‗ri (bevosita) 
soliq joriy qiladi. Bu soliq har to‗rt yilda bir marta undirilar edi. Soliq 
bazasini tijorat operatsiyalari tashkil qilgan. Soliq oltin yoki kumushda 
yig‗ilgani sababli uni to‗lash uchun ba‘zilar xatto o‗z bolalarini qullikka 
sotishar edi. Ota-onalarni shunday noiloj ahvolda qoldirish uchun soliq 
yig‗uvchilar qiynoqlardan foydalanganlar. O‗sha kezlarda ko‗plab 
jafokashlar diniy sabablarga ko‗ra emas, balki soliqlar tufayli vafot 
etgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin