§
2.3. Qadimgi Turon zaminida shakllangan davlatlarda
soliqlarning rivojlanishi
Bizgacha yetib kelgan tarixiy, huquqiy, diniy va boshqa
manbalarning ko‗pchiligida soliqlar juda uzoq tarixga ega bo‗lgan
qadimiy ijtimoiy hodisa bo‗lishi bilan birga, ularning turlari haqida ham
muhim ma‘lumotlar bor. Masalan, qadimgi Sharq mamlakatlarida
soliqlar aholidan Qur‘oni karim nozil etilganidan so‗ng (undan oldin
ham) shaxsiy mol-mulk, yer osti boyliklari, yerdan olingan hosil, uy
hayvonlari va boshqalar uchun ―zakot‖ tariqasida undirilgan
14
.
Miloddan
avvalgi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo
hududlarida ko‗chmanchilik sharoitida, o‗zlari uchun qulay joy izlab
yurgan ko‗plab urug‗ va qabilalar, yer maydonlari, suv, o‗tloqlarni
egallash maqsadida kurashib kelganlar. Xatto, ayrim hollarda ular
o‗zlaridan kuchlirok, yirik qabilalarga soliq solish — o‗lpon to‗lab
turganlar.
Doro I hukmronligi davrida uning avlodlaridan bo‗lmish, Kurush va
Kambis (529-522-yillar) o‗zlariga qaram mamlakatlardan muayyan soliq
olmaganlar, biroq tobe mulklardan ularga sovg‗a-salomlar yuborib
turilgan. Doroni forslar savdogar deyilishiga sabab, u birinchi bo‗lib
soliq tizimini joriy etganligidir.
Doro qo‗l ostidagi har bir mamlakat va viloyat ularga katta
miqdorda tayinli soliq to‗lab turganlar. Xususan, ahamoniylarga tobe
satrapliklardan o‗n ikkinchisiga kirgan ―baqtriyaliklardan‖ ―egllar‖gacha
(Xo‗jand atroflarida yashagan qadimgi urug‗ shunday atalgan) bo‗lgan
hudud yiliga 360 talant (1 kg talant 30 kg kumushga teng bo‗lgan) to‗lab
turishi kerak bo‗lgan
15
.
14
Kurʼoni karim. Shayx Аʼlouddin Mansur tarjimasi. T. Sharq. 2001. Turli suralarning tegishli oyatlari.
15
Аzamat Ziyo. Oʼzbek davlatchiligi tarixi. T. Sharq. 2000. - 36 bet.
35
Ahamoniylarning yillik soliqlardan tashqari boshqa yo‗llar bilan
ham tobe xalqlardan qo‗shimcha tushumlar olganliklari ma‘lum. Qaqrab
yotgan dalalarni sug‗orish uchun dehqonlar ahamoniy hukmdorlari
saroylariga borib, suv yo‗lini to‗sib turgan va tabiiy ravishda doimo
qo‗riqlanib turadigan to‗g‗on darvozalarini ochib yuborishni so‗rab nola
qilar ekanlar. Shunda hukmdor to‗g‗onni katta pul evaziga ochishga
farmon berar ekan, yillik soliqlar bundan mustasno bo‗lgan. Umuman
olganda ahamoniylar tobe o‗lkalar aholisi, boyliklarni talashda,
suiiste‘mol
qilishda
boshqa
tajovuzkorlardan
qolishmaganlar.
Chunonchi, qadimda Elam davlati poytaxti bo‗lgan, keyinchalik
ahamoniylar qarorgohlaridan bo‗lmish Suza shahridagi saroy qurilishida
ishlatilgan oltin Baqtriyadan olib ketilganini tasdiqlovchi ma‘lumotlar
bor.
Doro I aytadi: ―Eron chegarasidan tashqaridagi, men qo‗lga olgan,
menga boj to‗laydigan o‗lkalar budir: Midiya, Suziana, Parfiya, Ariya,
Baqtriyona, So‗g‗diyona, Araxoziya, Sattagidlar, Gandariya, Hindlar,
Emergiya saklari, kamonchi saklar, Bobil, Ossuriya, Araviya, Misr,
Kappadokiya, Sparda, Ioniya, dengiz ortidagi saklar, skudrlar,
gulchambar kiyib yuruvchi ioniyaliklar, pontliklar, kossaklar, matsiy,
kolxlar va boshqalar. Ular mening qonunlarimga itoatda edilar, mening
qonunlarimdan boshqasiga bo‗ysunmasdilar
16
.‖
Tarixiy adabiyotlarni o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, qadimgi Eron
manbalari xususan toshlar va sopolga o‗yib yozilgan manbalar (mixxat
yozuvlari)da qayd etilishicha, miloddan avvalgi VI – V asrlarda
So‗g‗diyona, Baqtriya, Midiya, Xorazmdan katta miqdordagi mollar
o‗lpon tarzida olib ketilgan. Masalan, pishiq sopol taxtachaga o‗yib
yozilgan bir katibada Doro I (miloddan avvalgi 522-486-yil)
hukmronligining dastlabki yillarida (miloddan avvalgi 494-490-yillar
orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, aniqrog‗i,
qurilishga ishlatilgan materiallarning qaysi mamlakatdan keltirilganligi
16
Аbdullayev O, Toshmatova J. Qadimgi tarixchilar O‗rta Osiyo haqida. T. Yurist-media markazi. 2008.
67-68- b.
36
yozilgan. Taxtachadagi ma‘lumotlarga ko‗ra, tovon tarzidagi oltin
Lidiya bilan Baqtriyadan qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik
(qizg‗ish rangli tosh) tosh So‗g‗diyonadan, firuza Xorazmdan olib
ketilgan
17
.
Erondagi Sheroz shahridan taxminan 50 km masofada joylashgan
Persopol shahri yaqinidan topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar katta
ilmiy ahamiyatga ega. Suratlarda ahamoniylarga tobe bo‗lgan 23
satraplikdan o‗lpon olib ketayotgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular
orasida
baqtriyaliklarning
turli
idishlari,
teri,
mo‗yna, tuya,
so‗g‗dliklarning turli mato, teri va qo‗ylari, saklarning ot, chakmonlari,
parfiyaliklarning ot va qurol-aslahalari o‗z aksini topgan.
Eradan oldingi II-I asrlarda yashagan qadimgi yunon faylasufi
Anrippa soliq tizimi va uning funksiyasi xususida shunday degan edi:
―Qo‗shinni tutib turish va davlatning qolgan xarajatlarini qoplashga
zarur bo‗lgan mablag‗larni qayerdan olish kerak? Men buni sizlarga
tushuntirib beraman, lekin avval shuni ta‘kidlab o‗tmoqchimanki, xatto
bizda demokratiya bo‗lgan taqdirda ham, davlat byudjeti uchun baribir
pul kerak. Zero askarsiz davlat yashay olmaydi, pul ta‘minotisiz esa biz
qo‗shinni tutib turishga qodir bo‗lmaymiz. Xullas, soliq solish
monarxiyaning farqlab turuvchi xususiyati emas, boshqaruvning har
qanday shakli soliq undirishni taqozo etadi‖. Bu davrda Eron va Turon
hududlari eronlik va yunon hukmdorlari tomonidan qator satrapliklar
hamda viloyatlarga bo‗lib idora qilingan, har bir ma‘muriy-hududiy
birliklar ma‘lum soliqlar va o‗lponlar yig‗ish orqali qat‘iy tarzda
boshqarilgan, satrapliklarni boshqaruvchi hukmdorlar Eron va yunon
hukmdorlari tomonidan tayinlangan, soliq yig‗ib olish ham ular
tomonidan idora etilgan.
Doro I Eronda satrap deb ataluvchi yigirmata ma‘muriy viloyat
tashkil etgan. Viloyat boshliqlarini tayinlagach, har bir satraplikdagi
asosiy xalqlarga qarab soliqlarni belgilagan. Doroning talabi bo‗yicha
17
Дандамаев М.А. Политическая история Ахменидской державы. Пресс. М.,. 1985.- С 73.
37
o‗lponni kumush bilan to‗laydiganlar Bobil talantida, tilla bilan
to‗lovchilar esa Evbey talantida o‗lchab keltirishlari lozim bo‗lgan.
Bobil talanti yetmish sakkiz Evbey minasi qimmatiga ega bo‗lgan.
―Yettinchi viloyatda birlashtirilgan sattagidlar, gandariylar, dadik va
aparilar yuz yetmish talant miqdorida soliq to‗laganlar. O‗ninchi viloyat
bo‗lmish
Ekbatan,
Midiyaning
qolgan
qismi
parikaniylar,
ortokorobantiylar-to‗rt yuz ellik talant, kaspiylar, pavsika, pantimat,
dareytlar-hammasi o‗n birinchi viloyatni tashkil etishgan, ulardan ikki
yuz talant daromad tushgan.
Baktriyadan egllargacha bo‗lgan yerlarni qamrovchi o‗n ikkinchi
viloyatning o‗lponi uch yuz oltmish talant belgilangan. Paktikadan,
shuningdek, arminiyaliklar va ularning qo‗shni yerlaridan boshlanib,
Evskin, Ponti (Qora dengiz)gacha uzanuvchi o‗n uchinchi viloyat to‗rt
yuz talant to‗lagan. O‗n to‗rtinchi viloyat bo‗lmish sagartiy, sarangiy,
famanay, utiy, miklar va podsho surgun qiladiganlarni joylashtiruvchi
Eritrey (Qizil dengiz)dagi orollar xalqlaridan olti yuz talant soliq
solingan. O‗n oltinchi viloyatdagi parpilar, xorazmiylar, so‗g‗dlar,
areylardan uch yuz talant olingan. Parikaniylar, osiyolik efioplar to‗rt
yuz talant to‗lab, o‗n yettinchi viloyat ikki yuz talant to‗lashga majbur
etilgan. Matiyenlar, saspeyrlar, alarodiylar o‗n sakkizinchi viloyatni
tashkil etishgan. Mosx, tibaren, makron, masinoyklar o‗n to‗qqizinchi
viloyatga kiritilib, ularga uch yuz talant soliq solingan‖. Mazkur xalqlar
ichida eng ko‗p sonlisi bo‗lgan hind xalqi, boshqalarga nisbatan eng
katta soliq, ya‘ni uch yuz oltmish talant oltin qum to‗lar va ular
yigirmanchi viloyatga kiritilgan.
Ma‘lumki, eramizning VII-VIII asrlarida O‗rta Osiyoda turk-
so‗g‗diy xalqlar va davlatlar o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar jadal
kechgan. Bu davrda turk so‗g‗d munosabatlari yer egaligi, iqtisodiy,
savdo, oila - nikoh munosabatlarida ham mavjud bo‗lgan.
Zero, qadimgi davrlarda O‗rta Osiyo hududlarida soliqlar tizimini
tahlil etish shundan dalolat bermoqdaki, mahalliy soliqlar bilan
38
birgalikda umumdavlat soliqlari va yig‗imlaridan nafaqat hukmdorlar,
balki chet ellik bosqinchilar ham katta-katta foydalar olganlar. Bunday
to‗lovlar asosan natura tarzida amalga oshirilib, chet ellarga maxsus
ajratilgan sovg‗a-salomlar yuborish an‘ana tusini olgan, albatta, soliq
yuki, avvalambor, mahalliy xalqlar zimmasiga tushgan. Shu bilan birga,
maxsus shahar tipidagi aholi manzilgohlari, o‗troq dehqon jamoalarida
aholi dehqonchilik, hunarmandchilik mahsulotlari bilan soliq va
o‗lponlar to‗laganlar. Bunday toifa kishilardan ot, tuya, xachir,
qoramollar, qo‗y, echki, hunarmandchilik buyumlari, oltin, kumush
buyumlar, mis, qo‗rg‗oshin kabilar undirib olingan. Ular, albatta,
maxsus tayinlangan xazinabonlar nazorati ostida bo‗lganligini
tasdiqlamoqda.
Ilk yer egaligining shakllanishi jamiyatda turli toifadagi
fuqarolarning yerga bo‗lgan munosabatini o‗zgartirishi barobarida
ulardan olinadigan soliq shakllari, miqdori ham orta borgan. O‗rta
asrlarda ham jamiyatda ―dehqonzoda‖lar (qishloq hokimlari) mavqei
yanada ortgach, soliq va ularning turlari yanada ko‗paygan. Zero bu
davrda endigina shakllanayotgan dehqonlar qadimgi mulkdor tabaqa
sifatida shakllanib kelgan, birmuncha boy, o‗zining daxlsiz mol-mulkiga
ega bo‗lgan katta yer egalari edi.
Katta patriarxal qishloq jamoalari endilikda bir qancha tabaqalarga
bo‗linib, mulkdor dehqonlar, ularga qaram bo‗lgan, qishloqning
mehnatkash aholisi kadivarlar, voha va vodiylardagi o‗troq ziroatchi
qishloq jamoalarining aholisi esa kashovarz (yerni omoch bilan
haydovchi, qo‗shchi)lar deb yuritiladigan bo‗ldi. Dehqonchilik
vohalaridagi katta yer egalari sifatida shakllanib ulgurgan yer egalari o‗z
viloyatlarida xatto mustaqil hokim darajasiga ham ko‗tariladilar.
Eramizning V-VI asrlar boshlarida O‗rta Osiyoda eftalitlar davlati
hukmronlik qilgan. Eftalitlarning bir qismi ko‗chmanchi chorvador
bo‗lsa, ikkinchi kattaroq qismi shahar va qishloqlarda yashaydigan
o‗troq aholi bo‗lgan. Toxariston va So‗g‗dda dehqonchilik va
39
bog‗dorchilik rivoj topgan. Ayniqsa, Qashqadaryo va Zarafshon
vohalarida barcha ekinlar ekilgan, g‗alladan tashqari sholi ham
yetishtirilgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha V-VI asrlarda Sharqiy
Turkiston va O‗rta Osiyo yerlarida ko‗plab g‗o‗za ekilgan.
Soliqlar ham mazkur ekin turlari bilan bog‗liq bo‗lgan. Ayniqsa,
O‗rta Osiyo paxta tolasi Xitoyda juda mashhur bo‗lgan. Tog‗ va tog‗
oldi yerlaridagi aholi yilqichilik bilan shug‗ullanganlar, Farg‗ona
vodiysida zotdor armutoqlar ko‗paytirilgan.
Yangi yer egaligi munosabatlarining tarkib topa boshlashi bilan
sug‗oriladigan yer maydonlarining ma‘lum bir qismi mulkdor zodagon
tabaqa vakillari ―dehqonlar‖ qo‗lida to‗plana boshlangan edi. Buning
natijasida qishloq jamoasining erkin qo‗shchilari ma‘lum darajada
zodagon dehqonlar asoratiga tushib, ularga qaram kadivarlarga aylanib
borar edi.
Obikor yerlarning bir qismi ibodatxonalar mulki hisoblangan.
Bunday yerlar ―vagnze‖ deb yuritilgan. Yaylovlarning asosiy qismi
oqsoqol zodagonlar qo‗lida bo‗lgan. Eftalitlar orasida ijtimoiy
tabaqalanish ham kuchli bo‗lgan. Ular orasida yer egaligi munosabatlari
shakllanishi bilan bir qatorda ibtidoiy tuzumning ayrim belgilari ham
hali saqlanib qolgan edi.
V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o‗troqlashuvi
kuchayadi. Buning oqibatida esa obikor yerlarga bo‗lgan ehtiyoj ortadi.
Kichik-ko‗prik sug‗orish kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi
yer maydonlari o‗zlashtiriladi. Sug‗orish texnikasi takomillashadi, shox
ariqlar chuqurlashib, yer-suv va sershoxa sug‗orish tarmoqlariga
aylanadi.
Hozirgi vaqtda ham mavjud bo‗lgan Zaxarik, Buzsuv, Darg‗om
kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug‗orish tarmoqlaridan
bo‗lgan.
40
Eramizning VI asri va VII asr birinchi yarmida o‗lkamizda Turk
xoqonligi hukmronlik qilgan. Butun saltanat ustidan oliy hukmronlikni
xoqon olib borgan, bu lavozim merosiy bo‗lgan.
Xitoy manbalariga ko‗ra, ota doimo o‗z o‗g‗liga taxtni
qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi
lozim bo‗lgan. Bundan tashqari, shunday hollar ham bo‗lganki, taxt
sohibini ―urug‗ sulolalari‖ tayinlaganlar. Xitoy manbalariga ko‗ra,
turkiylar xonni taxtga o‗tkazishda maxsus marosim o‗tkazganlar, ya‘ni
amaldorlar bo‗lajak xonni kigizga o‗tqazib, quyosh yurishi bo‗ylab 9
marotaba aylantirganlar.
Xoqondan keyin yabg‗u (baxodir) davlatdagi birinchi amaldor
(vazir) vazifasi bo‗lgan. (Masalan Istemi yabg‗u). Ammo yabg‗u taxtga
merosxo‗rlik qila olmas edi. Taxt merosxo‗ri tegin (shaxzoda) deb
yuritilgan. Tegin taxtga da‘vogar shaxs bo‗lgan. Shod unvoni tuman va
viloyat hokimligidagi shahzodalarga berilgan, shahzodalar bilan
qondosh bo‗lmasa, unday odamga shod unvoni berilmagan.
Tudun unvoni hukmdorning joylaridagi noibi (nazoratchisi)ga
berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj-soliq ishlarini nazorat
qilganlar. Shod unvonidagi kishi hukmdorning o‗ng tomonidan joy
olgan.
Chorvador turkiy aholida urug‗-jamoachilik an‘analari kuchli
bo‗lib, qabila va urug‗ jamoalarining negizi katta oilalardan iborat edi.
Bunday oilalarda uy chorakorlari ham mavjud bo‗lgan.
Ularning
vujudga
kelishi
bilan
jamiyatda
tabaqalanish
munosabatlari tarkib topa boshlagan. Lekin uni qulchilik munosabatlari
bilan solishtirish lozim emas, chunki qulchilik munosabatlari O‗rta
Osiyo ijtimoiy hayotiga Yevropa quldorligi kabi kirib kelmagan.
Turkiy
ko‗chmanchilarning
asosiy
qismi
kambag‗al
chorvadorlardan iborat edi. Bunday xalq ommasi budun yoki qora budun
deb atalgan. Viloyatlar budunlar yashaydigan jamoalar (ellar)ga
bo‗lingan. Xoqonlikning markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik
41
siyosiy-davlat tadbirlari, xususan, saltanat osoyishtaligini saqlash, davlat
hududini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik
munosabatlar va hokazo bilan mashg‗ul bo‗lib, joylardagi mahalliy
ishlarni yuritishda ma‘lum darajada erkinlikka yo‗l qo‗yilgan. Shuning
uchun ham, Farg‗ona, So‗g‗d, Shosh, Toxariston, Xorazm va boshqa
joylarda boshqaruv ishi asosan mahalliy sulolalar qo‗lida bo‗lgan.
Xitoy manbalariga ko‗ra, So‗g‗d hukmdorlari ixshid unvoniga, tobe
hokimliklar ham unvonlariga ega bo‗lganlar. Dehqonlar mavjud suv
resurslari hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan foydalanib, asosan
don ekinlari hamda, qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik
sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar.
Mevali daraxtlardan bog‗-rog‗larda meva yetishtirishga alohida
ahamiyat berilgan. Bir so‗z bilan aytganda ―mevali daraxtlar savlat
to‗kib turgan‖. Chunonchi, ajnabiylarni Samarqandning ―tilla shaftolisi‖
lol qoldirgani ma‘lum.
Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan
mashg‗ul edi. Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko‗lami va
sifatiga ko‗ra uchta tarmoq hunarmandchilik, qurilish, savdo-sotiq
ravnaqi uchun turtki bo‗lgan. Shuning uchun bu vaqtda metallsozlik,
zargarlik,
kulolchilik,
duradgorlik,
qurolsozlik,
to‗qimachilik,
shishasozlik, konchilik keng rivoj topgan. Hunarmandchilik rivojiga
turkiy aholi katta ta‘sir ko‗rsatdi. Chunki ularda qadimdan ayrim kasb-
hunarlar ancha rivojlangan edi. Turkiylar metall qazib olish va undan
qurol-yarog‗ yasashda, ayniqsa, mohir edilar. Turkiylar yasagan qurol-
yaroq, zebu-ziynat buyumlari xilma-xilligi va pishiqligi bilan ajralib
turgan. Konchilik faoliyati ham shu paytda ancha rivojlangan. O‗tin,
temir, kumush, qo‗rg‗oshin, mis, margimush, tuzning bir necha xili,
qimmatbaho toshlar, turli ma‘danlar So‗g‗d, Shosh, Farg‗ona, Kashgar,
Toxariston kabi viloyatlarda qazib olinganligi manbalarda uchraydi.
42
Bu davrda soliq turlari ham xar xil bo‗lgan. Masalan, sak (shak) va
kaspiylar kabi qabilalar ikki yuz ellik talant (bir talant 25 kg. 248 gr. sof
oltinga teng bo‗lgan), demak, 6312 kg miqdorida, parfiyaliklar,
xorazmiylar, so‗g‗dlar va oriylar uch yuz talant – 7574,4 kg miqdorida
xiroj to‗lashgan. Qat‘iy belgilangan xirojlardan tashqari har xil
sabablarni ro‗kach qilib qo‗shimcha soliqlar ham joriy etilar va ular suv
yo‗lini to‗sib qo‗yish yoki boshqa xil zo‗ravonlik ―vositalari‖ni qo‗llash
kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi.
Erondagi qadimgi Persopol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz –
baqtriyaliklar, xorazmliklar, so‗g‗dlar va saklar tasvirlangan rasmlarda,
saklar kiyim-kechak, baqtriyaliklar tuya va idishlar, xorazmliklar
dudama xanjar, jangovar bolta, bilakuzuk va otni shohga olib
borayotgan manzara chizilgan. So‗g‗d bitiklariga ko‗ra, O‗rta Osiyo
viloyatlariga mashhur otlar, oltin, lojuvard, firuza va qimmatbaho
toshlar olib kelingan. Demak, miloddan avvalgi davrlarga nazar
soladigan bo‗lsak, o‗sha davrlarda ham soliq undirishda yaratilgan
buyumlar va tabiiy ashyolarga ―natura‖ tamoyili
qo‗llangan
deyishimizga
asos
bor.
Qisqasi,
soliqlarning
paydo
bo‗lishi
rivojlanishning dastlabki asoslarini yaratdi: kanallar qazilib, yerlar
o‗zlashtirildi.
Makedoniyalik Aleksandr Markaziy
Osiyoni bosib olib, uni o‗z saltanati
tarkibiga kiritgach, mintaqamiz soliqlarni
yunonlar tamoyili bo‗yicha to‗lashga
majbur qilingan.
Yunonistonda
soliqqa
tortish
Markaziy
Osiyodagidan
farq
qilib,
soliqlar daromad solig‗i va ehsonlardan
iborat bo‗lgan. Daromad solig‗i daromadning o‗ndan yoki yigirmadan
biri miqdorida undirilgan va jamoat manfaatlarini himoya qilish
maqsadlari yo‗lida ishlatilgan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy
Аhamoniylar
hukmronligi
davrida
(miloddan
avvalgi
birinchi ming yillik o‗rtalari)
Markaziy Osiyoda yashovchi
qabilalardan soliqlar salkam ikki
asr mobaynida yillik xiroj va
harbiy otryadlar yetkazib berish
shaklida undirilgan
43
Osiyoda asosan Ahamoniylar barpo etgan davlat apparati tuzilmasini
saqlab, mahalliy zodagonlar tarkibidan satraplar hokimiyatini tuzgan.
Maxsus soliq xizmati joriy qilmagan, soliq undirish vazifasi
muayyan bir kishiga yuklatib qo‗yilgan. Ular esa soliq, to‗lovchilardan
xazina bilan tuzilgan shartnomada belgilangan hajmdan ko‗proq soliq
yig‗ib, o‗z manfaatlari uchun dam qo‗shimcha mablag‗lar to‗plab
olishgan.
Tadqiqotchilarning
fikrlariga
qaraganda,
greklar
hukmdor
Salavkiylar davlatida anchayin murakkab soliq tartibi mavjud bo‗lib,
hukmdorlar o‗zlaricha mavjud bo‗lgan soliq tartibini o‗zlashtirgan holda
unga bir muncha o‗zgartirishlar kiritadilar. Dehqonlardan yer solig‗ini
undirish hukmdor satraplar vazifasi edi. Soliqlar miqdori aniq
belgilangan bo‗lib, viloyatlardan keladigan umumiy tushumlar qishloq
jamoalaridan tushadigan soliqlarga bog‗liq bo‗lgan. Shu tariqa, soliq
yig‗uvchilar instituti ham dunyo yuzini ko‗rdi.
Shu o‗rinda qadimiy Surxon vohasida Yunon-Baqtriya davlatiga
qarshi ajdodlarimiz tomonidan
tuzilgan qudratli Kushon davlati
va
uning
iqtisodiy
hayoti,
jumladan,
soliq
siyosatiga
qisqacha
to‗xtalib
o‗tsak.
Ma‘lumki, miloddan avvalgi
155-yilda
Yunon-Baqtriya
davlati
inqirozga
yuzlanadi.
Bundan foydalangan kushonlar miloddan avvalgi 140 yili So‗g‗d orqali
Baqtriyaga bostirib kiradilar va Shimoliy Baqtriya hududlarini egallab
oladilar. Yuechjilar, ya‘ni kushonlar 100 yil davomida beshta qabilaga
bo‗linib yashaydilar. Kushon qabilasi sardori Kudzula Kadfiz bo‗lgan
to‗rttala qabila yabg‗usini ham o‗ziga tobe etib, barcha qabilalar ustidan
hukmronlik qilar edi. Kudzula Kadfiz o‗z davlatini beklik deb e‘lon
qilgan va hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‗rchi tumanida
44
joylashgan Dalvarzintepani ana shu beklik poytaxtiga aylantirgan.
Davlati chegaralarini kengaytirish va qudratini mustahkamlash
maqsadida bu hukmdor Amudaryo chap sohili tumanlarini egallashga
bel bog‗laydi, tez orada Xuroson, Afg‗oniston va Kashmirni ham o‗z
tasarrufiga oladi.
Kudzula Kadfiz sakson yoshida olamdan o‗tgan bo‗lsada, Kushon
davlatining hali o‗z puli yo‗q edi. Qudratli hukmdor tangalarni Rim
imperiyasi va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlidan
chiqargan. Shu boisdan Dalvarzintepada topilgan nodir tangalarda
―Kudzula Kadfiz yabg‗u‖, keyinroq esa ―hukmdor Kadfiz‖ yozuvlarini
uchratamiz. ―Yabg‗u‖ esa, nainki davlatchilik tushunchasi, balki
soliqchilik tushunchasi hamdir.
―Yabg‗u‖ – soliqlarni yig‗diruvchi va tasarruf etuvchi amaldorni,
ya‘ni hukmdorni anglatardi. Kudzula Kadfiz vafotidan keyin taxtga
o‗tirgan va 30 yil hukmdorlik qilgan o‗g‗li Vima Kadfiz ham o‗z
nomidan tangalar zarb ettiradi. U Pokiston va Hindistonning markaziy
viloyatlarini egallab oladi. Undan keyin taxtga chiqqan Kanishka
Hindiston janubi barobarida So‗g‗diyona, Xorazm va Choch
viloyatlarini ham tasarrufiga kiritadi. Kanishka davrida ―shoxlarning
shoxi – ulug‗ xaloskor‖ yozuvi bilan tangalar zarb etilgan, buddaviylik
dini davlat mafkurasiga aylangan, poytaxt Dalvarzintepadan Peshovarga
ko‗chirilgan.
Bu imperiya sarhadi taxminan 12 million kvadrat kilometrni tashkil
etardi. Kanishka 23 yil hukmdorlik qilganidan keyin o‗g‗li Vasishka 4
yil, Xuvishka 32 yil, Vasudeva 34 yil hukmronlik qiladi. Vasudeva
davrida imperiya ikkiga bo‗linadi, bir qismini Vasudeva, ikkinchi
qismiga esa Kanishka III hukmronlik qiladi. Har ikkalasi ham o‗z
nomidan tangalar zarb ettiradi
18
.
Kushon podshoxlari Rim imperiyasi bilan diplomatik aloqalar,
Sharqiy Turkiston uchun Xitoy bilan urushlar olib borgan edi.
18
Mamanazarov А. Soliq siyosati. ―Moliya ‖. Toshkent. 2003. 6 b.
45
Aynan Vima Kadfiz hukmronligi davrida pul islohoti o‗tkazilgan,
zarb etilgan pullar – oltin, kumush va mis tangalar toifalariga ajratilgan.
Har biri 8 gramm bo‗lgan oltin tangalar tashqi savdo uchun zarb
etilganki, bunda o‗ziga xos xalqaro valyutani ko‗ramiz. Kushonlar
Osiyoda qudratli davlat tuzishining negizi ham aynan ana shu iqtisodiy
hodisada mujassamlashgan edi.
Bu saltanat aynan soliq siyosatini to‗g‗ri tashkil etgani bois qudratli
bo‗lgan va uzoq hukmronlik qilgan. Oltin tangalar xalqaro savdoni
ta‘minlash barobarida oltin tangada olinadigan bojni, kumush va mis
chaqalar ichki savdoni ta‘minlashi barobarida ana shu tangalardagi
tushumlar - soliqlar va yig‗imlarni ta‘minlagan.
Ibn
Xaldunga
(1336-1406)
murojaat
etganimizda,
davlat
navqironligi va keksayishi nazariyasiga, bunda soliqlarning roli
masalasiga to‗xtalamiz. Aytish kerakki, Kushonlar imperiyasi aynan
oltin tangalarni xalqaro muomaladan chiqarib, har xil haykallar yasashga
mukkadan ketishi butun boshli sivilizatsiya zavoliga maydon hozirlagan
va Sosoniylar bu davlatni tugatib tashlagan.
Ibn Xaldun nazariyasiga ko‗ra, davlat navqiron kezlarida saxiy
bo‗ladi - Vima Kadfiz oltin tangalarni xalqaro muomalaga chiqargan
edi, - keksayib qolgan kezlarida esa xasislashib qoladi - tangalar
haykallarga aylangan, faol muomala so‗nib qolgan, demak endi aholiga
zulm o‗tkaziladi.
Bu qadriyat hozir ham amal qiladi: rivojlangan mamlakatlar o‗z
valyutalari xalqaro maydonda muomalada bo‗lishiga intiladilar, demak,
ajdodlarimiz anglab yetgan qadriyatlarga amal qiladilar. Kushonlar ham
barcha turkiylar singari ko‗chmanchi bo‗lishgan, ammo aynan katta
makon, keng ulus, kuchli savdo-sotiq taraqqyot asosi ekanligini anglab
yetishgan.
IV-VI asrlardagi turkiy qavmlar tarixiga oid qadimgi manbalarda
qabilalar,
guruhlar
O‗rtasida
sodir
bo‗lgan
to‗qnashuvlarda
mag‗lubiyatga uchragan tomon aholisi yangi hukmdorlariga mavjud yer
46
yoki chorvalari uchun soliqlar to‗lab turganligi, dehqonchilik yoki
chorvachilik bilan shug‗ullanish imkoni bo‗lmagan joylarda esa soliq
o‗rniga belgilangan miqdorda konlardan ma‘danlar qazib berganliklari
kabi hodisalar haqida ma‘lumotlarni uchratish mumkin.
Tabiiy usul (daryo suvi) bilan sug‗oriladigan yerlardan olinadigan
hosilning o‗ndan biri (ushr) miqdorida, agar hosil chig‗iriqlar, chelaklar
kabi sun‘iy usullar va vositalardan foydalangan holatlarda yetishtirilsa,
ushrning yarmi yoki hosilning yigirmadan biri miqdorida ―zakot‖
berilgan.
―Hadis‖larda ko‗rsatilishicha: ―Osmon (yomg‗ir) va buloqlar yoki
yer osti sizot suvlari bilan sug‗oriladigan ekinga ushr (hosilning undan
biri), chig‗iriqlar yordamida sug‗oriladigan ekinga esa yarim ushr soliq
solingaydir‖, deb rivoyat keltirilib, ra‘iyatdan qaysi holatda va qay
yo‗sinda soliq undirilishi to‗g‗risida ta‘kidlab o‗tilgan. Demak, tabiiy
usul bilan sug‗oriladigan yerlarga, sun‘iy usul bilan sug‗oriladigan
yerlarga nisbatan inson mehnati kam sarflanishini inobatga olib, sun‘iy
usul bilan sug‗oriladigan yerlardan olingan hosildan soliq ikki baravar
kam undirilgan, ya‘ni inson mehnati kam sarflangan, tabiiy usulda
sug‗orish yo‗li bilan yetishtirilgan hosildan zakot ikki hissa ko‗proq
undirilgan.
Dostları ilə paylaş: |