Mavzu: O’zbekistonni xalqaro reytinglari



Yüklə 229,88 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü229,88 Kb.
#79812
8Mavzu

Mavzu: O’zbekistonni xalqaro reytinglari

Narzullayev Saidumarxon

Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.

Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.

Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va ­raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.

Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi.

Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o'rnatildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila NARBAEVA bilan suhbatimiz mazkur farmon ijrosini ta'minlash, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar xususida bo'ldi.

Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.

Yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo'yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egalladi.

bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo'naltirilmoqda. Barcha sa'y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo'lsa, turli reyting va indekslardagi o'rnimiz o'z-o'zidan oshib boraveradi.


Yüklə 229,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin