8. Soliqlarning ilk ko„rinishlari qanday bo„lgan?
a) Qurbonlik, natura va mehnat;
b) Oltin tangalar va kumush pullari;
c) Qimmatli qog‗ozlar va qimmatbaho tolalar;
d) Mo‗ynalar va oltin tangalar.
9. “Soliq nazariyasi” fanining o„rganish usullari ....ga bo„linadi.
Nuqtalar o„rniga kerakli so„zlarni qo„ying?
a) Umumiy va alohida usullar;
b) Dialektik va ilmiy abstraksiya;
c) Induksiya va ilmiy abstraksiya;
d) Dialektik va jadval.
10. Induksiya usuli nima?
a) Fanni o‗rganish usullaridan biri bo‗lib, yakka faktdan umumiy
xulosa tomon o‗rganish degan ma‘noni anglatadi;
b) Fanning o‗rganish usullaridan biri bo‗lib, umumiy xulosalardan
yakka xulosalar chiqarishni anglatadi;
c) Fanni o‗rganish usullaridan biri;
d) Soliq elementlaridan biri.
20
2-BOB. QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDA SOLIQ
MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI
§
2.1. Qadimgi Rimda soliq munosabatlarining o„ziga xos
xususiyatlari
Qadimgi
Rimda
soliq
munosabatlari
tarixiga
nazar
tashlaydigan bo‗lsak, soliqsiz yoki
kam soliqlar amal qilgan, shuningdek,
juda yuqori (og‗ir) soliqlar ham
mavjud bo‗lgan davrlarni ko‗rish
mumkin.
Rim imperiyasidagi soliq munosabatlari tarixini ikki davrga bo‗lsa
bo‗ladi
2
:
- davlat respublika sifatida Rim Senati tomonidan boshqarilgan davr
(miloddan avvalgi 30 yilgacha);
- imperiya davri, u milodiy 476-yilda barham topgan.
Dastlab respublikada soliqlar deyarli bo‗lmagan. Rim imperiyasi
tashkil topgan davrdan boshlab dastlabki ikki yuz yil mobaynida
davlatning aholiga soliq yuki o‗rtacha darajada bo‗lgan. Hokimiyatning
yuqori pog‗onasidagi ko‗plab amaldorlar o‗z shaxsiy daromadlari
hisobidan davlat xarajatlarini qoplashda misli ko‗rilmagan saxiylik
ko‗rsatganlar. Eng katta xarajat talab qiluvchi armiyani moliyalashtirish
badavlat fuqarolar, mulkdorlar tomonidan amalga oshirilgan. Ular
armiyada bir yil tekinga xizmat o‗tashgan.
Ixtiyoriy mehnat davlatning barcha tuzilmalarini qamrab olgan.
Xatto senatorlar ham maoshsiz ishlaganlar.
2
Леонова Л.Г. История и теория налогообложения, РФ ―Тихоокеанский государственный
университет‖ Хабаровск Издательство ТОГУ: 2016 с 4.
21
Bilvosita savdo soliqlari respublika uchun zarur bo‗lgan
daromadlarning katta qismini tashkil qilgan. Dastlab soliqlar eksport va
import bojlaridan iborat bo‗lgan. Savdoning ko‗p qismi portlar orqali
o‗tganligi sababli, soliq ―portoriya‖
3
deb nomlangan. Rimliklar yangi
mustamlakalarni istilo etganda, ularga o‗zlarining soliq tizimini joriy
qilgan. Ispaniyada import boji 2 %ni tashkil etgan, Sitsiliya, Afrika va
Albaniyada esa – 5 %dan undirilgan.
Rim imperiyasida quyidagi soliqlar amal qilgan
4
:
Qul solig‗i
–
har bir qulni
sotishdan 2 foizlik savdo solig‗i
undirilgan. Qullar ozod qilinganida,
har bir qul qiymatidan 5 foiz
undirilgan. Qul savdosi juda katta
daromad
manbai
hisoblangan.
Masalan, Delos portida 120 ming
qulni qabul qilish imkoniyati mavjud
bo‗lgan. Tinchlik davrida asosiy qul yetkazib beruvchilar qaroqchilar va
kreditorlar hisoblangan.
Dengiz qaroqchiligi birinchi
triumvirat
davrida
(miloddan
avvalgi I asr o‗rtalari) avjiga
chiqqan.
Kredit
muddati
tugagandan so‗ng qarzdorga bir
oylik imtiyozlar berilib, agar qarz
to‗lanmasa,
sud
qarzdorni
kreditorga topshirgan va uni uyda
zanjirband qilib 60 kun ushlab
turgan.
3
Charles Adams. For Good and Evil: The Impact of Taxes on the Course of Civilization, Second edition,
Madison Books:Lanham, New York, Oxford 1999, p. 79.
4
Леонова Л.Г. История и теория налогообложения, РФ ―Тихоокеанский государственный
университет‖ Хабаровск Издательство ТОГУ:2016 с 5.
22
Harbiy soliq
–
harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida respublika
hukmdorlari urush solig‗i – ―tributum‖ni joriy etishga qaror qilgan. Bu
soliq har xil tovarlardan yig‗iladigan o‗lpon ko‗rinishida bo‗lgan. Urush
solig‗i bazasi har 5 yilda ro‗yxatga olish paytida baholanadigan aktivlar
orqali shakllantirilgan. Daromadni e‘lon qilmagan fuqarolar qullikka
mahkum qilinishi mumkin bo‗lgan. Bunday qarorni esa ro‗yxatga
oluvchi qabul qilgan. Rimning urush solig‗i yunonlarning ―eisphora‖siga
o‗xshar edi.
Hashamatli tovarlar uchun soliq.
Hashamatli tovarlarga zargarlik
buyumlari, ayollarning qimmatbaho
kiyimlari,
qimmatbaho
aravalar
kirgan. Soliq to‗lovi bozor narxidan
10 barobar qimmatroq bo‗lgan. Bunga
qo‗shimcha
ravishda,
badavlat
fuqarolar armiyani saqlash uchun
davlatga
kredit
berishga
majbur
bo‗lgan.
Rimda soliq yig‗uvchilar.
Huquqni
muhofaza
qilish
organlari
xodimlari
(senzorlar)
respublikadagi
eng
muhim
amaldorlar hisoblangan. Ular urush
soliqlarini yig‗ish uchun mulklarni
baholagan. Bu lavozimlarni sobiq
senatorlar
va
konsullar,
keksa
siyosatchilar
egallagan.
Ular
Rimning
barcha
fuqarolar
assambleyasi tomonidan saylanar va senatorlarni tayinlash va
lavozimidan ozod qilish vakolatiga ega bo‗lishgan.
23
Miloddan avvalgi II asr o‗rtalariga kelib urush solig‗i bekor
qilingan. Bunga sabab, viloyatlar o‗z armiyasini qo‗llab-quvvatlay
olmagan. Keyingi 400 yil davomida rimliklar bevosita soliqlarni
to‗lashdan ozod qilingan.
Shimoliy va sharqiy viloyatlarda rimliklar soliq yig‗ishning yangi
usullarini qo‗llay boshlagan. Buning natijasida Rim imperiyasi
yunonlarga qaraganda ancha uzoqroq hukm surdi. Shunga qaramay,
o‗lpon yig‗ish tizimi bir qator kamchiliklarga ega edi. Uni nazorat qilish
qiyin bo‗lib, turli qo‗zg‗olonlarni keltirib chiqarar edi. Ossuriyaliklar
tomonidan soliq siyosatiga qarshi qilingan isyonlarini bostirish uchun
katta mablag‗ sarflanar edi. Shahar yoki viloyat qo‗zg‗olonchilarini
bostirishning yagona yo‗li – ularni o‗ldirish bo‗lgan, lekin bu soliq
to‗lovchilar sonining kamayishiga olib kelgan.
Rimliklar o‗lpon yig‗ish tizimining o‗rniga provinsiya tuzish
tizimidan foydalanganlar. Har bir viloyatga hukmdor tayinlab, ularga
kuchli armiyalar, ya‘ni qo‗shinlar hamda vakolatlar berilgan. Bunday
tizim Ossuriyaliklarning olib borayotgan soliq siyosatiga qaraganda
tartibli edi.
Rimning o‗lpon yig‗ish tizimi Misr yoki Yunonistondan ko‗ra
adolatliroq edi. Rimliklar o‗zlari uchun bir xil soliqlarni joriy etgan
edilar.
Rimliklar uzoq vaqt Sitsiliya bilan yaxshi munosabatda bo‗lgan va
mazkur viloyatning soliq tizimiga aralashmagan. Biroq, shunday
hukmdorlar bo‗lganki, ular qonunga zid ravishda soliq stavkalarini
oshirib, soliq yig‗uvchilarning ishiga aralashgan va ba‘zi hollarda yig‗ib
berilgan soliqlar uchun ustama ham talab qilishgan. Gubernator Verres
shunday hukmdorlar jumlasiga mansub. U korrupsiyada ayblanib, unga
antiqa jazo, ya‘ni Sitsiliya aholisidan qo‗shimcha uchta soliqni yig‗ishni
topshirilgan, xususan, biri o‗zi uchun, ikkinchisi armiya uchun,
uchinchisi ushbu ta‘magirlik ishlarini ko‗rib chiqayotgan sudga pora
uchun.
24
Rim imperiyasi qulashi ibtidosi Ispaniyadan boshlangan. Boshda
rim legioni shu hududdan undiriladigan yig‗imlar evaziga tirikchilik
o‗tkazgan. Rimdan yordam kelmagan.
Senat tomonidan yollangan korrupsionerlar soliq yig‗uvchilarning
eski kemalariga har xil lash-lushlarni ortib, Ispaniyaga jo‗natadi.
Kemalar yarim yo‗lda suvga cho‗kadi va soliq yig‗uvchilar kemalari va
yuklarining qiymatini qoplash uchun Ispaniyadagi vakillardan pul talab
qilgan.
Miloddan avvalgi II asrda kelib chiqishi aristokratlardan bo‗lmagan
rim ishbilarmonlari Rim hokimiyatini egallab oladi. Senatning
vakolatlari cheklanadi. Yangi zabt etilgan viloyatlarda birinchi bo‗lib
daromadli lavozimlarni egallab olgan ko‗plab soliq yig‗uvchilar bo‗lgan.
Ular xalq orasida Publikani deb nomlangan edi. Ular hududlarda Rim
fuqarolarining umumiy yig‗inlari hisobidan saylanar edi
5
. Ularning
shafqatsizligi tufayli rimliklarni chirkin, hunuk deb atash boshlanadi.
Aristokratik Senat oddiy odamlarni qabul qilmasdi, Assambleya esa
qonunlar qabul qilish vakolatiga ega emasdi. U qonunlarga faqat veto
qo‗yishi mumkin edi. Taxminan eramizdan avvalgi 130 yillarda
Assambleyaga qonunlarni qabul qilish vakolati berilgan bo‗lib, bu
amaliyot bir necha yil davom etadi va tez orada bekor qilinadi.
Faqatgina ikkita qonun qoladi: Rim kambag‗allari uchun tekin non
tarqatish
va
boy
Yunoniston
hamda
Decumaning
boshqa
provinsiyalaridagi yangi soliq tizimi saqlab qolinadi yoki Rim Senati
soliq shartnomalari o‗rnini hosildan olinadigan 10 foizli soliq egallaydi.
Bu soliqlar faqat rimliklar tomonidan undirilgan va oldindan ko‗p
miqdorda yig‗ilgan. Ularni yig‗ish uchun rimliklar o‗ziga xos mexanizm
yaratgan.
Ya‘ni, ―societates publicanorum‖
deb
nomlanuvchi
korporatsiyalar aksiyalari Rimdagi forumda sotilgan. Publikani
aksiyalari barqaror daromad bilan kafolatlangan edi. Shu bilan birga,
hech kim Publikanilarning faoliyatiga aralashmagan. Sitseron ular
5
Леонова Н. Г. История и теория налогообложения учеб. пособие / Изд-во Тихоокеан гос ун-та.
2016. -. 84 стр.
25
haqida shunday yozgan: ―yaxshi siyosat yuritish va ezgu-niyatni ifoda
etish publikaniga xalaqit beradi. Basharti biz ularga qarshilik qiladigan
bo‗lsak, unda biz bir-birimizdan va davlatdan begonalashamiz... boshqa
tarafdan esa, agar biz har bir vaziyatda ularga hayrixohlik ko‗rsatadigan
bo‗lsak, unda biz o‗zimiz himoya qilishimiz kerak bo‗lgan insonlarning
farovonligi va manfaatlarini barbod qilamiz‖.
Rodos va Rim haqidagi hikoya antik davrning eng mashhur soliq
hikoyalaridan biri hisoblanadi. Unga ko‗ra Rodosdagi Delos portida
soliq stavkalari kamaytiriladi. Bunda soliq 2 %ni tashkil qiladi. Buning
natijasida Rodosda yil davomida savdo hajmi 85 %dan oshadi.
Rim byudjeti yillik tushumlari 1 million kumush draxmadan 150 ming
draxmaga tushadi.
Savdogarlarga joriy etilgan 2 foizlik soliqni bekor qilish uchun
qo‗zg‗olon ko‗tariladi. Qolgan viloyatlarda ham qo‗zg‗olonlar tez-tez
bo‗lib turardi. Hozirgi Turkiyadagi viloyatni boshqargan Buyuk Mitridat
bu
qo‗zg‗olonlardan birining markazida bo‗lgan. Bir kunda
imperiyaning ko‗plab shaharlarida 80 ming Rim Publikanisi o‗ldiriladi.
Mitridat to‗langan 5 yillik soliqlarni qaytarib olishga harakat qiladi.
To‗rt yillik urushdan so‗ng general Sulla isyonchi kuchlarni mag‗lub
etadi va ―Men vandalizm qilmayman. Men sizni endi besh yilga
to‗lanadigan soliq miqdorini to‗lashga majbur qilaman. Qolaversa, siz
bilan bo‗lgan urush xarajatlarini menga to‗lashingiz kerak
Dostları ilə paylaş: |