5 – LABORATORIYA ISHI
Maxsus dasturiy vositalardan foydalanish
Matlab-Simulink dasturiy paketi vositasida asinxron elektr motorini
modellash
5.1. Ishni bajarishdan maqsad
Matlab dasturi yordamida motor va generator rejimlarida ishlaydigan
asinxron elektr motorini modellashni o’rganish.
1. Matlab-Simulink dasturi yordamida modelashtirishni metodikasi bilan
tanishish.
2. Modelni kiritish rejimini o’rganish.
3. Asinxron motorni to’g’ridan to’g’ri ishga tushirish va keyin unga yuklama
berishni taqikotlash.
4. Matlab dasturini boshqa imkoniyatlarini mustaqil o’rganish.
5.2. Ishga oid nazariy tushunchalar
Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish
uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish dinamik tizimlarni
imitatsiya
qilish,
tizimlarning
ishlashini
tekshirish
va
loyihalarni
mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to’la
integrallashgan.
Asinxron motor (Asynchronous Machine)
Piktogrammasi:
5.1-rasm. Motorning almashtirish sxemasi
Vazifasi:
Motor va generator rejimlarida ishlaydigan asinxron elektr motorini
modellaydi. Motorning ishlash rejimi elektromagnit momentning ishorasiga asosan
aniqlanadi.
Modelning A, B va S portlari mashina stator cho’lg’amining chiqishlari, a, b
va s portlari esa rotor cho’lg’amining chiqishlari bo’lib hisoblanadi. Modelning Tm
porti harakatlanishga qarshilik momentini boshqarish uchun xizmat qiladi.
Modelning m chiqish portida 21 elementdan iborat vektor signal shakllanadi. Ular
quyidagilar: harakatlanmaydigan va aylanuvchi koordinatalar sistemalarida rotor
va statorning toklari, magnit oqimlari va kuchlanishlari, elektromagnit moment,
valning aylanish tezligi va uning burchak xolati. Vektordan o’zgaruvchilarni
ajratib
olishni
qulaylashtirish
uchun
Dostları ilə paylaş: |