Inqiroz,turg‘unlik, inflyatsiya va ishsizlikning biznesga ta’siri
To‘lov balansi va biznes
1.Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi.
Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir.
Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moe ravishda talab hosil bo‘ladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boo‘lgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, o‘sayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meyordagi va boshqa talablarga bo‘linadi.
Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar to‘plamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi.
Muayyan tovarga yoki tovarlar too‘plamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigo‘indisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi.
Talab miqdorining oo‘zgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning oo‘rasida eng muximi narx omilidir.
Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishi va aksincha, narxning o‘sishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi.
Talab qonuni talab miqdorining narxga teskari bog‘langanligini ko‘rsatadi.