Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot


KLASSIK SIYoSIY IQTISOD MAKTABLARI



Yüklə 100,91 Kb.
səhifə15/15
tarix17.09.2023
ölçüsü100,91 Kb.
#144533
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-mavzu Biznes yuritishda iqtisodiy omillar (2)

KLASSIK SIYoSIY IQTISOD MAKTABLARI— iqtisodiy ta’limotlar tarixida 17—19-asrlarda vujudga kelgan yo‘nalishlar.
Klassik siyosiy iqtisod maktablari qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli o‘rganish qo‘llanilgan nazariyalar hisoblanadi.
Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr. oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki bo‘ldi.
Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyondalari o‘z asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni o‘rganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.
Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin.
Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623 — 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi.
Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi.
Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va o‘lchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat mikdori deb qaraladi.
Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqich 18 asr o‘rtalari va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (q. Fizi-okratlar).
2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalar,
3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi.
Klassik siyosiy iqtisod maktablarining rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.
A. Smitning asosiy g‘oyalari «yo‘l bering, o‘tsinlar, yo‘l bering, bajarsinlar» (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan bo‘lib, u «ko‘rinmas qo‘l» nomini ham olgan.
Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi.
Smit iqtisodiy faoliyatga to‘siq bo‘luvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi.
Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va o‘sha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos bo‘lgan.
D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini o‘nga sarflangan mehnat xarajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi.
Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini ta’kidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bog‘lab o‘rganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) g‘oyalarida iqtisodiyotdagi to‘la erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘unlashuvi ilgari suriladi.
Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni» — «bozor qonuni» yoki «sotish nazariyasi» hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy o‘sish va aholi ko‘payishi o‘rtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan.
Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi o‘sishi va moddiy ne’matlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi o‘rtasida katta farq bor, aholi «geometrik», ne’matlar «arifmetik» progressiyalarda o‘sadi, degan «nufus nazariyasi» ilgari suriladi.
Klassik maktab g‘oyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qo‘shdilar.
Ingliz iqtisodchisi J. S. Mill (1806—73) klassik maktabning so‘nggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo g‘oyalarini rivojlantirdi, 1-o‘ringa «ishlab chiqarish qonunlari»ni qo‘ydi, bu masalani «taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb bildi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy g‘oyalar paydo bo‘la boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda o‘z aksini topdi (q. Neoklassik iqtisodiy nazariya).
Yüklə 100,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin