Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot



Yüklə 100,91 Kb.
səhifə11/15
tarix17.09.2023
ölçüsü100,91 Kb.
#144533
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5-mavzu Biznes yuritishda iqtisodiy omillar (2)

INFLYATSIYa (lot. infl atio — shishish, bo‘rtish, ko‘tarilish) , pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo‘jalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog‘oz pullar mikdorining ko‘payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan ta’minlanmagan pullarning paydo bo‘lishi.
Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining ko‘tarilishi ko‘rinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi.
Tovar ishlab chiqarishning to‘lov qobiliyatiga ega talab o‘sishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko‘payib ketishi, budjet kamomadlarini qoplash uchun qo‘shimcha pul emissiyasi, investitsiyalarni emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib ketishidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining ko‘plab kirib kelishi va boshqa. omillar inflyatsiyani yuzaga keltiradi.
Inflyatsiya jarayoni narxlarning o‘sishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir.
Inflyatsiya» termini dastlab 1861—65 yillarda Shimoliy Amerikada, so‘ngra Fransiya va Germaniyada qo‘llanilgan.
Tovar pul muvozanatiga ko‘ra, pul massasi (M) pul mikdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra ko‘paytmasi bo‘lib, bu tovar massasi (T)ga, ya’ni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra ko‘paytmasiga teng bo‘lishi kerak.
Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil bo‘ladi.
Agar pul ko‘payib ketsa M>T, ya’ni pulning bir qismi ortiqcha bo‘ladi.
Agar pul miqdori o‘zgarmaganda tovar mikdori qisqarib ketsa THar ikki holda ham ortiqcha pul narxlarning o‘sishini keltirib chiqaradi, chunki narx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir.
Inflyatsiya bu faqat pul bilan bog‘liq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.
Oltin va kumush muomalada bo‘lgan sharoitlarda inflyatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir.
Pullarning zarur mikdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur bo‘lganidan ortiq bo‘lsa, ortiqcha pul xazina sifatida to‘planadi va bunda ular qadrsizlanmaydi.
Bozorda tovarlar ko‘payib pulga ehtiyoj bo‘lganda ular jamg‘armadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi.
Qog‘oz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir.
Qog‘oz pullar boylik vazifasini o‘tay olmaydi va ularning ortiqchaligi inflyatsiyaga sabab bo‘ladi. Shu sababli pul jamg‘armalarini ko‘chmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yo‘li bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi.
G‘arb ilmiy manbalarida yillik inflyatsiya sur’ati 10% gacha bo‘lganda qisman (mo‘tadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi.
Aksincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi.
Lekin inqiroz. sur’ati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi.
Ayniqsa giperinflyatsiyada narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
Inflyatsiyaning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud.
Inflyatsiyaning ochiq turi inflyatsiya erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi.
Narxlarning notekis o‘sishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yo‘qotmaydi.
Iqtisodiyot bozor o‘zgarishlariga o‘z aks ta’sirini ko‘rsataveradi va turli bozorlar muvozanat yo‘nalishiga o‘zi moslashadi.
Yashirin inflyatsiya sharoitida vaziyat boshqacha bo‘lib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi ma’muriy nazorat o‘rnatiladi.
Yashirin inflyatsiya bozorning o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi.
Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xarajatlari yuqori bo‘lgan sohalarga kapital kiritishdan manfaatdorlikni yo‘qqa chiqaradi.
Shu sababli bu sohadan kapitalning qoldiqlari ham chiqib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Ochiq inflyatsiyaning quyidagi shakllari mavjud: talab inflyatsiyasi, xarajatlar inflyatsiyasi, tuzilmaviy inflyatsiya va boshqalar.
Inflyatsiyaning bu turlari bozorning o‘zi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan inflyatsiya yuz beradi, bunda narxlar nisbati o‘zgarmaydi, xarajatlar ortishiga qarab narxning o‘sishi firmalarning foyda olib ishlashini ta’minlaydi.
Inflyatsiya pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini ta’minlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qog‘ozlar bozoriga tortish va boshqalardan iborat
Inflyatsiyaga qarshi siyosat yuritiladi. Inflyatsiya jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Macalan, inflyatsiya sur’atlari 1980 yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990 y. da tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi.
Inflyatsiya shiddati narxlarning o‘sish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks O‘zbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000 y.) narxi o‘zgarishlarini hisobga oladi.



Yüklə 100,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin